Reja o`lchov vositalarining tasnifi va asosiy o`lchov vositalarining qo`llanish sohalari. Shtangensirkulli o`lchash asboblari


Download 1.22 Mb.
bet8/13
Sana13.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#999554
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Маъруза №8

Kalibrlar haqida ma’lumot. Har xil sabablarga ko’ra ishlab chiqarilgan detalning haqiqiy o’lchamlari joizlik maydoni qiymatlari chegarasidan chiqadi. Haqiqiy o’lchamlarning yaroqliligini o’lchash yoki nazorat qilish bilan aniqlash mumkin. Har ikkala holatda ham GOST 8.051-85 «500 mm gacha bo’lgan chiziqli o’lchamlarni o’lchashdagi yo’l qo’yilgan xatolar» va ST SEV 1155-78 «Uzunlik va burchaklarni o’lchashda me’yoriy shart» lar hisobga olinadi. Oxirgisida o’lchash natijasiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning me’yoriy qiymatlari ko’rsatilgan. Bular quyidagilar: harorat 20°S atmosfera bosimi 101325 Pa, havoning nisbiy namligi 58%, chiziqli va burchakli o’lchamlarning joylashish tekisligi gorizontal (og’irlik markazi yo’nalishdan 90°) havo muhitining nolli nisbiy harakatlanish tezligi, tebranish va siltanishlarning yo’qligi.
Nazorat qilish deganda, tekshiriluvchi o’lchamning yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi dalili o’rnatilishi tushiniladi. Ko’p hollarda bu ish uning haqiqiy miqdori aniqlanmasdan amalga oshiriladi. Nazorat qilish usullari faol va sust bo’ladi. Faol usulda texnologik jarayonning borishi nazorat qilinib, yaroqsizlik paydo bo’lmasdan oldin ogohlantiriladi va bu texnologik jarayonni sozlash uchun xabar hisoblanadi. Sust usulda tayyorlangan detallarning yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi ta’kidlanadi.
Bajarilish maqsadlariga binoan texnik nazorat qilish (GOST 16504-81) ning turli shakllari bor: kirish, jadal qabul qilish, inspektsion va shu kabilar. Nazorat hammasi va tanlanma, uzluksiz va davriy bo’lishi mumkin. Yalpi va seriyalab ishlab chiqarishda o’lchamlarini nazorat qilish kalibrlar yordamida amalga oshiriladi.
Kalibr deb, haqiqiy o’lchamlar, shakl va sirtlar joylashishining berilgan (chizmadagi) ga mos ekanligini tekshirish uchun mo’ljallangan shkalasiz asboblarga aytiladi. Amaliyotda kalibr deb, nazorat qilinuvchi ob’ekt sirtiga teskari shaklga ega bo’lgan o’lchovga ham aytiladi.
IT6 dan IT17 joizliklariga ega bo’lgan detallar asosan yalpi va ko’plab ishlab chiqarishda kalibrlar deb ataluvchi asboblar bilan nazorat qilinadi. Kalibrlar nazorat qilinuvchi parametrning sonli qiymatini aniqlash uchun emas, balki parametr katta va kichik yo'l qo'yilgan qiymatlar oralig'ida yotadimi, yo'qmi, o'shani aniqlash uchun ishlatiladi. Kalibrlar quyidagi turlarga bo'linadilar:

  1. Nazorat qilinuvchi mahsulot va parametrlarning turlariga qarab, silindrik mahsulotlar uchun silliq, rezbalar uchun shlitsali, uzunlikni nazorati uchun ponalar, chuqurliklar, balandliklar, mahsulot sirtlarining o'zaro joylashishi uchun mo'ljallangan turlari bo'ladi.

  2. Bir vaqtda nazorat qilinuvchi elementlar soni bo’yicha kalibrlar elementli va majmuali bo’ladi. Elementli kalibrlar detallarning ayrim chiziqli yoki burchak o’lchamlarini nazorat qilish uchun, majmualisi esa bir vaqtda bir nechta elementlarni nazorat qilish uchun mo’ljallangan.

  3. Detalning yaroqliligini baholash sharti bo’yicha kalibrlar me’yoriy va chegaraviy bo’ladi.

  4. Texnologik mohiyatiga, hamda joyi va qo’llanilish tavsifiga ko’ra ishchi va nazoratchi kalibrlarga bo’linadi.

  5. Konstruktiv belgilarga qarab kalibrlar qattiq, sozlanuvchi, bir tomonli va ikki tomonli bo’ladi.

  6. Tekshiriluvchi mahsulot bilan kalibr o’rtasidagi tutashish xarakteriga ko’ra kalibrlar sirtli, chiziqli, nuqtali, tutashuvchi bo’ladi.

Kalibrlar uglerodli sementatsiyalangan yoki asbobbop po’latlardan ishlab chiqiladi. (U10A, U12A, 10, 15, va b.). Yeyilishiga chidamliligini oshirish uchun qattiq qotishmali (VK-6) changak va tiqinlar ishlatiladi, po’lat kalibrlarga qaraganda ularning yeyilishiga chidamliligi 50-150 marta oshirilgan, ammo narxlari 3...5 marta balanddir.
Hamma kalibrlar majmuasini ikki guruhga bo’lish mumkin.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling