Reja: O’zbekiston ijtimoiy xayotidagi o’zgarishlar
Ijtimoiy sohada islohotlar strate-giyasini belgilovchi asosiy shartlar
Download 215.2 Kb.
|
DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat ijtimoiy siyosatida aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy yo‘nalishlari
- Ижтимоий ҳимоя ғоясининг адолат ва демократия тамойиллари билан боғлиқлиги «Ijtimoiy himoya», «ijtimoiy adolat» tushunchalarining shakllanib borishi
- Birinchidan
Ijtimoiy sohada islohotlar strate-giyasini belgilovchi asosiy shartlar
Aholini daromadi va mulkka egaligi bo‘yicha tabaqalanishi Ishsizlik Qishloqdagi ortiqcha bandlik Milliy valyutaning sotib olish qobiliyati Inflyasiya Sof daromad darajasi Davlat ijtimoiy siyosatida aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy yo‘nalishlari Davlat ijtimoiy iste’mol fondlarini tashkil etish va ulardan jamiyatning har bir a’zosining foydalanishini kafolatlaydigan qonunlarni qabul qilish; Davlatning markazlashgan ijtimoiy sug‘urta fondini tashkil etish; Ko‘rsatilgan xizmatlar va samarali mehnatlari uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar; Ish haqi va pensiya minimumining davlat tomonidan kafolatlanishi; Ko‘p bolali oilalarga to‘lanadigan nafaqalar; Kam ta’minlangan aholi tabaqalariga moddiy yordam ko‘rsatish; Bolalikdan nogiron va boshqa mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; Talabalar uchun to‘lanadigan davlat stipendiyalari; Ishsizlik nafaqasi; Ижтимоий ҳимоя ғоясининг адолат ва демократия тамойиллари билан боғлиқлиги «Ijtimoiy himoya», «ijtimoiy adolat» tushunchalarining shakllanib borishiinsoniyatning demokratik tafakkuri bilan bog‘ëiqdir. Hususan, Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida ifodalangan fozil jamiyat g‘oyasi bugungi kundagi demokratik jamiyat konsepsiyasiga hamohangdir. Forobiyning fozil jamiyat konsepsiyasiga ko‘ra, baht-saodatga intiluvchi jamiyatda qonun ustuvor bo‘lib, butun ijtimoiy hayot ana shu ustuvor tamoyil asosida tuziladi. SHu ma’noda fozil jamiyatda avvalo erkinlik mavjud bo‘ladi. Unda adolat, erkinlik va tenglik tushunchalari kun tartibida bo‘lib, bu me’yorlar fozil jamiyatning asosi bo‘ladi. SHu bilan birga, Forobiy fikricha, jamiyat davlat bilan kuchlidir. U etuklashgan sayin o‘z a’zolarini himoyaga ola boradi. SHuni ham alohida aytish kerakki, agar o‘tmish mutafakkirlari ijtimoiy kafolatlanish uchun inson faolligi masalasini ilgari surgan bo‘lsalar, Forobiy qarashlarida insonni ijtimoiy kafolatlashda jamiyatning roli alohida uqtirila boshlandi. Demak, jamiyat ham himoya vositasi bo‘lishga mas’uë, degan g‘oya iëgari suriëgan. O‘zbekistonda kuchli ijtimoiy himoya muammolari siyosat darajasiga ko‘tarildi. Buning uchun esa dastavval qonunlar tizimi yaratildi, keskin tabaqalanishdan holi bo‘lgan mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi, shu asosda iqtisodiy taraqqiyot inson manfaatlariga yo‘naltirilayapti. Bir so‘z bilan aytganda, «davlatning ijtimoiy tizimi bilan halq ehtiyojlari o‘rtasidagi jarlik» bartaraf etildi. SHu bilan birga bugungi kunda mamlakatimizda insonning jamiyatdagi o‘rnini anglashi, o‘zini-o‘zi tarbiyalay olishi va o‘zini-o‘zi taraqqiy ettira olishiga mas’uliyatining kuchayib borishi ijtimoiy himoya tizimini amaliy jixatdan mustahkamlashga ko‘maklashishi zarur. Demokratik jamiyatning mohiyati shundaki, adolat va haqiqat g‘oyasi ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi. Jamiyatda mulkiy jarayonlarning ob’ektiv o‘zgarishi yuz berayotgan bir paytda jamiyatning keskin tabaqalanishiga, ya’ni oshib-toshib ketgan boylaru kambag‘al-qashshoqlarga bo‘linib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. SHu ma’noda ijtimoiy himoya muhofazaga muhtojlarni davlat himoyasiga olishdir. SHu bilan birga, ijtimoiy himoya insonning jamiyatdagi munosib o‘rnini belgilovchi va faolligining yuksalishini ta’minlovchi asosiy ko‘rsatkichdan biriga aylanadi. XXI asr boshlarida demokratik tamoyillarning ustuvor kelishi ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy himoya tizimi ham hozirgi zamon davlatchiligining o‘ziga xos demokratlashuvidagi asosiy omillardan biri bo‘lib hizmat qilmoqda. Jamiyatning kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish tamoyili hozirgi zamon taraqqiyot konsepsiyasida yangicha yo‘nalishdir. Ma’lumki, xatto barqaror demokratik taraqqiyotga erishgan bugungi Evropa mamlakatlari ham o‘z vaqtida bunday amaliyotni chetlab o‘tgan edilar. O‘zbekistonda esa ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun hukumat dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu islohotlarni yanada kengaytirish uchun zarur edi. hozirda, aytish mumkinki, O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida ana shu aniq natijaga erishildi. Bu reaë yo‘nalishga ega bo‘lgan amaliy bosqichdir. Ijtimoiy islohotlar konsepsiyasi jamiyatda barqarorlik va xavfsizlik tizimining mustahkamlanishiga qaratildi. Natijada O‘zbekiston ijtimoiy siyosatida barqaror o‘zgarishlarga erishildi. Jahon ekspertlarining xuëosalariga ko‘ra, aynan ushbu konsepsiya O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyot bosqichiga kirishiga asos bo‘ldi. Hususan, yaqinda BMTning YUNISEF tashkiloti tomonidan turli davlatlarning ijtimoiy rivojlanishi bo‘yicha e’lon qilgan qiyosiy tadqiqot natijalari ham fikrimizni tasdiqlaydi. O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarish jamiyat tabaqalarining manfaatlarini himoya qilishda amaliy ahamiyat kasb etishi zarur. Aynan ushbu ijtimoiy talab bajariësagina, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asoslaridan biri - ijtimoiy totuvlik saqlanadi. Ijtimoiy totuvlik ustuvor bo‘lgan jamiyatdagina kuchli ijtimoiy siyosat yuritish uchun imkoniyat yaratiladi. Ammo ijtimoiy totuvlik o‘z-o‘zidan kelib chiqmaydi. Zero, har qanday jamiyatda turli ijtimoiy tafovutlarning bo‘lishi tabiiy holdir. Mutaxassislar fikricha, bu ijtimoiy tafovutlar quyidagi guruhlar o‘rtasida ma’lum ma’noda ijtimoiy farqlarning mavjudligida o‘z ifodasini topadi: -boylar va kambag‘allar orasida; -ko‘p millatli davlatlarda aholining etnik guruhlari orasida; -aholining diniy guruhlari orasida; -markaz va mintaqalar orasida; -erkaklar va ayoëlar orasida; -turli avlodlarga mansub odamlar orasida. Bu tafovutlar O‘zbekiston jamiyatida ham ko‘zga tashlanadi. SHu sababli imkon qadar aytib o‘tilgan tafovutlar ko‘rinishini kamaytirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilib borilishi ijtimoiy siyosatning maqsadlaridan biridir. Ўзбекистонда ижтимоий ҳимоя тизимининг хусусиятлари O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki yillardayoq, kuchli ijtimoiy himoya tizimini yaratishdan maqsad, insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Mamlakat prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir»1 Albatta, ijtimoiy himoya tizimining rivoji mamlakat iqtisodiyotining ahvoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘ëiqdir. Avvalo, nodavlat sektorining muayyan darajada taraqqiy etishi, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar mavqeining mustahkamlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun tayanch va asosiy manba bo‘lib hizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy siyosatning real amalga oshishi uchun zamin yaratadi, ijtimoiy himoya tizimining yanada takomiëlashib, zamon talabiga mos bo‘lib borishiga olib keladi. Bu hol O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining tadrijiy shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Gap shundaki, ijtimoiy himoyaning davlat siyosatidagi o‘rni g‘oyat muhimdir. Buning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, O‘zbekiston agrar mamlakat bo‘lib, uning ko‘pgina hududlarida ishlab chiqarishning tehnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda; Ikkinchidan, mamlakat aholisining 65% qishloqda yashaydi. Agrar sohaning yahshi rivojlanmaganligi aholining bu qismi orasida himoyaga muhtoj oilalarning ko‘pligiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ularni ijtimoiy himoyalash vazifasini qo‘yadi. Uchinchidan, mamlakat aholisi orasida yoshlar katta saëmoqqa ega, bu esa yoshlarni ijtimoiy himoya tizimi orqaëi muhofaza qilishni talab etadi. Ijtimoiy adolatning mohiyati har bir shahs o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon qila olishi uchun to‘liq imkoniyatlar yaratish, bunda ularning farovon turmush kechirishlariga erishish jarayonida to‘liq namoyon bo‘ladi. Kishilarning jamiyatdan olayotgan ulushlari (ish haqi, daromadlari, mukofotlari, unvonu mansablari) ularning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissalariga (mehnati, qobiliyati, zakovati, alohida hizmatlari, sarmoyasi va h.k.) mos kelishi shu ma’noda inson rivoji imkoniyatlariga bog‘liq. Albatta, inson faqat non bilan tirik emas. Inson taraqqiyotini hayot darajasigina emas, hayot sifati ham belgilaydi. Hayot sifati esa inson yashaydigan, mehnat qiladigan va bo‘sh vaqtini o‘tkazadigan sohalarda shakllanadi. Ijtimoiy infrastruktura inson hayotida kuchli ta’sirga ega. Sog‘liqni saqlash shunday sohalardan biridir. Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab prezidentimiz tashabbusi bilan «Sog‘lom avlod uchun» umumhalq harakati boshlangan edi. Sog‘lom va barkamol avlod uchun kurash mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va o‘zining natijalarini bera boshladi. “O‘zbekistonda aholining eng ko‘p ta’minlangan 10 foizi va eng kam ta’minlangan 10 foiz qatlami daromadlari o‘rtasidagi tafovut 2012 yilda atigi 8,0 barobarni tashkil etganini alohida ta’kidlashni istardim. Bu jahondagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, mamlakatimizda jamiyatning keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida olib borilayotgan ijtimoiy siyosatimizning samarasi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi”3. Insonning jamiyatga foyda keltirishi ko‘p jixatdan uning hayoti qanday ta’minlanganligiga bog‘liq. Dastavval, har bir oila o‘z turar joyiga ega bo‘lishi kerak. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qishloq joylarni gazlashtirish kabi murakkab muammolarning hal qilib borilishi ham insonga munosib hayotni ta’minlashga qaratilgandir. Narhlarni erkinlashtirish, savdo tizimi va maishiy hizmat sohasining bir maromda hususiylashtirib borilishi ham inson manfaatlariga zid kelmaydigan tarzda amalga oshirilishi lozim. Iste’mol mollarining ko‘pini o‘zimizda etishtirishni ta’minlash uchun mahalliy ishbilarmonlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, qishloq joylarda savdo shahobchalari va maishiy hizmat muassalarini ko‘plab barpo etish ana shu maqsadlarga olib boradigan yo‘ldir. O‘zbekistonda hususiylashtirish jarayonlarining borishi va ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarining mulkchilik shakllari bo‘yicha tarkibi, iste’mol mollarini ishlab chiqarish sohasidagi o‘zgarishlarlar ana shunday yo‘nalishga ega. hozirgi zamonda aholini ijtimoiy himoya qilishning qator modellari mavjud. Ulardan biri Skandinaviya mamlakatlarida (Finëyandiya, SHvetsiya) qo‘ëlaniëayotgan sotsial-demokratik model bo‘lib, bunday modelga ko‘ra davlat ijtimoiy himoyaning barcha mas’uëiyatini o‘z zimmasiga oladi. Download 215.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling