Reja Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning fuqarolik jamiyatidagi o’rni


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1129588
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu (1)

-mahalliy NNT. Ularga tumanlar, shaharlar, shaharcha va boshqa kichik hudularda farliyat 
yurituvchi NNT kiradi. 
O’zbekistondagi NNTni xalqaro tashkilotlar ekspertlari quyidagicha tasniflaydi: 
1.Aholining yirik qatlamlari ijtimoiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan umummilliy tuzilmalar 
(«Mahalla» xayriya jamg’armasi, «Kamolot» YoIH, Xotin-qizlar qo’mitasi, Nogironlar jamiyati, 
«Nuroniy» jamg’armasi va boshq.). 
2.Ekologiya, madaniyat va sog’liqni saqlash sohaliga ixtisoslashgan milliy-xalqaro jamharmalar 
(«Ekosan», «Ibn Sino», «Sog’lom avlod», Orolni qutqarish, Amir Temur va boshq. halqaro 
jamg’armalar). 
3. Kasbiy va ma’naviy manfaatlar bo’yicha tuzilgan ijtimoiy tashkilotlar (Respublika 
«Ma’naviyat targ’ibot» markazi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi va boshq.). 
4. Umum milliy hayriya jamiyatlari va jamg’armalari (Bolalar jamg’armasi, «Mehr nuri» 
jamg’armasi va boshq). 
5.Huquqni himoya qilish nohukumat tashkilotlari (O’zbekiston sudlar uyushmasi, Advokatlar 
palatasi, Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshq.). 
6.Ijodiy ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari (Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, 
Kompozitorlar uyushmasi, Arxitektorlar uyushmasi, Kinematografistlar uyushmasi va boshq.)
7. Milliy-madaniy markazlar (ular O’zbekistonda yashayotgan milliy jamoalar (ozchilik) 
vakillarini milliy va etnik belgilariga qarab birlashtiradi, xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik jamiyatlari 
va boshq.). 
8.Ijtimoiy ahamiyatli qatlamlar va ijodiy manfaatlar bo’yicha birlashmalar (Veteran jangchilar 
birlashmasi, Avtomoto havaskorlarining ko’ngilli jamiyati, Ixtirochilar va rasionalizatorlar jamiyati, 
Turistlar klubi, Havaskor qo’shiqchilar klubi va boshq.). 
Bundan tashqari, NNTlar qatoriga turli shakllarga mansub bo’lgan tashkilotlarni kiritish 
mumkin: 
• Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar; 
• Kasaba uyushmalari; 
• Diniy tashkilotlar; 
• Turli sport federasiyalari va uyushmalari
19

Mamlakatimizda 1991 yili jamoat birlashmalarining soni 200 tani tashkil etgan bo’lsa, 2000 
yilda ularning soni 2300 taga, 2010 yilda – 5100 taga yetdi. Bugungi kunda jamiyat hayotining turli 
sohalarida 8 ming 100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat ko’rsatmoqda. Bu degani 2010 
yilga nisbatan 1,6 marta ko’p demakdir
20

Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining 39 foizi hukumat va uning quyi organlari 
tashabbusi bilan tuzildi. Mavjud nodavlat notijorat tashkilotlarining 16,1 foizini sport, 10,4 foizini 
yoshlar, 10 foizini huquqiy va demokratik institutlarni mustahkamlash, 9 foizini siyosiy partiya 
tashkilotlari, 8,4 foizini nogiron va imkoniyati cheklanganlar huquq va manfaatini himoya qilish, 6,4 
foizini madaniyat-ma’rifat va tarix yo’nalishi, 6,3 foizini kasaba uyushmalari, 5 foizini xotin-qizlar, 4,4 
foizini favqulodda vaziyatlar, 4,2 foizini faxriylar, 3,8 foizini sog’liqni saqlash, 3,4 foizini tadbirkorlar 
va fermerlar hamda qolgan 12,6 foizini boshqa sohalar tashkil etadi
21

Mamlakatda milliy mustaqillikning dastlabki davrlarida O’zbekiston «Mahalla» xayriya 
jamg’armasi tashkil topdi. O’tgan davr ichida «Sog’lom avlod uchun» xalqaro nohukumat xayriya 
jamg’armasi, «Ekosan» xalqaro ekologiya va salomatlik jamg’armasi, Markaziy Osiyo xalqlari 
madaniyati Assambleyasi, Xalqaro Amir Temur jamg’armasi, Xalqaro Imom Buxoriy jamg’armasi, 
«Oltin meros» jamg’armasi, respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Xalq birligi» 
19
Формирование нового видения роли и места ННО в процессах политической и экономической
модернизации в Узбекистане.-Т.:ЦЭИ;БМТ Ривожланиш дастури, 2010.-Б.54-55. 
20
Ўзбекистон Республикаси нодавлат нотижорат ташкилотлари миллий форуми материаллари, (21-22 декабрь 2014 й.).
–Т., 2015.-Б.3-4. 
21
Мелиев Х.Фуқаролик жамияти: уни қўллаб-қувватлашнинг миллий модели. http://huquqburch. uz/ uz /view/ 2007. 


harakati, O’zbekiston faxriylarini qo’llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg’armasi, «Kamolot» yoshlar 
ijtimoiy harakati, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va 
tadbirkorlar Palatasi, Milliy matbuot markazi, Baynalmilal madaniy markaz, respublika «Iste’dod» 
jamg’armasi kabi nodavlat tashkilotlar tuzildi. O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi esa demokratik 
prinsiplar asosida butunlay qaytadan tashkil etildi. Shu bilan birga, O’zbekiston «Tadbirkor ayol», 
O’zbekiston Bolalar jamg’armasi, «Ayol va salomatlik», «Mehr», «Ayollar resurs markazi», «Ayol va 
jamiyat» instituti kabi xotin-qizlar muammolarini hal etishga qaratilgan va ular manfaatlarini 
ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. 
Keyingi o’n yilliklarga kelib O’zbekiston ijtimoiy hayoti uchun butunlay yangi bo’lgan 
nodavlat tashkilotlar tuzila boshlandi. XXI asrda texnologik jarayonlarning ko’payishi, avtomobil 
harakatlarini keskin oshishi, plastik mahsulotlarning maishiy turmushga kirib kelishi natijasida 
ekologik xavf kuchaydi. Ana shu xavf oqibatlariga qarshi kurash maqsadida mamlakatdagi 
ekologiyaga oid tashkilotlar tashabbusi bilan 2008 yil 2 avgustda O’zbekiston Ekologik harakati tashkil 
etildi. Bu harakat fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat yurita boshladi. Uning asosiy shiori - 
“Atrof muhit ozodaligi – salomatlik garovi” aholi o’rtasida tezlik bilan yoyilib ketdi. Bu harakatning 
faol harakati bilan aholi o’rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga oid turli tadbirlarni amalga 
oshirish an’anaga aylan boshladi. 
O’zbekiston ekologik harakati faollarining ona tabiatni asrash, inson salomatligini himoya 
qilish, shaharlarda daraxtlar va turli o’simliklarni ko’paytirishga doir faoliyati o’z samarasini bera 
boshladi. Shuningdek, ekoharakatning «Sog’lom muhit - inson salomatligi» g’oyasi ham o’z atrofiga 
aholining turli ijtimoiy qatlamlarini birlashtira boshladi. Ekoharakat quyidagi dasturiy vazifalarni ilgari 
surdi:
Ekoharakatning asosiy e’tibori atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish mamlakatimiz har bir 
fuqarosining 
umumiy 
vazifasi 
bo’lib 
qolishiga 
yo’naltiriladi. 
Ushbu maqsadlarda Ekoharakat o’z sa’y-harakatlarini: 
-o’z ishtirokchilari va tashkilotlarida, hamkorlarida mintaqaviy, milliy va mahalliy ekologik 
hamda aholi salomatligi muhofazasi yaxlit dasturlarini ishlab chiqish va bajarishdagi amaliy 
ishtiroklarini faollashtirishga qaratilgan sa’y harakatlarni shakllantirish;
-Ekoharakat ishtirokchilari va hamkorlarining davlat organlari va jamoat tuzilmalari tomonidan 
mavjud ekologik muammolarini hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish sohasidagi 
qonun huj¬jatlari ijrosi borasidagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;
-jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan 
ekologik muammolarni hal etishdagi hamkorliklari samaradorligini oshirish va rivojlantirishga 
yo’naltiradi. 
Xususan Ekoharakat: 
-fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitga bo’lgan huquqini himoyalashga hamda tabiatdan 
foydalanish sohasida iqtisodiy mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan ekologik xavfsizlikni kompleks 
tarzda ta’minlash bo’yicha qonun hujjatlarini qabul qilish va ularni amalga oshirishga; 
-mamlakatda ekologik huquq¬buzar¬liklar va tabiatga boshqacha tarzda zarar yetkazganlik 
uchun korxona va tashkilotlarning, mansabdor shaxslar va alohida fuqarolarning javobgarligini 
kuchaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga; 
-ekologik huquqbuzarliklar va tabiatga zararli bo’lgan boshqa ta’sirlar oqibatlarini bartaraf 
etish, shu jumladan transchegaraviy ahamiyatga ega bo’lgan holatlarda ham, ular tomonidan atrof-
muhitga va inson salomatligiga yetkazilgan zararni qoplashni huquqiy jihatdan tartibga solish hamda 
huquqni qo’llash amaliyoti samaradorligini oshirishga intiladi
22
.
O’zbekiston ekologik harakatning parlamentda o’zining vakillari bo’lishi tarixiy zarurat 
sifatida paydo bo’ldi. Parlamentda tabiatni asrash va ekologiyani yaxshilashga qonunchilikni 
rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 150 ta 
deputatdan 15 tasi O’zbekiston ekologik harakati tomonidan saylanishiga doir huquqiy asos yaratildi. 
Buning natijasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 15 deputatdan iborat 
22
Қаранг: Ўзбекистон экологик ҳаракати дастури.-Т.:Chinor ENK, 2009.-Б.3-4. 


fraksiyasi faoliyat yuritishi qonuniy tarzda rasmiylashdi. 2009 yil va 2014 yil dekabrda Ekoharakat 
konferensiyasida saylangan mazkur deputatlar guruxi atrof muhit muhofazasiga oid ko’plab qonunlar 
loyihalarini ishlab chiqishda va ularni qabul qilishda bevosita ishtirok etib kelmoqda. 
Ma’lumki, O’zbekiston ko’p millatli mamlakat. O’zbekistonda Yurtimizda fuqarolik jamiyati 
instituti sifatida shakllangan va tobora rivojlanib borayotgan turli millatlarning milliy-madaniy 
markazlari turli millatlar vakillarini madaniyati, tili va ma’naviy dunyosini rivojlantirishga xizmat qila 
boshladi. Milliy-madaniy markazlar mamlakatda o’zaro tenglik asosida yashayotgan 130 ta turli millat 
va elatlarning manfaatlarini ifodalash, o’zlari mansub bo’lgan madaniyat, o’z milliy qadriyatlari va urf-
odatlarini yo’qolib ketmasdan yashashi uchun ko’mak berib kelmoqda. Prezident I.A.Karimov mazkur 
milliy-madaniy markazlar faoliyatini baholar ekan, quyidagi fikrni bildiradi: “Hyech bir mubolag’asiz 
aytish mumkinki, Respublika baynalmilal madaniyat markazi o’z faoliyati davomida mamlakatimizda 
millatlararo va fuqarolararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g’oya va tashabbuslar 
paydo bo’layotgan haqiqiy do’stlik uyiga aylandi”
23

Hozirgi davrda mamlakatda 27 ta millat vakillari tomonidan tuzilgan 150 ga yaqin milliy-
madaniy markaz (MMM) faoliyat olib bormoqda. Ulardan 14 tasi respublika ahamiyatiga molik 
tashkilot maqomiga egadir. Ularning 31 tasi koreys, 23 tasi rus, 10 tasi tojik, 9 tasi qozoq, 9 tasi tatar 
millatiga mansub faollar tomonidan tashkil etilgan. Shuningdek, mamlakatda 8 ta ozarbayjon, 7 ta 
turkman, 6 ta ukrain va qirg’iz, 5 ta turk va Yevropa yahudiylar millatiga mansub bo’lgan milliy-
madaniy markazlari faoliyat ko’rsatmoqda. Shuningdek, nemis, polyak va arman, uyg’ur, arab, bolgar, 
boshqird, grek, gruzin va boshqa millat vakillari ham o’zlarining milliy-madaniy tashkilotlari tarkibida 
turli madaniy tadbirlar va anjumanlar vositasida faol ishtirok etmoqda.
O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida 
rivojlantirishda 2005 yilning 10 iyunida «O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy 
Assosiasiyasi»ning tashkil topishi muhim ahamiyat kasb etdi. Uning asosiy maqsadlari sifatida 
qo’yidagi faoliyat yo’nalishlari belgilandi: 
-ixtiyoriy ravishda a’zo bo’lgan nodavlat notijorat tashkilotlarini har tomonlama qo’llab-
quvvatlash, ularning jamiyat hayotini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish, mamlakatni 
modernizasiya va isloh qilish, demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi ishtirokini, siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotdagi faolligini, huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash va inson 
haq-huquqlarini himoya qilishdagi o’rnini yanada kengaytirish; 
-davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan muvozanatda o’zaro va ikki tomonlama 
manfaatli muzokaralar orqali jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlari manfaatlarini ifoda 
etishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirokini ta’minlash
24
.
Hozirgi davrga kelib «O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assosiasiyasi»ga 400 
dan ortiq turli respublika miqyosidagi va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat 
tashkilotlar a’zo bo’lib kirdilar. 
Mamlakatda mustaqil, barqaror, aholining turli qatlamlari qo’llab-quvvatlaydigan fuqarolik 
jamiyati institutlarini shakllantirishga, ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal etishdagi, fuqarolarning 
ijtimoiy-siyosiy va ish faolligini oshirishdagi rolini kuchaytirish maqsadlarida 2005 yil 26 iyulda 
«O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash fondi» tashkil topdi. Uning asosiy 
vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi: 
-zarur moddiy vositalar va moliyaviy mablag’larni yig’ish, jumladan fuqarolik jamiyati 
institutlarining, eng avvalo, aholi qo’llab-quvvatlaydigan, mustaqil respublika fuqarolarining u yoki bu 
manfaatlarini qondirish va himoya qilish bo’yicha ularning oldida turgan vazifalarni mustaqil hal 
etuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarining rivojlanishini rag’batlantirish uchun mo’ljallangan mahalliy, 
chet el, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning grantlarini jalb etish; 
23
Каримов И.А. Республика байналмилал маданият маркази ташкил этилганининг 15 йиллигига бағишланган тантанали 
йиғилиш қатнашчиларига // Жамиятимизни эркинлаштириш, ислоҳотларни чуқурлаштириш, маънавиятимизни 
юксалтириш ва халқимизнинг ҳаѐт даражасини ошириш – барча ишларимизнинг мезони ва мақсадидир. 15-жилд. –Т.: 
Ўзбекистон, 2007.-Б126. 
24
Ўзбекистон нодавлат нотижорат ташкилотлари миллий Ассоциациясининг устави.-Т., 2005.-Б.3-4. 


-eng muhim gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal 
etishdagi fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatining institutlarini 
rivojlantirishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlar loyihalari va dasturlarini moliyalash
25

O’zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari 
to’g’risida”gi qonuniga ko’ra NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyati davlat 
tomonidan subsidiya, grant, ijtimoiy buyurtmalar berish shaklida qo’llab-quvvatlanmoqda. 2008 yildan 
hozirga qadar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha parlament 
komissiyasi ko’magida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari assosiasiyalari va 
birlashmalarining 600 ga yaqin ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha, dastur, ustav vazifalari amalga 
oshirildi
26
. Faoliyati davomida ishlab topilgan barcha mablag’larni NNT o’zlarining dasturlarini 
kengaytirish va moliyalashtirishga yo’naltiradi. Albatta, o’z o’rnida, NNT ijtimoiy muammolarni hal 
qilish, sog’liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va san’atni qo’llab-quvvatlash, fuqarolar huquqiy 
madaniyatini oshirish, fuqarolarni jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish kabi faoliyati bilan 
fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga katta hissa qo’shadi.
Shuningdek, O’zbekistonda BMTning Rivojlanish Dasturlari asosida o’nlab xorijiy nodavlat 
tashkilotlar o’z vakolatxonalari va boshqa vakillik idoralarini tashkil etdi. Jumladan, Jahon sog’liqni 
saqlash tashkiloti vakolatxonasi, BMTning Bolalar jamg’armasi (YuNISEF) vakolatxonasi, Xalqaro 
rivojlanish bo’yicha AQSh agentligi vakolatxonasi, «Britaniya Kengashi» («British Council»), Konrad 
Adenuer jamg’armasining Markaziy Osiyo va Qozog’iston mamlakatlari bo’yicha vakolatxonasi, 
Fridrix Ebert jamg’armasi vakolatxonasi, Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika Kengashi («ACCELS»), 
Markaziy Osiyoga beg’araz yordam tashkiloti («CAFE»), Germaniya Agroaksiya tashkiloti, 
YuNESKO vakolatxonasi, «Global Involment» nomli ta’limga doir tashkilot, Osiyo madaniyati va 
rivojlanish instituti, AQShning «Mehr-muruvvat korpusi» va ekologiyaga oid «KOFUTIS» tashkiloti, 
fuqarolik jamiyati qurishga ko’maklashuvchi «Krosslink Development Interneshnl» xalqaro tashkiloti, 
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi, Buyuk Britaniyaning «Rivojlanish uchun hamkorlik» tashkiloti, 
AQShning Xalqaro tadqiqotlar va o’zaro almashishlar kengashi (IREX), Yevroosiyo jamg’armasi, 
25
Ўзбекистон нодавлат нотижорат ташкилотларини қўллаб-қувватлаш фонди устави.-Т.,2005. –Б.3-4. 
26
Сиддиқов Д. Фуқаролик жамияти институтларини ривожлантиришда парламентнинг роли.//
http://www
. Dustlik bayrogi. 
uz/uz/news/info/economy/3398/. 
16,1 
10,4 
10 

8,4 
6,4 
6,3 

4,4 
4,2 
3,8 
3,4 
12,6 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling