Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi muassasa tomonidan belgilanadi
Qabul komissiyasi shuningdek, ota-onalari maktabgacha
ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda
yordam bergan bolalarni istesno tariqasida navbatdan
tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti
maktabgacha ta’lim muassasasi rejadagi quvvati umumiy
sonining 20 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasasida guruhlar soni muassasaning quvvatidan va guruhlarning rejali to'ldirilishidan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi.
Umumiy yo'nalishi:
Ixtisoslashtirilashtirilgan yo'nalishi:
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik
shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan
muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari
shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga ega bo'ladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi
ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolashsog'lomlashtirish
faoliyatni olib boruvchi muassasa
hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan
bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash,
nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab
ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish
maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim
muassasasining vazifalari hisoblanadi:
- maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari hamda
ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktaibgacha
ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish
ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'limtarbiya
olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta'minlash;
- korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini shaxsgayo'naltirilgan,
individual tarzda tashkil etish;
- bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari
shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlahtiruvchi ta'limtarbiya
muhitini yaratish;
- bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni
bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni
tashkillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |