Rеjа: Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli


-rasm. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining proeksion, assotsiativ va motor sohalari


Download 37.63 Kb.
bet8/15
Sana11.11.2023
Hajmi37.63 Kb.
#1767325
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Rеjа Nerv sistemasining ahamiyati va umumiy tuzilishi shakli-fayllar.org

2-rasm. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining proeksion, assotsiativ va motor sohalari.

Organizm reflektor faoliyatining yosh xususiyatlari.

Organizm reflektor faoliyatining yosh xususiyatlari.

Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi. Ichki va tashqi muhit ta’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi refleks deb ataladi. Tashqi ta ’sirlar eng avvalo o ia sezgir periferik nerv uchlari - retseptorlar orqali qabul qilinadi. Nerv sistemasi tashqi ta’sir natijasida faol holatga kelib, qo‘zg‘alishni javob qaytaruvchi organga o'tkazadi. Refleksning yuzaga chiqishida qo‘zg‘alish o’tadigan yo’l refleks yoyi deyiladi. Qo‘zg‘alishning o’tishi va refleks hosil bo’lishi uchun reflektor yoy butun bo’lishi kerak. Refleks yoy retseptor, markazga intiluvchi nerv, ya’ni afferent nerv, nerv markazi (orqa va bosh miya), markazdan qochuvchi nerv, ya’ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektor organdan tashkil topgan. Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi - ekstroretseptorlar va ichki interretseptorlarga bo’linadi.

Ekstroretseptorlarga teri, ko‘z, quloq, hid bihsh, ta’m bihsh organlarida joylashgan retseptoriar kiradi, ular turli xildagi tashqi ta’sirni qabul qiladi.

Interretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o‘zida hosil bo'ladigan ta’sirni qabul qiladi.

Prioprioretseptorlar muskullar, paylar va bo‘g‘imlarda joylashgan retseptorlardir.

 



Shartli va shartsiz reflekslar haqida tushuncha.
Turli ta’sirlarga javoban organizm tomonidan ko‘rsatüadigan xilma-xil reflektor reaksiyalar shartsiz va shartli reflekslar deb, ikkita asosiy guruhga bo‘linadi.
Shartsiz reflekslar tug‘ma bo‘lib, evolyutsiya jarayonida shakllangan va nasldan-naslga o‘tadi. Bu reflekslar bola hayotida muhim biologik ahamiyatga ega.
Shartli reflekslar esa har bir individga xos bo‘lib, hayot davomida ham orttiriladi va hayotiy muhim hisoblanadi. Shartli reflekslar hosil bo‘lishi uchun ma’lum sharoit bo‘hshi shart. Shartsiz reflekslar bosh miya katta yarim sharlari ishtirokisiz ham hosil bo‘lishi mumkin, lekin shartli reflekslarning hosil bo‘lishi uchun orqa miya va bosh miyaning sop qismi bilan birga ko‘proq bosh miya katta yarim sharlari ishtirok etadi. Shartli reflekslar organizmning tashqi muhitga moslashishida muhim ahamiyatga ega, ular hayot mobaynida tormozlanib, yangilari hosil bo‘lib turadi.
Shartli reflekslarning biologik ahamiyati. Bola tug‘ilgandayoq unda ma’lum shartsiz reflekslar vujudga kelgan bo‘ladi. Masalan, so‘rish, yutish, so‘lak ajralishi, himoya reflekslari (issiq narsadan qo‘lni tortib olish, yo‘talish, aksa urish va hokazo), jinsiy reflekslar, mavjud bo‘ladi.
Shartli reflekslar organizmni tashqi muhit sharoitiga ancha murakkab moslashtiradi. Odam ovqatni hididan topadi, vaqtni chamalaydi va hokazo. Ovqatning hidiga so‘lak, me’da shirasi ajrala boshlaydi. Shartli ta’sirlovchilar signallarni bosh miya katta 70 yarim sharlari po‘stlog‘ida analiz va sintez qilib, ta’sirotga javob berishga tayyorgarlik ko‘radi.

Download 37.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling