Reja: O’zbekiston ijtimoiy xayotidagi o’zgarishlar
Neoliberal modelga ko‘ra esa
Download 215.2 Kb.
|
DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ўзбекистонда ижтимоий ҳимояни амалга ошириш босқичлари
Neoliberal modelga ko‘ra esa (AQSH) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va kasaba uyushmalari bajaradilar.
Neokonservativ modelga ko‘ra (Germaniya) ijtimoiy himoya davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi. O‘zbekistonda ijtimoiy ta’minot asosan davlat byudjeti hisobidan tashkil etilgan bo‘lib, bu tizim qator rivojlangan chet el davlatlarining ijtimoiy tizimidan qolishmaydi. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy yordamdan tashqari respublikamizda norasmiy ijtimoiy yordam ko‘rsatishning an’anaviy qadriyat turlari ham mavjudki, ularning negizini qarindoshchilik, qo‘shnichilik, mahallachilik, yoru birodarchilik yordamlari, ya’ni xalqimizning milliy urf-odatlari tashkil etadi. Mahalliy idoralar, korxonalar, jamoa va xo‘jaliklar hamda boshqa tadbirkorlik tashkilotlaridan fuqarolar pensiyasiga qo‘shib beriëayotgan qo‘shimchalar, muhtojlarga ko‘rsatilayotgan otaliq yordamlari, bayram va hayit kunlari bemorlarni ziyorat qilish, turli xayr-ehsonlar ham milliy urf-odatlarimizning zamonaviy ko‘rinishlaridir. Bulardan tashqari, ijtimoiy yordam ko‘rsatishda nodavlat jamoat birlashmalari va xayriya tashkilotlari ham ishtirok etmoqda. Albatta, muammolar ham mavjud. Jahon tajribasi bilan qiyoslaganda, avvalo, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiladigan nodavlat tashkilotlar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish lozim. Hususan, kasaba uyushmalari rivojlangan mamlakatlarda hodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish uchun korhona egalariga, ish beruvchilarga doimo ta’sir o‘tkazib keladilar. Bizda esa hali bunday tajriba mavjud emas. Birinchi navbatda jamoat tashkilotlari‚ hususan kasaba uyushmalari faoliyatini tubdan yahshilash‚ ularni mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiluvchi kuchga aylantirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ўзбекистонда ижтимоий ҳимояни амалга ошириш босқичлари Mamlakatimizning ijtimoiy himoya tizimi rivojini umumiy tarzda qarab o‘tish o‘rinlidir. Ma’lumki, 1991 yilda sobiq totalitar tuzum inqirozga uchragach, uning o‘rnida vujudga kelgan yangi mustaqil mamlakatlar demokratiyaga asoslangan jamiyat barpo etishda turli yo‘llarni tanladilar. Birinchisi, Evropa va Amerika davlatlari tajribasida sinab ko‘rilgan “falaj qilib davolash” yo‘li edi. Ko‘pgina mamlakatlar ushbu «tezkor» yo‘lni tanladilar. Bu mamlakatlarda mustahkam qonunlar majmui ishlab chiqilmasdanoq, jamiyatni keskin tarzda demokratlashtirishga o‘tildi. Oqibatda bu o‘z navbatida ko‘plab murakkab muammolarni keltirib chiqardi. Ikkinchi yo‘l - jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilib borish yo‘li bo‘lib, bunda O‘zbekiston tashabbuskor bo‘ldi. O‘zbekistonda avval qonunlar majmui yaratildi, so‘ng bozor infrastrukturasi tizimini shakllantirishga e’tibor qaratildi va iqtisodiyotni isloh qilishga kirishiëdi. Natijada jamiyat keskin ijtimoiy larzalarni chetlab o‘tdi. Bu birinchi navbatda ijtimoiy himoya tizimiga ham tegishëi edi. Aytaylik, 1992 yilda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tang holatda edi. SHunday sharoitda kam ta’minlangan fuqarolar davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza qilinishi zarurligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Bu siyosat davlatning islohotchilik roliga tayangan holda amalga oshirildi. SHu tariqa bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlat nazoratining bo‘lishi ijobiy natijalar berdi. Birinchi bosqich. Narhlar islohoti va narhlarning erkinlashtirish. (1992 yil 10 yanvardan boshlab). Ikkinchi bosqich. Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish. (1992 – 1994 yillar). O‘z o‘rnida demokratiyaning sharqona shakli hususida fikr bildirib o‘tish lozim. YAhshi bilamizki, SHarq qadriyatlari “inqilobiy sakrash” dan ko‘ra tadrijiylikni ustun biladi. SHu sababli azaëdan SHarq jamiyatlarida iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy o‘pirilishlar nisbatan kam. O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish jarayoni SHarq va G‘arb demokratiya tamoyillari o‘zaro uyg‘unlashtirilgan holda amalga oshirilishi sababli ham, taraqqiyotda bosqichma-bosqichlik, harakatda esa qonun ustuvorligi asosiy hususiyat kasb etdi va hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda. Tan olish kerak-ki, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini amalga oshirish uchun shunchaki qulay sharoit yo‘q edi. SHunga ko‘ra, 1994 yil 24 avgustda «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, 1994 yil oktyabrdan aholini ijtimoiy himoyalash tizimi takomillashtirildi. Negaki, ilgari faqat respublika byudjeti yo‘li bilangina 30 ta turli soha va yo‘nalishlar bo‘ylab ijtimoiy himoya amalga oshirilardi. Bunday holat mablag‘larning sochilib ketishiga olib keldi. Natijada yuqoridagi Prezident Farmoniga binoan 1994 yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o‘tildi. Bu tizim bugungi kunga qadar o‘zini oqlamoqda. Ana shu Farmonga muvofiq yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida o‘quv yurtlari talabalarining stipendiyalari muntazam ravishda oshirib borilmoqda. Zero, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi aholi soni jixatidan eng yirik mamlakat bo‘lib, sanoat va makroiqtisodiyot tizimi bir yoqlama hususiyatga ega edi. Bu murakkablik jamiyat taraqqiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmasada, ma’lum ma’noda undan chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lindi. O‘zbekistondagi er usti va er osti boyliklari, intellektual salohiyat bunga imkon berdi. Undan unumli foydalanildi. SHunisi ham e’tiborliki, jamiyatni demokratlashtirish va ijtimoiy himoya tizimini yaratish o‘zaro bog‘ëiq jarayon sifatida rivojlandi. Download 215.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling