Ijtimoiy siyosat deganda:
davlatning jamiyatdagi ijtimoiy muammolarning hal qilinishiga bo‘lgan munosabati;
ijtimoiy infratuzilmalar samarali va bir maromda amal qilishini ta’minlashga qaratilgan kundalik davlat faoliyati;
ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni bajarilishini ta’minlanishidagi strategiya va taktik yondashuv nazarda tutiladi.
“Ijtimoiy himoya” tushunchasi(Keng ma’noda): aholining barcha qatlamlariga (kasbiy, tarmoq, mintaqaviy va boshqa belgilari bo‘yicha) nisbatan qo‘llaniladigan hamda ijtimoiy xatar (risk) yuz berganda moddiy va boshqa yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar (masalan, davlat xizmatchilarini ijtimoiy himoyalash, ekologik halokat zonasida istiqomat qiluvchilarni ijtimoiy himoyalash va boshqalar) yig‘indisidan iborat.
Tor ma’noda: ijtimoiy zaif qatlamlarga (qariyalar, nogironlar, ko‘p bolalilar va boshqalarni) moddiy himoyalashni ko‘zda tutadi.
Ijtimoiy siyosatning xususiyatlari
Ijtimoiy siyosatni o‘tkazishda davlatning boshqarish funksiyasi
Ijtimoiy islohotlarni bosqichma-bosqichligi
Aholining yashash darajasini keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik
Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari mahallalar orqali aholiga aniq ijtimoiy yordam ko‘rsatish
Ijtimoiy islohotlarning iqtisodiy va huquqiy asoslarini yaratish
Ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari
Aholining iqtisodiy aktivligini qo‘llab-quvvatlash
Mahsulot, xizmat va uy-joyning kuchli ichki iste’mol bozorini shakllantirish
Aholini to‘lov talablarini keng miqdorda qondirish va uning o‘sishini ta’minlash
Aholining daromad va mulkka egalik darajasini keskin tabaqalashuvini oldini olish
Ijtimoiy hizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatni ta’minlash
Do'stlaringiz bilan baham: |