Mamlakatimiz hududida Qashqadaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.
MRAMORNAYA RASSOSHANSK NAVI: Daraxtning bo‘yi baland – 6,2 m
bo‘lib, ko‘chati ekilgandan so‘ng yettinchi yili hosilga kiradi.
Mevasi noksimon, o‘rtacha
kattalikda, mevaning
band tomoni juda toraygan,
po‘stlog‘i och-sariq rangda bo‘lib, silliq, mevasi yirik, o‘rtacha vazni – 160-240 g.
Eti oq yoki kremsimon, zich, sershira, mazasi shirin.
Nav yozgi, mevasi avgustning birinchi o‘n kunligida pishadi.
Hosildorligi – 163,2 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 181,2 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Rossiya Federatsiyasi.
2006-yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: