Reja Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana27.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1129588
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu (1)



O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYaTI INSTITUTLARINING ShAKLLANIShI 
VA RIVOJLANIShI

 
Reja 
 
 1.Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni. 
2.O’zbekistonda NNTning huquqiy asoslarini demokratlashtirish jarayoni. 
 3.O’zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi. 
 
 
Tayanch so’zlar: fuqaro, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, nomarkazlashtirish,
o’zini o’zi boshqarish, nodavlat notijorat tashkilotlar, harakatlar, uchinchi sektor, yashillar, manfaatlar 
guruhlari, jamg’armalar, huquqiy davlat, davlat hokimiyati, institutlar, fuqarolarning huquq va 
erkinligi, inson manfaatlari, artikulyasiya, integrasiya, inson huquqlari, ijtimoiy tabaqa (qatlam), 
erkinlashtirish. 
1. Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik 
jamiyatidagi o’rni 
Fuqarolik jamiyatining asosiy instituti bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) dastlab 
jamiyatni o’zini o’zi boshqarishi asosida, ya’ni fuqarolik jamiyatining mustaqil ijtimoiy birlik sifatida 
yashashini ta’minlash ehtiyojlari va manfaatlari asosida paydo bo’ldi. XX asrga kelib nodavlat notijorat 
tashkilotlar fuqarolik jamiyatining muhim va asosiy institutlaridan biriga aylandi.
Nodavlat notijorat tashkilotlar to’g’risida to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun, avvalo, 
manfaatlar, shuningdek, ijtimoiy va siyosiy manfaatlar tushunchalariga aniqlik kiritishga ehtiyoj 
seziladi. Ma’lumki, manfaatlar - individlar va guruhlarning ijtimoiy xatti-harakatlarini belgilovchi 
sabablardir. O’z vaqtida Tomas Gobbs «hokimiyatga intilish, inson xulqini harakatga keltiruvchi 
kuchlarning o’zaro dushmanligi - shaxsiy manfaatlarning mantiqiy natijasidir»
1
, deb ko’rsatgan edi.  
Gegel esa: «inson o’z erkinligini hayotga tatbiq qilishi lozim, bu uning bosh manfaatini tashkil 
qiladi, uning faoliyati shundan tashkil topadi... Manfaat, “interest mea”
2
, men faqat harakatdaman
mening harakat qilish va manfaatli bo’lishimning subyektiv irodasi shunga tengki, men harakat 
qilayotganimda men ishtirok etishim lozim»
3
, - deb ko’rsatgan edi. 
Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlarda hukumat alohida olingan fuqarolarga nisbatan ular a’zo 
bo’lgan ijtimoiy guruhlar vositasida ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy guruhlarni birlashishga, harakat qilishga 
undovchi kuch, bu ularning manfaatlaridir. Manfaatlar alohida ijtimoiy guruhlarning manfaatlari 
sifatida shakllangan bo’lsa-da, bu guruhlarning a’zolari faqat mazkur bir guruhning emas, balki bir 
vaqtning o’zida boshqa ijtimoiy guruhlarning ham a’zosi bo’lishi mumkin.  
Fuqarolarning ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib nodavlat notijorat 
tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg’unlashuvi ro’y beradi. Qaysi individning qanday 
ijtimoiy ahamiyatli guruhga a’zoligi, uning manfaatlarining qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga 
ega ekanligidan kelib chiqib, u o’zining muhimroq bo’lgan ijtimoiy guruh a’zoligiga ko’proq e’tibor 
beradi. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta’siri ijtimoiy tuzulmalar irodasini ifodalaydi. 
Institutlashgan ijtimoiy guruhlar shaklini olgan manfaatlar guruhlari turli mamlakatlarda 
ularning tarixiy tajriba va an’analaridan kelib chiqib turlicha nomlarda ataladi. Masalan, AQShda 
manfaatlar guruhlari fuqarolik institutlari, volontyorlar tashkilotlari, umumiy manfaatlar guruhlari, 
bosim o’tkazish guruhlari, deb atalsa, G’arbda nodavlat notijorat tashkilotlari, xayriya tashkilotlari, 
jamg’armalar kabi nomlar bilan ataladi. Shuningdek, AQSh va G’arb sosiologiyasida esa bu 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling