Reja: O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlar haqida


Download 68.36 Kb.
bet13/21
Sana08.05.2023
Hajmi68.36 Kb.
#1444632
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
TUSHUNTIRISH XATI

Ish qog‘ozlarining bu turi, odatda, xizmat sohasida, ish joyida yuz bergan kamchiliklar yoki o‘qish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim vazifa va topshiriqlarning bajarilmay qolish sabablarini bayon etish, izohlash maqsadida yoziladigan rasmiy hujjatdir. Tushuntirish xati korxona, muassasa, tashkilot rahbari yoki boshqa mutasaddi kishilar nomiga yo‘llanadi. Bu hujjat korxonalararo yozishma tarzida bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatlarda tushuntirish xati buyurtmachi va ijrochi tashkilotlar, quyi va yuqori idoralar faoliyatiga doir masala, hisobot, reja, loyiha, jadval va boshqa shu kabi asosiy hujjatlarga ilova qilinadi.


Tushuntirish xati ham ko‘proq shaxsiy mazmunga ega bo‘lib, odatda rahbar yoki mutasaddi shaxs nomiga yoziladi va unda sodir etilgan xatti–harakatlar, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik holatlari, bajarilmay qolgan ish, topshiriq yoki vazifalar, ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi. Shaxsiy mazmundagi tushuntirish xatining zaruriy qismlari:
– hujjat yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarning lavozimi, familiyasi, ismi;
– tushuntirish xatini yozayotgan kishining ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
– hujjat nomi – tushuntirish xati;
– matn (unda yuz bergan voqea–hodisa, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik, kamchilik, nuqson, uni keltirib chiqargan sabablar hamda unga munosabat bayon etiladi);
– tushuntirish xatini yozgan shaxsning imzosi, familiyasi, ismi va yozilgan sana.
NAMUNA
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat
universiteti filologiya fakulteti dekani
dotsent J.Eltazarovga
shu fakultet o‘zbek filologiyasi bo‘limi
IV kurs talabasi Eshonqulova
Charosning
TUSHUNTIRISH XATI

2007-yil 23-mart kuni ertalab soat sakkiz yarimlarda fakultet qiroatxonasida dugonam Turdiyeva Sitora bilan malakaviy–bitiruv ishimizning xulosa qismini qanday yakunlash to‘g‘risida suhbatlashib o‘tirgan edik. Shu payt qattiq shamol tufayli qiroatxonaning ikkita derazasi birdaniga ochilib ketdi va deraza raxiga gullar ekib terib qo‘ylgan tuvaklardan uchtasi polga qulab tushib, sindi. Biz gullar va gultuvaklarning siniqlarini yig‘ishtirib oldik. Gultuvaklarning sinishida hech kim aybdor emas.


2007.27.03. imzo Eshonqulova Ch.



Download 68.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling