Reja: O’zbekiston ijtimoiy xayotidagi o’zgarishlar


Фуқаролик жамиятида оиланинг ҳуқуқий асослари


Download 215.2 Kb.
bet11/14
Sana10.02.2023
Hajmi215.2 Kb.
#1187664
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI

Фуқаролик жамиятида оиланинг ҳуқуқий асослари

Oila mustaqil ijtimoiy institut bo‘lib


shakllanganidan buyon, to istiqlol
davrimizgacha ko‘p qirrali va murakkab
yo‘lni bosib o‘tdi. har bir tarihiy davrda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari hilma-hil mazmun bilan boyib bordi. Oilaning jamiyatdagi muhim ijtimoiy institut sifatidagi o‘rni hususida mutafakkirlarimiz ko‘p ibratli gaplar aytishgan.
Hususan bu boradagi chuqur fikr mulohazalar Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniyning “Mineralogiya”, “Geodeziya”, “hindiston”, “o‘tgan avlodlar obidalari”, Abu Ali ibn Sinoning “Ahloq”, “Ahloq fani”, “Oila ho‘jaligi”, Alisher Navoiyning “hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub” asarlarida o‘z ifodasini topgan.
XX asr boshlarida yurtimizda milliy ozodlik kurashchilari bo‘lgan jadidlar oila instituti orqali jamiyatni isloh qilish uchun astoydil kurashganlar.
Oilaning huquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasining 66-bandida “voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amho‘rlik qilishga majburdilar”, deb mahsus qayd etiladi. SHu o‘rinda qayd etish joizki, dunyo konstitutsiyalarining birortasida ham bunday mazmundagi huquqiy modda alohida ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lib, masalaning bu tarzda qo‘yilishi O‘zbekistonda ota-ona va farzand munosabatlari umumdavlat darajasidagi favqulodda muhim masala ekanligidan dalolatdir.
Jadidlar harakatining yirik nazariyotchisi professor A.Fitrat o‘zi yashagan davr hayoti haqida kuyinib halqning ahvoli ayanchli, yurtning umumjahon jarayonlaridan ancha orqada qolgan, ma’naviy qashshoqlanish yuz bergan deb yozadi. Bu tasodifiy emas edi. Negaki, o‘tgan asrning boshida, ya’ni A.Fitrat yashagan davrda sharq oilalariga g‘arb turmush tarzi singdirila boshlagan edi. U o‘zining “Oila yoki oilani boshqarish tartiblari” asarida oila asosini to‘g‘ri qurish, oilada yosh avlodga jismoniy, aqliy va ahloqiy tarbiya berish orqali mana shu turg‘unlikdan qutilish, jamiyatni isloh qilish mumkinligini bayon qilgan. “Millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bog‘liqdir... qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo‘ladi”7, deb yozadi u mazkur asarda.
Fitrat o‘z fikrini davom ettirib, “Agar bir mamlakat aholisi ahloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi”8, deb yozadi.
Muallif oilaviy hayot o‘z qonun va qoidalariga ega ekanligini, bu qonunlarga rioya qilish orqaligina odamlarni jaholatdan qutqarish mumkinligini bayon etadi.
Oila institutining barqarorligi jamiyatning barcha sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi G‘arb olimlari tadqiqotlarida oilaning inqirozi hususidagi nuqtai nazarlar keng bayon etilmoqda. Hususan, 1859 yilda “Boston Kuaterli Revyu” jurnali shunday deb yozgan edi: “Eski ma’nodagi oila hayotimizdan yo‘qolmoqda va bu nafaqat institutlarimizning erkin harakterini havf ostida qoldiradi”. Bunday fikrlar ko‘pgina G‘arb mamlakatlari bo‘ylab aks-sado berib o‘tdi. 1980 yilda Britaniyada konservatorlar partiyasi oila tushunchasini siyosiy jixatdan muhokama qildi. 1986 yilda Angliyada bosh vazir lavozimida ishlagan Margaret Tetcher konservatorlar partiyasi konferensiyasida: “Bizning siyosatimiz oiladan, uning erkinligidan va uning hotirjamligidan boshlanadi”9 dedi. Boshqa tomondan, oilaning tanqidchilari oila institutining tushkunligini va xatto bora-bora yo‘qolib ketishini bashorat qiladilar.
Oilaning yo‘qolishi to‘g‘risida hali asoslanmagan holda shunchalik ko‘p gapirildiki, bunday umumiy mulohazalarga tanqidiy yondoshish lozim.10 Tabiiyki, oila instituti bugungi kunda fundamental o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ammo, G‘arb dunyosida yuz berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘z holicha SHarq olamiga, hususan O‘zbekiston turmush tarziga aynan ko‘chirib talqin etish to‘g‘ri emasdir.


Download 215.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling