Reja: O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi


Atom massa. Nisbiy atom massa


Download 202.82 Kb.
bet5/12
Sana21.04.2023
Hajmi202.82 Kb.
#1375567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Atom massa. Nisbiy atom massa. Atomlar nihoyatda kichik zarracha bo’lgani uchun, ularni odatdagi eng sezgir tarozilar bilan ham o’lchab bo’lmaydi. Shuning uchun dastlab atomlarning og’irliklari bir-biriga solishtirib ularning nisbiy massalari aniqlangan. Ular dastlab vodorod, keyinchalik kislorod birligida, 1961 yildan uglerod birligida ifodalangan.
Hozirgi paytda uglerod-12 izotopi masasininig 1/12 ulushi massaning atom birligi (m.a.b.) qilib olingan. Boshqacha qilib aytganda uglerod atomining 12 ta massasi bir-biriga teng «sharcha»lardan iborat hisoblanib, ulardan bittasi 1(m.a.b.) o’lchov birligi – etalon qilib qabul qilingan shunga muvofiq: atom massasining atom birligida ifodalangan og’irligi uning nisbiy massasi deb ataladi. Masalan, magniyning nisbiy atom massasi 24 m.a.b. ga teng degani, bu uning uglerod-12 atomi massasining 1/12 ulushi –1 m.a.b.dan 24 marta katta (og’ir) ekanligini anglatadi.
Absolyut atom massa. Keyingi paytlarda tortish texnikasini takomillanishi bilan atomlar qanchalik mayda bo’lmasin ularning haqiqiy (absolyut) massalarini o’lchash imkoniyati yaratildi.
Atomning absolyut massasi halqaro birlik kilogrammlarda ifodalandi.
Allotropiya xodisasi- bitta element atomi bir bechta oddiy moddalar hosil qilishiga aytiladi. Kislorodning 2 ta allotropik shakl o’zgarishi mavjud: O2 (kislorod) va O3 (ozon)lardir. Fosfor elementining 3 ta allotropik shakl o’zgarishi mavjud bular oq, qora va qizil fosforlardir. Uglerodning allotropik shakl o’zgarishlari quyidagilar: olmos, grafit va karbin hisoblanadi.

4. Kimyoning stexiometrik qonunlari


Moddalar masasining saqlanish qonuni: M. V. Lomonosov reaksiya uchun olingan modda va reaksiya natijasida hosil bo’lgan mahsulotlarning og’irligini o’lchash yo’li bilan kimyoviy reaksiyalarning borishini o’rgandi. Natijada u massaning saqlanish qonunini kashf etdi.
Reaksiyaga kirishayotgan moddalarning massasi reaksiya natijasida hosil bo’ladigan moddalarning massasiga teng bo’ladi. Lomonosov bu qonunini birinchi marta 1748 yilda ta’rifladi, 1756 yilda metallarni og’zi kavsharlab berkitilgan idishlarda qizdirish yo’li bilan bu qonunni to’g’riligini tajribada isbotladi.
1789 yilda moddalar massasining saqlanish qonuni fransuz kimyogari Lavuazye tomonidan kashf etildi (Lomonosov ishidan bexabar holda). Lavuazye kimyoviy reaksiyalarda moddalarning umumiy massalaridan tashqari o’zaro ta’sir qiluvchi moddalar tarkibiga kiruvchi elementlarning massalari ham saqlanib qolishini ko’rsatadi.
1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning energiyasi (E) orasida bog’lanish borligini ko’rsatadi va bu bog’lanishni quyidagi tenglama bilan ifodalaydi:

Download 202.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling