Reja: O’zbekiston ijtimoiy xayotidagi o’zgarishlar
Оила муҳитида эркин фуқаро шахсини шакллантириш
Download 215.2 Kb.
|
DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI
Оила муҳитида эркин фуқаро шахсини шакллантириш
Demokratik jamiyat qurishning muhim tamoyillaridan biri erkin fuqaro shahsini shakllantirish bilan bog‘liqdir. Erkinlik esa oiladagi ijtimoiy tarbiya yo‘nalishining mahsulidir. Ana shu jarayon halqimizning turmush tarzi, demografik holatiga ham bog‘liqdir. Bu boradagi muhim muammo - O‘zbek oilalarining ko‘p farzandliligidir. CHunki aholining ko‘payib borishida, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida oiladagi serfarzandlik muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda nikohdan o‘tish, oila qurish hollarining yuqoriligi ham oila sonining ko‘payishiga, bu esa, o‘z navbatida, tug‘ilishning o‘sishiga bog‘liq. 1960 yilda respublika bo‘yicha oila a’zolarining o‘rtacha soni 4,7 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 1992 yilda-5,5, 1994 yilda 5,4 kishini tashkil etdi.13 2000 yil ma’lumotlariga ko‘ra esa, oila a’zolarining o‘rtacha soni 5,2 kishidan iboratdir. Mamlakatimizda 1998 yilning “Oila yili” deb e’lon qilinishi va shu munosabat bilan oila manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni amaliyotga tatbiq etilishi, respublikamizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, demokratik qadriyatlarning shakllanishida muhim o‘ringa ega bo‘lmoqda. Mustaqillik yillarida oila masalalarini ilmiy-amaliy o‘rganishda milliy va diniy qadriyatlarimizning ahamiyatiga katta e’tibor berilishi esa bu boradagi katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Bu imkoniyat oila a’zolari ma’naviyatini yuksaltirishga, ularning huquqiy va tibbiy ongini shakllantirishga, sog‘lom turmush tarzini yaratishga hizmat qilmoqda. Ayniqsa, yoshlarimizda oilaviy hayotga bo‘lgan hurmat oshmoqda. Ayollarning ijtimoiy hayotdagi maqomini oshirishga qaratilgan barcha imkoniyat va sa’y-harakatlarni birlashtirish, ularni turmush sharoitlarini yahshilash orqali jamiyatning yangilanishida ayollar ishtirokini kuchaytirish uchun sharoit yaratish ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ma’lumki, mamlakatimizda I.A.Karimov tashabbusi bilan 1999 yilni “Ayollar yili” deb e’lon qilingan edi. Ayollar yili munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida, bozor iqtisodiyotini shakllantirish hamda jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlashda ayollarning maqomi, o‘rnini mastahkamlashga qaratildi. Download 215.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling