Reja: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifalari
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini
Download 38.41 Kb.
|
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifal (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nodavlat maktabgacha talim muassasasini moliyaiashtirish va moddiy-texnik taminoti
- Maktabgacha talim muassasasi binolarini loyihalashtirish
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini
boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari va ta'limtarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moliyaiashtirish va moddiy-texnik ta'minoti Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga molmulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'ziga biriktirilgan mol-mulkni va o'ziga ajratilgan mablag'lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi binolarini loyihalashtirish Maktabgacha ta'lim muassasasi maxsus loyiha bo'yicha qurilgan yoki moslashgan sanitariya-gigiyena me'yorlariga, yong'in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-havo sharoitini, ekologik vaziyatini, tarkib topgan milliy an'analarni hisobga oladigan binoda tashkil etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasining sig'imi, odatda 320 o'rinli bo'lishi kerak. Umumiy yo'nalishdagi maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 140-160 o'rinni, maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 90-120 o'rinli muvofiq deb hisoblash zarur. Maktabgacha ta'lim muassasasi amaldagi me'yortivlarga muvofiq yumshoq va qattiq sport jihozlari, tibbiy yordam apparati, ta'limning texnik vositalari, о quv-ko'rgazmali qo'llanmalar hamda o'yinchoqlar bilan ta’minlanadi maktabgacha ta'lim muassasasini jihozlash ro'yxatiga milliy anjomlar ham kiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasi ish tartibi ijroiya qo'mita maktabgacha ta'lim boshqarmasi yoki qaramog'ida maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan korkabinet, muassasa, tashkilot tavsiyasiga muvofiq maktabgacha ta'lim kengashi, maktabgacha ta'lim muassasasi kengashi bilan kelishilgan holda xalq tieputatlari mahalliy Kengashlari qarori bilan belgilanadi. 1 Maktabgacha ta'lim muassasalari yoki uning ayrim guruhlari haftasiga 5, 6 va 7 kun kunduzgi va bolalar sutka mobaynida bo'ladigan, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan, shuningdek, xodimlarga sirg'aluvchi grafik bo'yicha dam olish kuni beriladigan kun tartibida ishlashlari mumkin. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida kuni uzaytirilgan kun, shuningdek, shanba, yakshanba va bayram kunlari kun tartibida ertalab va kechki vaqtda ishlovchi navbatchi guruhlar ochilishi mumkin. Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyat kun tartibii zarur to'g'rilash-tarbiyaviy ishlar olib borishni hisobga olgan holda belgilanadi. O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasalarini hal etish maktabgacha ta'lim muassasalarining har xil turlarini tashkil etilgan ham aloqadordir. Ular tilga ko'ra (o'zbek, qozoq, rus, tatar, koreys va shu kabilar) farqlanishi va bu muassasalarda ta'lim-tarbiyaning milliy an'analarga asoslanib ko'rilishi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasalari bolaning muassasada bo'lishiga qarab bir necha soatni, bir necha kunni; Tarbiya vazifalariga ko'ra esa ijodiy, yordamchi, umumiy, ijtimoiy moslashtirilgan bo'ladi. Mablag' bilan ta'minlanishiga qarab: davlat, idora, xususiy va hokazo. Ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasalari qishloqlari muassasasida 40-100, shahar muassasasida 140-170 o'rindan oshmasligi ko'zda tutiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi otaonalarning ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u ertalabki 6.30 dan barvaqt bo'lmasligi kerak. Maktabgacha ta'lim muassasasida ota-onalar arizasi bo'yicha xalq deputatlari kengashi qarori bilan, shu jumladan, lozimnoma va xo'jalik hisobi asosida ish 6 soatdan kam davom etilgan qisqa muddatli guruhlar; ota-onalar bolalarini 1-2 soatga qoldiradigan guruhlar; sayr guruhlari; jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish guruhlari; musiqa-estetik va badiiy tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun xo'jalik hisobi asosida ishlaydigan guruhlar ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktabgacha ta'lim muassasasiga muntazam qatnaydigan bolalarning manfaatlari kamsitilmasligi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasining talim tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonuniga muvofiq belgilanadi. Ota-onalar o'z bolalarini maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilarini ilgaridan ogohlantirilgan holda o'zlari uchun qulay paytda olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Shu bilan birga, ota-onalar maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar hayotining fiziologik asoslangan kun tartibiga rioya qilishlari va o'quv-tarbiya jarayonini buzmasliklari lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni ovqatlantirish uning ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda va belgilangan pul hamda tabiiy me'yorlarga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar 6 va undan kam soat mobaynida bo'ladigan guruhlarda ovqatlanishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Bu guruhlarda ovqatlantirish uchun pul me'yorlarixalq deputatlari kengashlari va qaramog'ida ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan korkabinet, muassasa, tashkilot, xo'jalik hisobi asosida tashkil qilingan guruhlarda ota-onalar tomonidan belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi: - o‘z Ustavida nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilmaganligi; - ta'lim dasturining to'liq hajmda bajarilmaganligi, amalga oshirilayotgan ta'lim dasturlarining sifati; - ta'lim jarayonini tashkil etishning qo'Uanilayotgan shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, qobiliyatiga, layoqatiga, qiziqishlariga va ehtiyojlariga nomuvofiqligi; - muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta'lim jarayoni vaqtida hayoti va sog'lig'i uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o'rin tutadi. Barcha turdagi maktabgacha ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ≪2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida≫gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas'uldirlar. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'Iig'ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog'liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tibbiyot xodimlarining oshirish sog'liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman [shahar] bo'limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo'llanmalari asosida amalga oshiriladi. Muassislari boshqa tashkilotlar bo'lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar: Download 38.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling