Reja: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifalari


Maktabgacha tarbiya bolimlarining faoliyatining uch asosiy yo'nalishlarini bilasizmi?


Download 38.41 Kb.
bet7/12
Sana28.12.2022
Hajmi38.41 Kb.
#1023492
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifal (1)

Maktabgacha tarbiya bolimlarining faoliyatining uch asosiy yo'nalishlarini bilasizmi?
Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish guruhiga ko'ra bir
xil yoshdagi hamda turli uch yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan
bolalarni qabul qilish mumkin.
Qisqa muddatli guruhlarga bolalarni qabul qilish maktabgacha
ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash
va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tomonidan berilgan
yo'llanmalar va bolaning sog'lig'i to'g'risidagi tibbiy xulosa
asosida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli guruhlarni to'ldirishda tanlov asosida
hamda test sinovi bo'yicha qabul qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Qisqa muddatli guruhlar tarbiyalanuvchilarining kuniga
bir marta ovqatlantirilishi (ertalabki yoki tushki nonushta)
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga
muvofiq tuzilgan taomnoma asosida amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasini shakllantirish
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalar 3 yoshdan boshlab
6-7 yoshgacha tuman (shahar)lar hokimliklarining qarorlari
bilan tashkil etilgan maktabgacha ta'lim bo'limlari huzuridagi
qabul qilish komissiyasi tomonidan tegishli tibbiyot xulosasi
hisobga olingan holda qabul qilinadi, Qabul komissiyasining
faoliyat ko'rsatish tartibi belgilangan tartibda O'zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan
tasdiqlanadi.
Muassislar mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish
komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta'lim bo'limlarining
yo'llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa organlar bo'lgan maktabgacha ta'lim
muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari
tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh
o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda ushbu Maktabgacha ta'lim
muassasalari bolalarni maktabgacha ta'lim bo'limlarining
yo'llanmalari bo'yicha lozimnoma asosida qabul qilishi
mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish
tartibi muassis tomonidan belgilanadi. Quyidagi bolalar:
- I va II guruh nogironlari;
- ko'p bolali oilalarning bolalari;
- harbiy xizmatchilarning bolalari;
- talabalar va pedagoglarning bolalari Maktabgacha ta’lim
muassasalariga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar.

Download 38.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling