Reja: Og‘zaki drama xalq ijodining mustaqil janri


Download 1.46 Mb.
bet17/20
Sana13.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1195682
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
XALQ TEATRI VA ASKIYA SAN`ATI


Tanqidga mo‘ljallangani bois askiyaboz kulgili narsalarga — jonivorlarga, gul turlariga o‘xshatiladi. Unga qarshi tomon ham shu xilda javob qaytaradi. Ularda satira, tanqid alohida o‘rin tutadi. «Safsata» tipidagi askiyalarda tarafkashlaming piching yo‘lida aytgan hazili namoyon bo‘ladi. Askiyaning yana bir turi «Tutal», «Rabbiya» shakllari hisoblanadi.
«Tutal» va «Rabbiya» ko‘pincha she’riy yo‘lda aytilishi bilan askiyaning boshqa turlaridan ajralib turadi.
Askiyaning tutal usulida yumshoq kulgi hukmronlik qiladi. Askiyalar mavzusi va g‘oyaviy yo‘naIishi jihatidan ikkiga bo‘linadi:
1. Ijtimoiy-siyosiy ma’nodagi askiyalar.
2. Maishiy-tarbiyaviy mazmundagi askiyalar.
O‘tmishda yaratilgan askiyalarning aksariyati ijtimoiy-siyosiy ma’no kasb etganligi kuzatiladi. Ularda ko‘proq o‘tmishdagi og‘ir hayot, insonning insonga zulm o‘tkazishi, yuqori tabaqa vakillarining, amaldorlaming xalqqa yetkazgan jabr-u jafosi, turli nayranglari hajv qilingan.


Askiyalar hozirgi davrda ham faol yaratilmoqda. Hozirgi davr askiyalarida, asosan, istiqlol zamonasi bunyodkorligi, milliy hurlik baxsh etgan farovon hayot haqida gapiriladi.
Askiya kishining ruhini ko‘taradi, uning a’naviy g‘alabalar sari da'vat etadi. Shu sababli xalq askiyani sevadi.
Askiyada badiiy ko‘chimning har xil turlarini, bundan tashqari, istiora, o‘xshatish, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalarini hamda tanosib, tajnis, mubolag‘a singari ifoda vositalarini uchratish mumkin. Masalan: G‘oyib aka: — Qanday o‘rik yeyman axir, siz bog‘ninng o‘rtasida turib, olma, olma, deysiz-u!
Askiyada majoziy ma’noni kuchaytirish maqsadida omonim so‘zdan unumli foydalanilgan. Ornonim so‘zIar vositasida iyhom san’ati qo‘llangan. Askiyadagi «Olma» so‘zi bir o‘rinda meva nomini, ikkinchi o‘rinda esa buyruq fe’lini bildirib kelmoqda va uning yordam ida, birinchidan, kulgi obyekti aniqlanayotgan b o ‘lsa, ikkinchidan, holat komizmi vujudga keltirilgan.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling