Reja: Nok haqida umumiy tushuncha. Kelib chiqish tarixi. Nok navlari. Nokning shifobaxshligi. Bog’dorchilik. Nashvati
Download 321.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Nok
- Bu sahifa navigatsiya:
- PODAROK NAVI
- ROYAL ZIMNYAYA NAVI
OLIVYE DE SERR NAVI: Daraxtining bo‘yi past – 3,4 m bo‘lib, shox-shabbasi
keng, piramidasimon. Nok daraxti ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosilga kiradi. Mevasi yassi-dumaloq, yuzasi g‘adir-budur, pishganda och sariq, qizil g‘uborli rangga kiradi. Mevasining o‘rtacha vazni – 157 g. Eti oq sarg‘ish, sershira, og‘izda eriydigan darajada yumshoq, moyli, mazasi nordon-shirin. Bu nav qishki, mevasi sentyabrning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 223,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 333,8 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Fransiya. 1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan. PODAROK NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 2,7 m bo‘lib, keng shox- shabbalidir, daraxti ekilgandan keyin to‘rtinchi yili hosilga kiradi. Mevasi chiroyli, noksimon, och sariq, qizil g‘uborli, mevasining o‘rtacha vazni – 145 g. Eti oq, sal sarg‘ish, sershira, mayin, moysimon, mazasi nordon-shirin. Nav yozgi, mevasi avgustning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 134,4 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 227,1 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi. Mualliflar: A.K. Pavlov, V.V. Kuznetsov. 1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan. ROYAL ZIMNYAYA NAVI: Daraxtining bo‘yi baland – 10,5 m bo‘lib, keng shox-shabbalidir. Daraxti ekilgandan so‘ng besh yil o‘tib, hosilga kiradi. Mevasi noksimon, yuzasi g‘adir-budur, rangi sariq, sal sezilarli jigarrang nuqtalari bor, mevasining o‘rtacha vazni – 180 g. Eti och-sarg‘ish, og‘izda erib ketadigan darajada sershira, mazasi nordon-shirin. Nav qishki, mevasi oktyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 68,9 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 100,9 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Italiya. 1981-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan. Download 321.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling