Reja: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifalari
Qisqa muddatli maktabgacha ta'lim
Download 38.41 Kb.
|
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifal (1)
Qisqa muddatli maktabgacha ta'lim
muassasalarini tashkil etish Maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinmagan bolalarni boshlang'ich ta'lirriga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida to'rt soatli ish tartibi asosida davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli guruhlar maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'liminingbuyrug'i bilan tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida quyidagi qisqa muddatli guruhlar faoliyat ko'rsatishi mumkin: Rivojlantirish guruhi - soni 20 nafardan kam, biroq 25 nafardan ortiq bo'lmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ularni har tomonlama rivojlantirish, tengdoshlar va katta yoshli bolalar jamoasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi; ≪Kelajakdagi o'quvchi≫ guruhi - soni 20 nafardan kam, biroq 25 nafardan ortiq bo'lmagan 5 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun ularni maktabga tayyorlash maqsadida tashkil etiladi; Integrallashgan guruh - soni 15 nafardan kam, biroq 20 nafardan ortiq bo'lmagan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun bolalarni jamiyatga moslashtirish, rivojlanishida ruhiy nuqsoni bo'lgan bolalarga muntazam ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik yordam ko'rsatish, ularga taTimtarbiya berish, ota-onalarni konsultativ-metodik qo'llabquvvatlash maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruhda sog'lom bolalar bilan birgalikda uch nafardan ortiq bo'lmagan ≪ruhiy rivojlanishi sust≫ tashxisli bolalar ham yakka tartibdagi reja bo'yicha ta'lim oladi; ≪Muammoli bola≫ guruhi - soni 15 nafardan kam, biroq 20 nafardan ortiq bo'lmagan 4 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan nogiron bolalar uchun ularga muntazam ravishda psixologiktibbiy- pedagogik yordam ko'rsatish, ta’lim jarayoniga jalb etish, ijtimoiy moslashtirish, bolalarni tarbiyalash va o'qitishni tashkil etishda ota-onalarga yordam berish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu guruhda nogiron bolalar bilan birgalikda sog'lom bolalar ham bo'lishi mumkin, nogiron bolalar (aqliy yetukligi saqlangan] soni 3 nafardan kam bo'Imasligi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari ham tashkil etilishi mumkin. Qisqa muddatli guruhlarda bemor va nogiron bolalar bilan ishlaganligi uchun tarbiyachi va tarbiyachining yordamchisiga qo'shimcha haq to'lanmaydi. Quyidagilar qisqa muddatli guruhlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari; tarbiyalanuvchining davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal to'lovlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. Tarkibida qisqa muddatli guruh mavjud bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari bolalar hayoti va sog'lig'i uchun, qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish shakllari, metodlari va vositalari bolalarning yoshi va ruhiy-fiziologik imkoniyatlariga muvofiqligi uchun javob beradi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zarur moddiy-texnika sharoitlari muassis tomonidan ta'minlanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qisqa muddatli guruhlar soni tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini hisobga olgan holda, aholining ehtiyojiga hamda ta'lim jarayonini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlarga qarab belgilanadi. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish davlat maktabgacha ta'lim muassasasi va ota-onalar bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etishda shtatlar jadvali, bolalarning kundalik faoliyatini tashkil etish tartibi, bolalar ro'yxati va ta’lim dasturlari ishlab chiqilgan bo'lishi lozim. Download 38.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling