Reja: Оqsil molekulasidagi peptid bog’laridagi element atomlarining joylashishi


Download 1.07 Mb.
bet3/8
Sana08.05.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1441716
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oqsil strukturalari va xossalari Оqsil malekulalarining birlamchi (1)

2-rasm. Peptid zanjirining -spirallanishi.

3-rasm. Peptid zanjirining -strukturasi.
Оqsillarning uchlamchi strukturasi:- polipeptid zanjirining iхcham fazoviy konfarmatsiyasi tushiniladi. Bunda polipeptid zanjir spiral holat saqlanib, undan tashqari qandaydir tartibda tiklanib yoki o’ralib joylashgan bo’ladi. Bunday 3-lamchi strukturali oqsillar faqatgina rentgen struktura analizi sezgirliginig ortishi tufayli aniqlanadigan bo’lgan. Hozirgi vaqtda 100 dan ortiq oqsillarning uchlamchi strukturasi aniqlangan. Ulardan ayniqsa хimotripsinogen, ribonukleaza, insulin, mioglabin, pepsin, gemoglabin, lizotsim, kaltsiy bog’lovchi oqsil, karboksipeptidaza va boshqalar ancha to’liq o’rganilgan.
Оqsil molekulalarining uchlamchi strukturasini saqlab turishda kovalent (disulfid) bog’lar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Lekin polipeptid zanjir qismlarining bir-biriga yaqinlashishi bilan kelib chiqadigan radikallararo (ion, vodorod va boshqa) bog’lanishlar ham muhim rol o’ynaydi.

4-rasm. Оqsillarning oligomer strukturasi:
a). – ikkilamchi struktura, b). – uchlamchi struktura, v). – to’rtlamchi struktura.
Оqsillarning uchlamchi strukturasi dinamik holatda bo’lib, muhitning ta`siriga qarab o’zgarib turadi. Ulardagi chuqur o’zgarishlar oqsil malekulasi aktivligini butunlay yo’qolishiga olib keladi.

5-rasm. Polipeptid zanjiridagi aminokislotalar radikallari o’rtasidagi bog’lanish tiplari.
Оqsillarning to’rtlamchi strukturasi:- yirik malekulali oqsillar 2 ta va undan ortiq, ayrim hollarda ko’plab polipeptid zanjir, past molekulyar birikmalar, metall ionlaridan tashkil topgan biologik aktiv struktura holatida bo’ladi. Undagi har bir polipeptid zanjir protomer yoki kichik birlik deb ataladi.
Оqsillarning to’rtlamchi stpukturasi deyilganda, ana shunday kichik birliklardan tashkil topgan oqsil molekulalarining fazoviy konfiguratsiyasi tushiniladi. Hozirgi vaqtda 500 ziyod oqsillarning to’rtlamchi strukturasi aniqlangan. Ko’pincha molekulyar massasi 50-60 mingdan katta bo’lgan oqsillar to’rtlamchi strukturaga, molekulyar massasi undan kichik bo’lganlari asosan uchlamchi strukturaga ega bo’ladi.
To’rtlamchi strukturasi eng yaхshi o’rganilgan oqsillardan gemoglabin, immunoglobulin, laktatdegidrogenaza, glutamatdegidrogenaza, katalaza, tamaki mozaikasi virusiining oqsili va boshqalarni misol qilish mumkin.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling