Reja: O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi


Download 202.82 Kb.
bet12/12
Sana21.04.2023
Hajmi202.82 Kb.
#1375567
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Uum=Uor+Uind+Udisp
Orientatsion kuch faqat qutbli zarrachalar orasida bo’ladi. Qutbli molekulalar o’zaro yaqinlashganida ularning bir hil ishorali qutblari birbiridan qochadi, qarama-qarshi ishorali qutblar esa bir-biriga tortiladi. Natijada bunday molekulalar fazoda ma’lum tartibda joylashadi. Orientatsion kuch energiyasi ayni moddaning qutblanuvchanligiga va molekulalararo masofaga teskari proporsional bo’lib, harorat ko’tarilganida orientatsion kuch kamayadi, haroratning ko’tarilishi zarrachalarning tartibsiz harakatini kuchaytirib, qutbli zarrachalarning o’zaro batartib yo’nalgan holatini o’zgartirib yuboradi. Keezom oddiy orientatsion kuch energiyasini hisoblash uchun quyidagi formulani taklif qildi:

bu erda: μ – dipol moment. Uor – orientatsion ta’sir energiyasi,
r – dipollarning markazlararo masofasi, N – Avogadro soni, R – universal gaz doimiysi, T – absolyut harorat.
Orientatsion ta’sir energiyasi katta dipol momentli moddalar (masalan, suv, ammiak) orasida kuchli namoyon bo’lib, ba’zi modda (masalan, uglerod (CO-oksid) orasida (chunki uning dipol momenti kichik) kuchsizdir.
Induksion kuchlar qutbli va qutbsiz zarrachalar orasida vujudga keladi. Qutbsiz molekula yaqiniga qutbli molekula kelganida qutbsiz zarracha qutblanadi. Uning qutbli zarrachaga yaqin qismida qarama-qarshi ishorali, uzoq qismida esa bir hil ishorali zaryadlar hosil bo’ladi. Natijada qutbsiz molekula induksion dipolga ega bo’lgan zarrachaga aylanadi. Ikkita qutbli molekula orasida ham induksion ta’sir vujudga kelishi mumkin, chunki ular bir-biriga yaqinlashganda o’zaro induksiya-lanish tufayli ularning qutbliligi ortadi. Qutbliligi o’zaro teng bo’lgan ikki zarracha orasida vujudga keladigan induksion ta’sir energiyasi Debay taklif etgan quyidagi formula bilan hisoblanadi:

bu erda: α – molekula elektron qobig’ining qutblanuvchanligi (deformatsiyalanuvchiligi), r — masofa, μ — dipol momenti; Uikd – induksion ta’sir energiyasi.
Induksion ta’sir energiyasi orientatsion ta’sir energiyasidan deyarli 10–20 marta kichik. Yuqoridagi formulaga muvofiq induksion ta’sir energiyasi haroratga bog’liq bo’lmasligi kerak, bu formulada ikkinchi molekula izotop deb faraz qilingan.
Molekulalararo kuchlar kimyoda katta ahamiyatga ega, chunki moddalarning fizik xossalari (suyuqlanish harorati, eruvchanligi, qattiqligi, issiqdan kengayish koeffitsientlari, pishiqligi, moddalarni o’zida eritish qobiliyati va hokazolar ayni shu kuchlarga bog’liq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‛YXATI


  1. Francis A. Carey. Organic chemistry, University of Virginia, fourth edition- 2012 (darslik)

  2. Anatol Malijevskґy.Physical chemistry inbrie., 2005(darslik)

  3. A. Abdusamatov “Organik kimyo” Toshkent – 2005(darslik)

  4. A. Abdusamatov, S. Zakirov, R.Ziyayev “Fizik va kolloid kimyo” Toshkent -2013. (darslik)

Download 202.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling