Reja: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifalari
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida
Download 38.41 Kb.
|
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifal (1)
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida
ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a’zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining ustavida belgilanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi vasiylik kengashining faoliyati O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi. Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lishi vaqtini, ta'limtarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi. Ota-onalar: o'z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim berish tilini tanlash; davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta'limtarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qilish; muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin. Ota-onalar quyidagilarga majbur: belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovini o'z vaqtida to'lash; bolalarning to'laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko'nikmalari shakllantirilishini qat'iy kuzatib borish, 525 bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiyxususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Tegishli pedagogik ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo'lgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi. Xodimlarning vazifalari lavozim yo'riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasida belgilab qo'yiladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega: davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o'z ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish; o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish. Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish; ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojiantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish; bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish; pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash; o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o'z malakasini oshirib borish. Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari pedagog xodimlarni rag'batlantirish maqsadida ustamalar, qo'shimcha haq hamda boshqa to'lovlarturiva miqdorlariniishhaqigayo'naltiriladigan mavjud mablag'lar doirasida belgilaydi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar belgilangan tartibda sog'liqni saqlash muassasalarida Download 38.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling