Reja: Nok haqida umumiy tushuncha. Kelib chiqish tarixi. Nok navlari. Nokning shifobaxshligi. Bog’dorchilik. Nashvati


Download 321.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana06.02.2023
Hajmi321.01 Kb.
#1170138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nok

SARI GUZAL NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha balandlikda, yaʼni 5,5-6,0 m 
bo‘lib, shox-shabbasi keng yumaloq shaklda, bargi yirik ellipssimon, rangi yashil 
qirrali, silliq. Oltinchi-yettinchi yili hosilga kiradi. 
Mevasi yirik noksimon, rangi och-yashil, ayrim joylari qizg‘ish, o‘rtacha vazni 230 
g. Eti oq-sarg‘ish, sersuv, mevasi nordon-shirin. 
Yozda pishadi. Mevasi iyul oyida yetiladi. 
Hosildorligi – 486,4 s/ga ni tashkil etadi. 
Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va 
vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti. 


Muallif: S.K. Sharipov. 
2003-yil Davlat reyestriga kiritilgan. 
Mamlakatimiz hududida Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun 
tavsiya qilingan. 
RANO NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha, keng shox-shabbalidir. Daraxti 
ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosil bera boshlaydi. 
Mevasi uzunchoq noksimon, sariq, qizil g‘ubori bor, yirik, mevasining o‘rtacha 
vazni – 153 g. Eti o‘rtacha sershira, zich, mazasi nordon-shirin. 
Nav kuzgi, mevasi avgustning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 200 
s/ga, eng yuqori hosildorligi – 375,6 s/ga ni tashkil etadi. 
Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va 
vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi. 
Muallif: U.M. Mirzahidov. 
1982-yil Davlat reyestriga kiritilgan. 
Mamlakatimiz hududida Namangan viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan. 
SALOM NAVI: Daraxtning bo‘yi o‘rtacha 7,0 m bo‘lib, shox – shabbasi bir tekis, 
bargi o‘rtacha tuxumsimon, rangi to‘q-yashil, silliq. Beshinchi yili hosilga kiradi. 
Mevasi yirik noksimon, rangi qizg‘ish, o‘rtacha vazni 240 g. Eti oq-sarg‘ish, sersuv, 
mevasi nordon-shirin. 
Erta yozda pishadi. Mevasi iyul oyida yetiladi. 
Hosildorligi – 490 s/ga ni tashkil etadi. 
Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va 
vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti. 
Muallif: S.K. Sharipov. 
2003-yil Davlat reyestriga kiritilgan. 
Mamlakatimiz hududida Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun 
tavsiya qilingan. 



Download 321.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling