Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari
ularning ixtisoslashuviga (yo'nalishiga) ko'ra quyidagi
turlarga bo'linadi:
I tur: Nutqida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
II tur: Eshitishida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
III tur: Ko'rishida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
IV tur: Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
V tur: Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi;
VI tur: Tayanch-harakatlanish a'zolarida nuqsonlar
bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim
muassasasi.
12. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarining
muayyan turi bo'yicha bolalar soni guruh tashkil etish uchun
yetarli bo'lmagan hollarda quyidagi turlarni birlashtirish
orqali ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim
muassasasi tashkil etilishi mumkin:
I va II turlar, I va IV turlar, I va VI turlar;
II va III turlar;
IV va V turlar, IV va VI turlar;
V va VI turlar.
Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarini
tashkil etishda ularning har bir turi bo'yicha alohida
guruhlarda korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
majburiy shart hisoblanadi.
13. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida 5
kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi
joriy etiladi:
24 soatli;
12 soatli;
10, 5 soatli.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida 6
kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha
ta’lim muassasasining turi va
tarbiyalanuvchilarning toifasi
Do'stlaringiz bilan baham: |