Reja: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifalari


Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini


Download 38.41 Kb.
bet4/12
Sana28.12.2022
Hajmi38.41 Kb.
#1023492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifal (1)

Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini
boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini muassis
tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat
maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan
malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat
qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari va ta'limtarbiya
dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu
sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini attestatsiyadan
o'tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish
va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.


Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini
moliyaiashtirish va moddiy-texnik ta'minoti
Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga molmulkni
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'ziga biriktirilgan
mol-mulkni va o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib
olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati
uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq
moliyalashtiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moddiy-texnik
jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha
ta'lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan
normalardan past bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi.


Maktabgacha ta'lim muassasasi
binolarini loyihalashtirish
Maktabgacha ta'lim muassasasi maxsus loyiha bo'yicha
qurilgan yoki moslashgan sanitariya-gigiyena me'yorlariga,
yong'in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-havo
sharoitini, ekologik vaziyatini, tarkib topgan milliy an'analarni
hisobga oladigan binoda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining sig'imi, odatda 320
o'rinli bo'lishi kerak. Umumiy yo'nalishdagi maktabgacha
ta'lim muassasalari uchun 140-160 o'rinni, maxsus ahamiyatga
molik maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 90-120 o'rinli
muvofiq deb hisoblash zarur.
Maktabgacha ta'lim muassasasi amaldagi me'yortivlarga
muvofiq yumshoq va qattiq sport jihozlari, tibbiy yordam
apparati, ta'limning texnik vositalari, о quv-ko'rgazmali
qo'llanmalar hamda o'yinchoqlar bilan ta’minlanadi
maktabgacha ta'lim muassasasini jihozlash ro'yxatiga milliy
anjomlar ham kiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ish tartibi ijroiya
qo'mita maktabgacha ta'lim boshqarmasi yoki qaramog'ida
maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan korkabinet, muassasa,
tashkilot tavsiyasiga muvofiq maktabgacha ta'lim kengashi,
maktabgacha ta'lim muassasasi kengashi bilan kelishilgan
holda xalq tieputatlari mahalliy Kengashlari qarori bilan
belgilanadi. 1
Maktabgacha ta'lim muassasalari yoki uning ayrim
guruhlari haftasiga 5, 6 va 7 kun kunduzgi va bolalar sutka
mobaynida bo'ladigan, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari
bilan, shuningdek, xodimlarga sirg'aluvchi grafik bo'yicha dam
olish kuni beriladigan kun tartibida ishlashlari mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida kuni
uzaytirilgan kun, shuningdek, shanba, yakshanba va bayram
kunlari kun tartibida ertalab va kechki vaqtda ishlovchi
navbatchi guruhlar ochilishi mumkin.
Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim
muassasasining faoliyat kun tartibii zarur to'g'rilash-tarbiyaviy
ishlar olib borishni hisobga olgan holda belgilanadi.
O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasalarini
hal etish maktabgacha ta'lim muassasalarining har xil turlarini
tashkil etilgan ham aloqadordir. Ular tilga ko'ra (o'zbek,
qozoq, rus, tatar, koreys va shu kabilar) farqlanishi va bu
muassasalarda ta'lim-tarbiyaning milliy an'analarga asoslanib
ko'rilishi lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasalari bolaning muassasada
bo'lishiga qarab bir necha soatni, bir necha kunni;
Tarbiya vazifalariga ko'ra esa ijodiy, yordamchi, umumiy,
ijtimoiy moslashtirilgan bo'ladi.
Mablag' bilan ta'minlanishiga qarab: davlat, idora, xususiy
va hokazo.
Ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasalari qishloqlari
muassasasida 40-100, shahar muassasasida 140-170 o'rindan
oshmasligi ko'zda tutiladi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi, shu jumladan, uning ayrim


guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi otaonalarning
ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u
ertalabki 6.30 dan barvaqt bo'lmasligi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ota-onalar arizasi
bo'yicha xalq deputatlari kengashi qarori bilan, shu jumladan,
lozimnoma va xo'jalik hisobi asosida ish 6 soatdan kam
davom etilgan qisqa muddatli guruhlar; ota-onalar bolalarini
1-2 soatga qoldiradigan guruhlar; sayr guruhlari; jismoniy
tarbiya-sog'lomlashtirish guruhlari; musiqa-estetik va badiiy
tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan
bolalar uchun xo'jalik hisobi asosida ishlaydigan guruhlar
ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktabgacha ta'lim
muassasasiga muntazam qatnaydigan bolalarning manfaatlari
kamsitilmasligi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasining
talim tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi
qonuniga muvofiq belgilanadi.
Ota-onalar o'z bolalarini maktabgacha ta'lim muassasasi
tarbiyachilarini ilgaridan ogohlantirilgan holda o'zlari uchun
qulay paytda olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Shu bilan
birga, ota-onalar maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar
hayotining fiziologik asoslangan kun tartibiga rioya qilishlari
va o'quv-tarbiya jarayonini buzmasliklari lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni ovqatlantirish
uning ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda va belgilangan
pul hamda tabiiy me'yorlarga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar
6 va undan kam soat mobaynida bo'ladigan guruhlarda
ovqatlanishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi
ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Bu guruhlarda
ovqatlantirish uchun pul me'yorlarixalq deputatlari kengashlari
va qaramog'ida ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan
korkabinet, muassasa, tashkilot, xo'jalik hisobi asosida tashkil
qilingan guruhlarda ota-onalar tomonidan belgilanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi:


- o‘z Ustavida nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilmaganligi;
- ta'lim dasturining to'liq hajmda bajarilmaganligi, amalga
oshirilayotgan ta'lim dasturlarining sifati;
- ta'lim jarayonini tashkil etishning qo'Uanilayotgan
shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yosh,
ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, qobiliyatiga, layoqatiga,
qiziqishlariga va ehtiyojlariga nomuvofiqligi;
- muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta'lim
jarayoni vaqtida hayoti va sog'lig'i uchun qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda javob beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta'lim tizimining
birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir.
Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni tarbiyalash va
rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o'rin
tutadi.
Barcha turdagi maktabgacha ta'lim muassasalari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ≪2017 - 2021-yillarda
maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari
to'g'risida≫gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil
etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim mazmuni
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan
ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan
dasturlar bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi
va bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqti davlat
maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va muassisning
qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida besh kunlik ish
haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda
yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha
ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik
ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni
tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish davlat maktabgacha
ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga
belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog'liqni saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi
xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i
va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari
o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi
uchun mas'uldirlar.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning
hayotini muhofaza qilish va sog'Iig'ini mustahkamlashni tashkil
etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim
vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot
xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog'liqni saqlash
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan
tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur
shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy
jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan
dori-darmonlar) yaratib beriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tibbiyot xodimlarining
oshirish sog'liqni saqlash tizimidagi malaka
oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul
amalga oshiriladi.
Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan
davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish
qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta'lim
muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish
tuman [shahar] bo'limlari tomonidan mazkur Nizomning
1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo'llanmalari
asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo'lgan davlat maktabgacha
ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning
muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga
oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu davlat
maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha
ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil
etish tuman (shahar) bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha
shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda
quyidagilar:

Download 38.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling