Reja o`lchov vositalarining tasnifi va asosiy o`lchov vositalarining qo`llanish sohalari. Shtangensirkulli o`lchash asboblari


Download 1.22 Mb.
bet2/13
Sana13.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#999554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Маъруза №8

Shtangenasboblarning tavsfi
O'lchash vaqtida nonius qurilmasi bo'yicha hisoblash asosiy shkalada millimetrning kasr ulusharini aniqlashdan iborat bo'ladi. Noniusning nol shtrixi ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi, bo'linmaning ulushlari esa nonius shtrixlaridan birining asosiy shkala shtrixiga to'g'ri kelishi bilan aniqlaniladi (8.1–rasm, b).
Shtangenasbob xatosi tekshirishda aniqlaniladigan xatolik, odatda hisoblash miqdoridan oshmaydi. O'lchash xatoligi, odatda ancha katta bo'lib, tashqi diametrlarni o'lchashda ikki va ichki diametrlarni o'lchashda uch hisoblash miqdorini tashkil etadi, katta o'lchash xatoligining asosiy sababi parallaks hisobiga paydo bo'luvchi o'qish xatoligidir, shtangen sirkullarda qo'shimcha yana Abbe prinsipiga amal qilmaslikdan xatolik yuzaga keladi.
Parallaksdan xatolik paydo bo'lishiga sabab shuki, chizg`ich shkalasi va nonius bir tekislikda joylashmagani uchun operator ko'zining har xil burchak ostida qaraganida shtrixlarning ko'rinuvchi nisbiy siljishi kuzatiladi.
Kuzatuvchining ko’zi to’g’ri (A nuqtada) joylashganda a va b shtrixlar, xuddi AS nur kabi (8.2–rasm, a) bir tekislikda yotishi kerak. Kuzatuvchining ko’zi V nuqtaga siljiganda hisoblashda xato yuzaga keladi.
(8.1)
OS ning qiymati ko'rsatkich shtrixi (nonius shkalasi) bilan asosiy shkala shtrixi orasidagi masofa (u) ga bog'liq. Agar kuzatuvchining ko'zi 250 mm masofa (me'yoriy masofa)da joylashgan deb hisoblasak va tajribaga ko'ra, AV qiymati 30 mm ga teng deb aniqlasak, unda ∆x(min) qiymati taxminan 0,12 u ga teng bo'ladi.
Parallaksdan xatoni kamaytirish uchun kuzatishni shkala tekisligiga perpendikulyar qilib olib borish kerak.



8.1–rasm. Shtangenasboblarning nonius shkalalari (a va b), ShTs-I (v);
ShTs–II (g), shtangensirkullari, shtangenreystmus (d),
Shtangenchuquro`lchagich (e).



8.2–rasm. Hisoblashda xatoliklarning paydo bo’lishi.
a) Parallaks hodisasi sababli;
b) Abbe prinsipi buzilganda.
Qayishish tufayli paydo bo’ladigan xatolik Abbe prinsipi buzilganda paydo bo’ladi. Abbe prinsipining mohiyati shuki, o’lchash vositalarini yaratishda ularning shkalalarini o’lchanadigan o’lchamlar bilan bir chiziqda yotishga erishish lozim, ya’ni o’lchov chizig’i go’yo shkala chizig’ining davomi bo’lishi kerak. 8.2–rasm, b da ramkasi qiyshaygan shtangensirkul ko’rsatilgan. Bunday shtangensirkul lablari orasidagi masofa bir xil emas. Shtangensirkul “a” o’1chamga o’rnatilganda ramkaning qiyshayishi sababli uning lablari orasidagi o’lchamlar “b” va “s” bo’ladi. Ramkaning qaysi tomonga qiyshayishiga qarab bu o’lchamlarning bir-biriga nisbatan katta yoki kichikligi o’zgaradi. Bunda paydo bo’ladigan xatolik bo’ladi. Abbe prinsipi bajarilganda q=0 bo’ladi. Demakki Dx ham nolga teng bo’ladi (Dx=0).

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling