Reja o`lchov vositalarining tasnifi va asosiy o`lchov vositalarining qo`llanish sohalari. Shtangensirkulli o`lchash asboblari


Download 1.22 Mb.
bet10/13
Sana13.12.2022
Hajmi1.22 Mb.
#999554
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Маъруза №8

Chegaraviy kalibrlar deb o’lchamlari nazorat qilinuvchi ob’yektning chekka o’lchamlariga to’g’ri keluvchi kalibrlarga aytiladi.
Zavodda buyumlar ko’plab chiqarilganda ular har kuni bir xil o’lchov bilan o’lchanadigan bo’ladi. Bunday hollarda o’zgarmas konstruksiyali asboblar chegaraviy kalibrlar ishlatiladi (8.8; 8.9–rasmlar), teshiklarni nazorat qilish uchun tiqinlar (8.8.–rasm) va vallarni nazorat qilish uchun esa changaklar (8.9–rasm) ishlatiladi. Kalibrlarda o’lchamlarni tekshirib olish uchun maxsus moslamalar bo’lmaydi. Kalibrlar yordamida detallarning faqat haqiqiy o’lchami joizliklar chegarasida bajarilgan-bajarilmaganligi aniqlanadi xolos. Bu maqsadda kalibrlar tekshirilayotgan detalning muayyan o’lchamlariga moslab yasaladi (8.10–rasm). Masalan, 30+0,023 mm teshik uchun tiqinning bir uzunroq boshi 30 mm nominal o’lchamli bo’lib o’tadigan “PR” yozuvli, kalibrning ikkinchi–kaltaroq boshi eng katta teshikning eng katta chekka o’lchami, ya’ni 30,023 mm ga teng, o’tmaydigan “NE” yozuvli bo’ladi. Kalibrning bu boshi faqat 30,023 mm dan kattaroq o’lchamli teshikka kira oladi. Bunday detallar esa yaroqsiz hisoblanadi.
Kalibr yordamida detallarni nazorat qilish ishi ikkita chegaraviy kalibr bilan detallarni uch guruhga saralashdan iborat:

8.8–rasm. Teshiklar uchun asosiy kalibrlarning turtari.
a-silindrik kiygizmali 1...3 mm uchun ikki tomonlama tiqin; b-konussimon dumli, 1...50 mm uchun kiygizmali tiqin; v-kiygiziladigan 30...100 mm uchun tiqin; g-to’la bo’lmagan 50...150 uchun dastali tiqin; d–changaklar uchun nazorat kalibri (to`la shayba)18...100 mm uchun;

8.9–rasm. Vallar uchun asosiy kalibrlarning turlari. a-bir tomonli changak 1...180 mm uchun; b-shtamplangan bir tomonlama changak 3...50mm uchun; v– shtamplangan ikki tomonlama changak 3...100 mm uchun; g-dastali bir tomonlama shtamplangan changak 50 ... 170 mm uchun.

8.10–rasm. Chekli kalibrlar bilan detallar joizliklarini nazorat qilish sxemasi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling