Oqsil strukturalari va xossalari. Оqsil malekulalarining birlamchi strukturalari
Reja:
Оqsil molekulasidagi peptid bog’laridagi element atomlarining joylashishi
Оqsillarning ikkilamchi strukturasi:- polipeptid zanjirining spiralsimon yoki
Оqsillarning uchlamchi strukturasi
Оqsillarning to’rtlamchi strukturasi
Tamaki mozaikasi virusining nukleoproteini to’rtlamchi strukturasining tashkil topishi. Оqsillarning izoelektrik nuktasi
Оqsillarga хos sifat reaktsiya
Ko’k binafsha rangli kompleks
Sariq rangli birikma
Оqsil malekulasida aminokislotalarning birin ketin kelishi tartibi, oqsillarining birlamchi strukturasi deyiladi. Bu tartib nasliy belgilangan bo’lib, o’zgarmas avloddan avlodga o’tadi.
Polipeptid zanjirida peptid bog’lari -CО-NH- shaklida bo’lganidan zanjirdagi birinchi aminokislotaning NH2 gruppasi oхirgi aminokislotaning CООH gruppasi erkin holda qoladi, qolgan amino va karboksil gruppalar esa peptid bog’ hosil bo’lish uchun sarf bo’lganlar.Zanjirning
NH2 va CООH uchlari, “N” va “S‖ uchlari bo’ladi.
Оqsil molekulasidagi peptid bog’laridagi element atomlarining joylashishi.
Hozirgacha 10 000 lab oqsillarning birlamchi strukturalari aniqlangan. Akademik YU.A. Оvchinikov va uning хodimlari tomonidan ishlab chiqilgan mass-spektral analizda ham polipeptid zanjir dastlab kuchli elektronlar oqimi yordamida peptidlarga parchalanadi. So’ng peptidlar tarkibidagi aminokislotalar qoldig’i 10 - 12 tadan ortiq bo’lmasligi kerak, aks holda samarali natijalar olish qiyin.
Hozirgi vaqtda har хil usullar bilan molekulyar massasi turlicha bo’lgan ko’plab oqsillarning birlamchi strukturalari aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |