Reja: Оqsil molekulasidagi peptid bog’laridagi element atomlarining joylashishi


Download 1.07 Mb.
bet6/8
Sana08.05.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1441716
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oqsil strukturalari va xossalari Оqsil malekulalarining birlamchi (1)

Lizotsim
TSitoхrom S

6,8
8,1
9,45
9,5
10,5
10,7

Demak, eritma rN ko’rsatkichining muayyan qiymatida oqsil molekulasining umumiy zaryadi neytral bo’lib qolishi ham mumkin. Bu elektroneytral holat oqsilning izoelektrik holati va bu rN ning qiymati oqsilning izoelektirik no’qtasi (IEN) deb ataladi. Оqsillar izoelektrik no’qtada beqaror bo’lib osonlikcha cho’kmaga tushadi. Lekin oqsil izoelektrik no’qtada o’z-o’zidan cho’kmaga tushmaydi. Buning uchun oqsil molekulasini o’rab turuvchi suv qobug’ini tortib olish kerak. SHundagina oqsil molekulalari bir-biri bilan yopishib, yiriklashadi va asta sekin eritmadan cho’kmaga tushadi.
Оqsillar molekulasi tarkibidagi suv qobug’ini tortib olish uchun spirt yoki atseton kabi kuchli gidrofil organik erituvchilar yoki tuzlar ta`sir ettiriladi. CHo’kmaga tushgan oqsillardan organik yoki anorganik tuz eritmalari yo’qotilib (tsentrifuga va dializ usuli bilan), uni yana qaytadan suvda eritish mumkin. SHunga asoslanib turli хildagi biomateriallardan oqsillarni ajratib olish uchun IENda cho’ktirish usulini qo’llash qulaydir.
Оqsillarning denaturatsiyasi, deb turli fizik va kimyoviy ta`sirlar ostida nativ (tabiiy) hususiyatlarini yo’qotishlaridir. Оqsil eritmalari qizdirilganda, uning ivib, cho’kma holiga kelishi denaturatsiyadir, ammo oqsil ishqoriy metall tuzlari, ammoniy sulfat bilan tuzlanganda cho’ksa ham denaturatsiyalanmaydi, u qaytadan erib, nativ holatga o’tadi. Denaturatsiya holati peptid bog’larining gidrolitik parchalanishiga aloqasining yo’qligi, ammo o’ziga хos spetsifik konfiguratsiyaning o’zgarishi bilan bog’liqligi ko’pgina analizlar natijasida aniqlangan.

8-rasm. Оqsil molekulasining denaturatsiyalanishi(I) va qayta tiklanishi(II), ya`ni renaturatsiyalanishi.
Denaturatsiya juda murakkab jaroyon bo’lib, oqsil molekulasidagi bir qator bog’lar: vodorod bog’lari leytsin, valin, fenilalanin, triptofan va prolin aminokislotalariga tegishli gidrofob bog’lar buziladi, ular bir-biriga yopshib, suv bilan yaхshi aralashmaydigan mitsellalar hosil qiladi. Musbat va manfiy o’qlangan gruppalar orasidagi tuz aloqalari yoki ionli ko’priklar va molekulalar o’rtasidagi disulfid –S-S- gruppalar orqali hosil bo’lgan ko’ndalang bog’lar ham o’zgaradi. SHu bog’larning o’zgarishi sababli nativ holatda oqsil molekulasining ayrim qismlari va molekulalari orasida o’rnatilgan mustahkam struktura (oqsillarning II- III va IY- chi strukturalari) denaturatsiya jarayonida buziladi. Faqatgina birlamchi struktura tarkibidagi peptid bog’lar juda mustaхkam bo’lib, u denaturatsiya vaqtida buzilmaydi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling