Reja: Nok haqida umumiy tushuncha. Kelib chiqish tarixi. Nok navlari. Nokning shifobaxshligi. Bog’dorchilik. Nashvati


Download 321.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana06.02.2023
Hajmi321.01 Kb.
#1170138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nok

YUBILIYNAYA NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha 6,3 m bo‘lib, keng shox-
shabbalidir. Nok ko‘chati ekilgandan so‘ng sakkizinchi yildan hosil bera boshlaydi. 
Mevasi yirik, mazasi yaxshi, mevasining o‘rtacha vazni – 213 g. Eti mayin, sershira. 
Nav kuzgi, sentyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi. 
Hosildorligi – 303,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 507,2 s/ga ni tashkil etadi. 
Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va 
vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi. 
1982-yil Davlat reyestriga kiritilgan. 
Mamlakatimiz hududida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida ekish 
uchun tavsiya qilingan. 
KULYALYA 2 NAVI: Daraxtining bo‘yi baland – 7,1 m bo‘lib, ekilgandan so‘ng 
yettinchi yili hosilga kiradi. 
Mevasi yirik, chiroyli, mazasi unchalik yaxshi emas, mevasining o‘rtacha vazni – 
159 g. Eti sershira. 
Nav qishki, mevasi oktyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 132,4 
s/ga, eng yuqori hosildorligi – 235,4 s/ga ni tashkil etadi. 
Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va 
vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti. 
1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan. 
Mamlakatimiz hududida Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm 
viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan. 
 


Nokning shifobaxshligi 
Nok shifobaxsh mevalardan biri bo‘lib, odamning chanqog‘ini bosuvchi, kayfiyatini 
ko‘taruvchi xususiyatga ega. Uni ovqatdan 30-50 daqiqa keyin iste’mol qilish lozim. 
Nok yurak-qon tomir tizimini tetiklashtirib, buyrak va peshob pufagi 
yallig‘lanishining oldini oladi. Shuningdek, jigar va qandli diabet kasalliklarida, 
semizlikning oldini olishda kuniga 3-4 dona yaxshi pishgan nokdan tanovul qilinsa, 
shifo bo‘ladi. Agar bemorning qon bosimi ko‘tarilsa, bir piyola quritilgan nok va 
o‘rik mevasini aralashtirgan holda ustiga suv solib, o‘rta olovda qaynatiladi hamda 
tindirib qo‘yiladi. So‘ng undan har kuni 3-4 mahal yarim piyoladan ichish lozim.
Bod kasalligi bezovta qilganda ham uning damlamasi foydalidir. Buning uchun 
quritilgan, maydalangan nokdan 2 choy qoshiq olib, ustiga 1 piyola qaynoq suv 
quyiladi. 2 soat davomida tindirilgach, kuniga uch mahal 1-2 oshqoshiqdan ichiladi. 
Xolesistit (o‘t pufagi yallig‘lanishi)da har kuni nahorda bu mevadan ikki dona 
tanovul qilish yoki yovvoyi nokdan tayyorlangan, shakar solinmagan sharbatidan 
ichish yaxshi foyda beradi. 
“Nutrition And You” resursi sahifalarida nokning foydali xususiyatlari haqida 
ma’lumotlar berilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar bilan tanishish siz azizlar uchun 
foydadan xoli emas. 
Nok salomatlik uchun zarur bo‘lgan ozuqa tolasi, antioksidant, mineral va 
vitaminlarga boy meva hisoblanadi. Nok — ozuqa kletchatkasining manbaidir. Bu 
mevani muntazam ravishda iste’mol qilish ichak rakining oldini oladi. 
Bundan tashqari, nok past kaloriyali mevalar sirasiga kiradi. Uning energetik 
qiymati 100 grammga 58 kilokaloriyani tashkil etadi. Bunday mevalar asosida 
parhez qilish ortiqcha vazn va xolesterindan qutulishga yordam beradi. 


Nokda yetarlicha miqdorda C vitamini mujassam. 100 gramm yangi nokda ushbu 
muhim vitaminning kunlik iste’mol miqdorining 7 foizi mavjud. 
Nok tarkibida shuningdek, oz miqdorda beta-karotin, lyutein va zeaksantin mavjud. 
Ular C va A vitaminlari bilan birgalikda organizmni zararli moddalardan muhofaza 
qiladi. 
Nok bir qator minerallar — mis, temir, kaliy, magniy va B vitaminlar kompleksining 
ham manbai hisoblanadi. An’anaviy tibbiyotda nokdan qabziyat, o‘t pufagi 
kasalliklari, artritni davolashda foydalaniladi. 

Download 321.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling