Reja: O’zbekiston ijtimoiy xayotidagi o’zgarishlar
Оила - меҳр-мурувват туйғусини шакллантириш ўчоғи
Download 215.2 Kb.
|
DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA KUCHLI IJTIMOIY HIMOYA VA ADOLAT TAMOYILLARI
Оила - меҳр-мурувват туйғусини шакллантириш ўчоғи
martabaga ko‘taradigan mehr-muruvvat va madaniyat o‘chog‘i ham hisoblanadi. Mohiyat e’tiboriga ko‘ra esa, oila ikki jinsga mansub insonlarning ya’ni, erkak va ayolning o‘zaro hamjixatlikda yashay boshlashi, muhabbati, bir-birlarini anglagan holda turmush kechirishi va ko‘payish istagining, jamiyatni to‘ldirish, avlodlarni muntazam yangilab turish, eng muhimi, “uni ham iqtisodiy, ham ma’naviy – ahloqiy jixatdan mukammallashtirish yo‘lida birgalikda qiladigan harakatining hosilasidir”.11 Oilaning mustahkamligi jamiyat va davlat barqarorligi bilan mantiqiy uyg‘un hodisa sanaladi. Halqimizning uzoq yillik, murakkab tarihiy-madaniy tajribasi mobaynida yuz bergan voqea-hodisalar mohiyatini jamiyatning ilk bo‘g‘ini bo‘lgan oiladan izlash tendensiyasini ko‘plab mutafakkirlarimiz asarlarida uchratamiz. Millatimiz boshiga tushgan achchiq qismat dastavval oila tarbiyasidagi kamchillik oqibati ekanini ma’rifat ahillari yahshi anglashgan. Bundan halos bo‘lishda oila tarbiyasi hal kiluvchi ahamiyat kasb etadi, deb umid qilishgan. Fitratning “Oila yoki oilani boshqarish tartiblari” asarida bu haqda ibratli mulohazalar ilgari suriladi. “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu halqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq, - deb yozadi u – tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. qaerda oila mustaqilligi kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi”. Bu muddao amalida, tabiiyki, oila boshlig‘ining ibrati alohida o‘rin tutadi. Oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat va oqibat omillari sog‘lom muhitni yaratadi. Zero, sog‘lom tarbiya oila a’zolari o‘rtasida yakdillik, maqsadlar birligini yuzaga keltiradi. Aks holda esa ichdan emirilish, ma’naviy inqiroz holatlari yuz beradi, bu esa har qanday tashqi ziyonlardan ko‘ra talofatliroqdir. Fitrat oilani millat manfaatiga hizmat qiluvchi, shu ruhni tarbiyalovchi beshik ekanligini alohida ta’kidlaydi. Oiladagi ijtimoiy foydali tarbiya esa jamiyatni mustahkamlovchi omil bo‘lib, uning uyg‘oqligi, harakatchanligi, ma’rifiy komilligiga taqalishini ta’kidlaydi. “qaysi millatning umumiy sa’y – harakati va amali ko‘p bo‘lsa, kuch – qudrat va izzati ham shuncha salmoqli va buyuk bo‘ladi”, deydi u va yurtdoshlarini shunga da’vat etadi. Tabiiyki, o‘sha davrda hamma ham buni anglab etmagan, bu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatadigan fidoiylarga yo‘l berilmagan, istibdod siyosati esa milliy yakdillikning barcha ko‘rinishlari rivojiga monelik kilgan. SHu boisdan ham Fitrat Vatanu mamlakatni dildan sevuvchi, uning sha’ni sharafini himoya kiluvchi fidoiy farzandlarni ko‘plab tarbiyalab voyaga etkazish lozim, degan fikrni asoslab beradi. Fitrat jamiyat a’zolarining fidoiyligi va ongliligi milliy taraqqiyotga, el-yurt obodligiga olib kelishiga ishongan. Fitrat XX asr boshlarida odamlarni Turkistonda amal qilgan tarqoqlik, hurofot va aqidalarni, mutelik va parokandalikni inkor etuvchi, jamiyatni sog‘lomlantiruvchi kuchga ega bo‘lgan oilaga yangicha bir ko‘z bilan karashga undaydi. Ota-onaning birlamchi vazifasi-farzandini jamiyatga nafi tegadigan qilib hayotga tayyorlash, uni ongli va hushyor shahs qilib jamiyatga qo‘shishdan iborat, “Halqning harakat qilishi, davlatdmand bo‘lishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib ho‘rlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, bahtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lishi – bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan tarbiyaga bog‘liq”, deb biladi u.12 Download 215.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling