Reja: Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifalari
Download 38.41 Kb.
|
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasining maqsad va vazifal (1)
S I va II guruh nogironlari;
S ko'p bolali oilalarning bolalari; S harbiy xizmatchilarning bolalari; S- talabalar va pedagoglarning bolalari; S chin yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar. Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos bo'ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha ta'lim muassasasidagi mavjud bo'sh o'rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma'lumot kiritiladi. Bo'sh o'rinlar haqidagi ma'lumot davlat maktabgacha ta'lim muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to'g'riligi va o'z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri shaxsan javob beradi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni me'yori kamida 20 nafar bo'lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo'Imasligi lozim. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o'tgan bolalar bilan to'ldirish o'quv yili oxiridan yangi o'quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to'ldirilishi o'rinlar bo'shashiga qarab amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 jyunida tugallanadi va yangi o'quv yili boshlangunga qadar sog'lomlashtirish davri davom ettiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta'lim muassasasi quvvatidan ortiq bo'lgan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to'xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko'ra maktabgachata'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me'yordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalar qabul qilinadi. Download 38.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling