Reja: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifalari


Download 38.41 Kb.
bet5/12
Sana28.12.2022
Hajmi38.41 Kb.
#1023492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifal (1)

S I va II guruh nogironlari;
S ko'p bolali oilalarning bolalari;
S harbiy xizmatchilarning bolalari;
S- talabalar va pedagoglarning bolalari;
S chin yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan
bolalar davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul
qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar.
Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari
imtiyoz berilishi uchun asos bo'ladigan hujjatlarni qabul
komissiyasiga taqdim etadilar.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining mudirlari
tomonidan davlat maktabgacha ta'lim muassasasidagi mavjud
bo'sh o'rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi
sanasidan kechikmay yozma ma'lumot kiritiladi.
Bo'sh o'rinlar haqidagi ma'lumot davlat maktabgacha ta'lim
muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning
to'g'riligi va o'z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha
ta'lim muassasasi mudiri shaxsan javob beradi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining har bir
guruhidagi bola soni me'yori kamida 20 nafar bo'lishi, biroq 25
nafardan ortiq bo'Imasligi lozim.
Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o'tgan bolalar bilan
to'ldirish o'quv yili oxiridan yangi o'quv yiliga qadar (iyun, iyul,
avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to'ldirilishi
o'rinlar bo'shashiga qarab amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv yili har yili 2
sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 jyunida tugallanadi
va yangi o'quv yili boshlangunga qadar sog'lomlashtirish davri
davom ettiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta'lim
muassasasi quvvatidan ortiq bo'lgan davlat maktabgacha
ta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha
to'xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati
markazi tomonidan berilgan xulosaga ko'ra maktabgachata'lim
muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish
tuman (shahar) bo'limlari huzuridagi qabul komissiyasining
qarori asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me'yordan kamaygan
yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari,
normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoit
yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya
nazorati markaziga xabar bergan holda maktabgacha ta'lim
muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish
tuman (shahar) bo'limlari huzuridagi qabul komissiyasining
roziligi bilan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalar
qabul qilinadi.

Download 38.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling