Reja o`lchov vositalarining tasnifi va asosiy o`lchov vositalarining qo`llanish sohalari. Shtangensirkulli o`lchash asboblari


Download 1.22 Mb.
bet6/13
Sana13.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#999554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Маъруза №8

Soat tipidagi indikatorlar. Bo'linmalar oralig'i 0,01 mm va shkalaga parallel siljuvchi o'lchovli soat tipidagi indikatorlar tashqi o'lchamlarni, shakl va yuzalar tekisliklari joylashishidan og'ishlarni nisbiy o'lchash uchun mo'ljallangan (8.4–rasm, a). U bundan tashqari indikatorli changak (8.5–rasm), indikatorli chuquro'lchagich va indikatorli icho'lchagichlar (8.7–rasm) uchun ham ko'rsatuvchi asbob bo'lib xizmat qiladi.
Indikator siferblatining yuz tomonida ikkita shkala va ikkita strelkalar bor. Raqamlangan 2 aylana shkala ustidagi 4 kichik strelka o’rnatilgan. Aylana katta shkala bo’linmalari oralig’i 0,01 mm, kichik shkala esa 1 mm. 6 o’lchovchi tayoqchaning 1 mm ga siljishi 1 strelkani 100 bo’linmaga (bir to’la aylanishga), 4 strelka esa bir bo’linmaga buradi. Shkalani nol bo’limga qo’yishda indikatorning 2 shkalasi gardishi bilan birga 1 strelkaga nisbatan aylantiriladi va 3 to’xtatgich bilan qotiriladi.
Indikatorning harakatlanish prinsipi 6 o’lchovchi tayoqchaning chiziqli siljishini tishli uzatma yordamida 1 va 4 strelkalarning burchak siljishiga aylantirishga asoslangandir. Indikator mexanizmi (8.4–rasm, b) 1 o’lchovchi tayoqchaga qirqilgan 7 tishli reykaga ega. Tishli reyka 5 g’ildirak o’rnashgan bir o’qda joylashgan 6 tishli g’ildirak bilan tishlanishda bo’ladi. 5 g’ildirakdan harakat 8 markaziy tishli g’ildirakka uzatiladi, uning o’qida esa katta 9 strelka birikkan va u dumaloq 10 shkala ustiga joylashgan. Uzatmada tirqishni tanlash uchun mo’ljallangan prujina 3 g’ildirak 4 bilan birikkan, u esa g’ildirak 8 bilan tishlashishda bo’ladi. O’lchash kuchini ta’minlash uchun prujina 2 xizmat qiladi.
8.4–rasm, v-j larda chiziqlikdan, tekisliklar paralleligidan, dumaloqligidan, tekislikka nisbatan o’qning paralleligidan, o’qlarning perpendikulyarligidan og’ishlarini o’lchash sxemalari ko’rsatilgan. Mahsulot asos tekisligiga qo’yilgandan so’ng 1 ustun keltiriladi, unda esa soat tipidagi indikator mahkamlangan. Uni shunday qo’yish kerakki o`lchovchi poynak nazorat qilinuvchi tekislikka ma’lum o’lchanuvchi kuch bilan tegib tursin (kichik strelka shkalaning biriga qo’yilsin). 3 to’xtatgichni bo’shatib dumaloq shkalani aylantirib uning 0 belgisini katta strelka bilan mos tushishiga olib kelinadi va shundan keyin shkalani to’xtatgich bilan qisiladi. Asbob endi o’lchash uchun tayyor bo’ladi. O’lchash uchun, masalan to’g’ri chiziqlilikdan og’ishni aniqlaganda indikatorni ustun bilan birga I holatdan. II holatga suramiz va shkaladagi ko’rsatishlar farqini aniqlaymiz. Bu farq tekislikdan, chiziqlikdan haqiqiy og’ishi bo’ladi.



8.4–rasm. Soat tipidagi indikator (a) va uning tuzilishi (b), chiziqlikdan (v),
parallellikdan (g), dumaloqlikdan (d), tekislikka nisbatan o’qning parallelligidan
(e), o’qlarning perpendikulyarligidan (j) og’ishlarni o’lchashga doir misollar.

O’lchashlarda soat tipidagi indikatorni o’lchash ustunining kronshteyniga mahkamlanadi (8.5–rasm).







8.5–rasm. Doiraviy (a) va kvadrat (b) ustunli stollar.

8.6–rasm. Indikatorli ckangak.




Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling