Reja o`lchov vositalarining tasnifi va asosiy o`lchov vositalarining qo`llanish sohalari. Shtangensirkulli o`lchash asboblari


Download 1.22 Mb.
bet3/13
Sana13.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#999554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Маъруза №8

Shtangensirkul ShTs–I (8.1–rasm, v) chuquro’lchagichga ega. 1 shtangada 2 lablar bilan siljiydigan 4 ramka o’rnatilgan bo’lib uning ham 3 lablari bor. 4 ramka 5 vint bilan siljimas holatga qo’yiladi.
Shtangensirkul ShTs–II ning (8.1–rasm, g) ShTs–I dan farqi shundaki tashqi va ichki o'lchamlarini o'lchovchi lablarning shakli boshqacha bo'lib o'lchamga aniq qo'yish qurilmasi ham bor. Bu qurilma siljiydigan xomut 7, mikrometrik vint 8, gaykasi 9 hamda belgilovchi 6 vintlardan tuzilgan. Ichki o'lchamlarni o'lchaganda shtangadagi shkala ko'rsatgichiga lablar qannligi (5Q5ql0 mm) qo'shilishi kerak.
O’lchamni o’lchash uchun oldin shtangensirkul artiladi va tekshirib lablarining zararlanmaganligi aniqlanadi. Nonius shkalasining nolinchi chizig’i shtanga shkalasining nol chizig’i bilan mos tushishi shart hamda o’lchovchi lablari orasidagi tirqish 0,01 mm dan oshmasligi kerak. O’lchash quyidagicha bajariladi: 5 va 6 vintlar bo’shatilib lablar o’lchanuvchi detalga tekiziladi. Siljima 7 ramkaning 6 vinti qisiladi va 9 gayka aylantirilib 4 ramkani 3 lablari bilan detalga yaqinlashtiriladi va tegishi bilan 4 ramkani 5 vint bilan mahkamlab noniusdan asbobning ko’rsatishi o’qiladi.
Shtangenreysmus (8.1–rasm, d) mahsulot balandliklarini, bo’rtmalarini, belgilashlar ishlarda o’lchash uchun mo’ljallangan. U asosi 6 va unga mahkamlangan 5 shtanga, hamda unda siljuvchi ramka 4 va siljuvchi mikromatrik ramka qurilmasidan iborat. Ramkachaga xomut va 2 qisuvchi vint bilan almashinuvchi belgilash oyoqchasi 3 yoki o’lchovchi oyoqcha 1 (balandliklar va chuqurchani aniqlash uchun) mahkamlanadi.
Shtangenchuquro’lchagich (8.1–rasm, e) chuqurliklar va mahsulot balandliklarini o’lchashga mo’ljallangan.
Mikrometrik asboblarga yalpoq mikrometrlar, mikrometrik chuquro’lchagich va icho’lchagichlar, hamda tish o’lchagich mikrometrlar (8.2–jadval) kiradi. Bu o’lchash vositalarining prinsipial sxemalarida mikrometrik vint va siljimas gaykadan tashkil topgan mikrometrik juft qo’llanadi. Detallarni o’lchashda gaykada mikrovintning 360° aylanishi uni mikrovintda o’q bo’yicha 0,5 mm siljishini ta’minlaydi.
Mkrometr (8.3–rasm, a) quyidagi konsruksiyaga ega. Halqaning 9 chap tomonida almashinuvchi 1 tovon presslangan, halqaning o’ng tomonida esa 8 o’zak vtulka bilan mikrometrik gayka vazifasini bajaruvchi vtulkaning o’ng tomonidan tashqi konussimon rezba va aniq ichki silindrik rezba qirqilgan; ichki rezbaga 2 mikrovint buralgan, tashqisiga esa mikrometrik vint juftidagi tirqishni rostlash uchun mo’ljallangan 4 konussimon gayka kiygizilgan. Mikrovint 2 konusli birikma orqali 7 baraban bilan birikkan. Bu birikmada taranglik 5 qalpoqchani tortish bilan hosil qilinadi. Tirsillagich 6 doimo o’lchanuvchi kuchni ta’minlab turadi. Mikrovint gayka 3 yordamida qotiriladi. O’zakning tashqi silindrik sirtida bo’ylama hisoblash chizig’i bo’lib, unga yuqoridan hamda pastdan ikkita millimetrli shkalalar o’yilgan bo’lib ular bir biriga nisbatan 0,5 mm ga siljitilgan. Pastki shkala har 5 mm dan 25 mm uzunlikda raqamlangan. Mikrovint baraban bilan 360° aylantirilganda uning yon sirti o’q yo’nalishi bo’ylab 0,5 sm ga siljiydi. Barabanning oxirida aylana bo’ylab kesilgan ikkinchi (50 bo’linishli) slikalasi bor bo’lib har besh bo’linishda raqamlangan. Mikrovint baraban shkalasi bo’yicha bir bo’linmaga aylansa uning o’q bo’ylab 0,01 mm siljishiga to’g’ri keladi.
8.2-jadval.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling