Davlatga qarashli bo’lmagan maktabgacha muassasalarini tashkil etish
Reja:
1.Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifalari.
2. Nodavlat maktabgcha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish.
3.Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish.
4.Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini
tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining maqsadi va
vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish
va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish
faoliyatini tartibga soladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o'z faoliyatida
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisipalatalariningqarorlariga,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun
hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs
hisoblanadi va o'z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob
raqamlariga, o'z nomi ko'rsatilgan muhrga ega bo'ladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining
maqsadi va vazifalari
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining
maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o'rinlarda bolalar
deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va
jismoniy rivojlantirish;
ta'lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta'limiga sifatli
tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish.
Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining
vazifalari hisoblanadi:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturiari va
texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogTig'ini
mustahkamlash;
bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga
tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlanishini ta'minlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko'rishida, eshitishida]
yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
bolalardaxalqimizningyuksakma'naviyativainsonparvarlik
an'analariga sadoqat tuyg'ularini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |