Reja Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu (1)
16.2.-расм. Ўзбекистондаги ННТларнинг
ижтимоий қатламлар бўйича тақсимланиши Спорт 16,1 % Ёшлар 10,4 % Ҳуқуқий 10 % Партиялар 9% Ногиронлар 8,4% Маданият,тарих 6,4% Касаба уюшмалари 6,3% Аёллар 5% Фавқулодда вазият 4,4% Фахрийлар 4,2% Соғлиқни сақлаш 3,8% Тадбиркорлар 3,4% Бошқа соҳалар 12,6% Germaniyaning «Gyote instituti», Fransiyaning «Alyans Franse» tashkiloti, Xalqaro hamkorlik bo’yicha Koreys agentligi, Rivojlanish va hamkorlik bo’yicha Turkiya agentligi, Xalqaro hamkorlik bo’yicha Yaponiya agentligi, kabi yuzdan ortiq xorijiy mamlakatlar nodavlat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari turli sohalarida keng faoliyat yuritmoqda 27 . Hozirgi davrda mamlakatda 50 ga yaqin xorijiy mamlakatlar NNT va ularning vakolaxonalari faoliyat olib bormoqda. Mamlakatda XXI asr boshlarida «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o’zini o’zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo’nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda: -birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimi yuksak darajada bo’lishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish; -ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg’unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarining shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish; -uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish; -to’rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o’rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg’unlashtirish; -beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo’ysunish amaliyotini vujudga keltirish; -oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o’z vazifalarini to’liq bajarishiga kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qo’llab-quvvatlanishiga erishish kabi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. Hozirgi islohotlarni yanada chuqurlashtirish davrida «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini hayotga tatbiq etish jarayonlaridagi muammolardan biri, bu - turli ijtimoiy qatlamlar shakllanishining sekin kechishi natijasida ularning turli manfaatlari nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ifodalanishi qiyin kechmoqda. Chunki, «uchinchi sektor» tashkilotlari u yoki bu ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini ifodalay olish qobiliyatiga ega bo’lgandagina fuqarolar ular faoliyatida ishtirok etishga moyil bo’ladilar. Aks holda esa fuqarolar nodavlat notijorat tashkilotlariga befarqlik bilan qaraydilar. Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining aksariyat qismi hali o’zlari tayanadigan ijtimoiy qatlamlarni aniqlashtirib olmaganliklari yoki o’zlarini biron-bir ijtimoiy qatlam manfaatlarini ifodalovchi tashkilot darajasiga yetkaza olmaganliklari uchun ham ular faoliyatiga fuqarolarni jalb etish muammolari o’z yechimini topganicha yo’q. Ayniqsa, hali ham aksariyat jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlarning rahbarlari va faollarining eski byurokratik nomenklatura tizimida orttirgan ruhiyati va ish uslublaridagi tajribalari, xuddi davlat organlariga xos rahbarlik kabi faoliyati hamon saqlanib qolayotganligi achinarli holdir. Ularning ba’zilari esa hali ham davlat hokimiyati organlarini o’zlarining bevosita rahbarlari-nazoratchilari deb bilmoqdalar. Mamalkatdagi kasaba uyushmalarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida demokratlashtirishdagi muhim vazifalardan biri – bu xalqaro tajribalardan kelib chiqib, mehnat jamoalaridagi boshlang’ich kasaba uyushmalarining tashkiliy va ijtimoiy himoyaga taalluqli faoliyatini yuksaltirish, ijtimoiy sherikchilikda ham ularning hal qiluvchilik rolini ko’tarish, ularni mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini ta’minlash, shuningdek, tarmoqlar kasaba uyushmalari atrofiga jipslashtirish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga muhim e’tibor berishdir. Mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishdagi yana bir muhim muammolardan biri, bu - fuqarolar siyosiy madaniyati va huquqiy madaniyatlari demokratik asoslarda shakllanishiga erishishdir. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiylashuv jarayonlarini amalga oshirishda nodavlat tashkilotlarning o’rnini oshirish ham hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biridir. «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari» tamoyilini ijtimoiy-siyosiy hayotga qo’llash vositasida siyosiy hokimiyat organlarining mahalliy tizimini mustahkamlash, ularga markaziy 27 Қаранг: Профили организаций оказывающих содействие Республике Узбекистан. Сборник.-Т.,2004.-Б.10-46. hokimiyat vakolatlarini bir qismini berib borish asnosida nomarkazlashtirish islohotlarini o’tkazish, ijroiya hokimiyat tizimlarini vakillik organlari va nodavlat tashkilotlar tomonidan kuchli nazorat etish mexanizmi va huquqiy asoslarini yaratishga doir islohotlarni amalga oshirish fuqarolik jamiyati qurishning shart-sharoitlarini yaratish yo’lidagi ilk qadamlardir. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekistonda davlatning bosh islohotchilik faoliyati natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarning demokratik tamoyillar asosidagi huquqiy asoslari shakllandi. Qisqa davr ichida mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishning poydevori - konstitusiyaviy va huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Islohotlar natijasida mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlar tizimi shakllandi. Muhimi, «uchinchi sektor» bilan davlat hamkorligi natijasida mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlarning mustaqil faoliyat yuritishi, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. XXI asr boshlariga kelib O’zbekiston davlati va xalqi ilg’or rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarga erkinlik bag’ishlagan, shaxsning erkin kamol topishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratgan, jamiyatning hamma jabhalarini demokratiyalashtirishga qobil bo’lgan, o’zida xalqchil milliy meros va an’analarni ifodalagan fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidagi islohotlarning yangi bosqichini chuqurlashtirishga kirishdi. Nazorat savollari 1.Nodavlat notijorat tashkilotlar insonlarning qanday manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi? 2.Nodavlat notijorat tashkilotlari deganda nimani tushunasiz? 3.Nodavlat notijorat tashkilotlarning qanday turlari mavjud? 4.NNT jamiyatda qanday funksiyalarni bajaradi? 5.O’zbekistonda NNTning rivojlanish suratlari qanday kechmoqda? Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling