Reja: O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi


Atom molekulyar ta’limot. Kimyo fanining asosiy tushunchalari


Download 202.82 Kb.
bet4/12
Sana21.04.2023
Hajmi202.82 Kb.
#1375567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3. Atom molekulyar ta’limot. Kimyo fanining asosiy tushunchalari
Dastlab, moddalar ko’zga ko’rinmaydigan zarrachalardan iborat degan tasavvurlar qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan edi. Eramizdan ilgari V asrda yaratilgan bu atom gipotezasi rivojlanmasdan qolib ketdi. Undan yigirma asr o’tgach, ya’ni XVI asrning boshida fransuz olimi, fizik, matematik va filosof P. Gassendi tarixda unutib yuborilgan atom tushunchasini yana fanga kiritdi. P.Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning hillari ko’p emas, degan fikrni maydonga tashladi. Ammo atom-molekulyar nazariya yana rivojlanmaganicha qolib ketdi.
Ilmiy asoslangan atom-molekulyar ta’limot ancha keyin XVIII-XIX asrlardagina yaratildi. Bu ta’limotni 1741 yilda M.V.Lomonosov yaratdi va uning asoslarini «Matematik kimyo elementlari» degan asarida bayon etdi.
M.V.Lomonosov tomonidan yaratilgan korpuskulyar nazariyaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  1. barcha moddalar «korpuskula»lardan iborat bo’lib, ular birbirlaridan oraliq, ya’ni fazo bilan ajralgandir (Lomonosovning

«korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma’nosiga ega).

  1. «korpuskula»lar to’xtovsiz harakatda bo’ladi;

  2. «korpuskula»lar «element»lardan tashkil topgan (Lomonosovning

«element» tushunchasi hozirgi «atom» ma’nosiga ega). «Elementlar» ham to’xtovsiz harakatda bo’ladi;

  1. «element»lar aniq massa va o’lchamga ega;

  2. oddiy moddalarning «korpuskulalari» bir hil «element»lardan murakkab moddalarning «korpuskulalari» turli «element»lardan tuzilgan.

Materiyaning tuzilishi, moddalarning xossalari va kimyoviy o’zgarishlarning tabiati haqidagi hozirgi zamon tasavvurlarimiz atommolekulyar ta’limotga asoslanadi.
Atom-molekulyar ta’limot asosida moddalarning diskretligi prinsipi yotadi, ya’ni moddalar yaxlit bo’lmasdan, balki mayda zarrachalardan tarkib topgan.
Yadro zaryadi bir hil, atom massasi va neytronlar soni har hil, bo’lgan atomlar izotoplar deb ataladi. Z- yadro zaryadi(Atom no’meri), A- atom massasi.
Masalan: vodorodni 3 ta izotopi (1H,2H,3H), xlorni 2 ta izotopi (35C1, 37C1), simobni 7 ta izotopi tabiatda uchraydi. Hozirgi kunda izotoplarninig soni, ayrim ma’lumotlarga qaraganda 2000 dan ortiq, 400 ga yaqini tabiatda uchraydi, qolganlari sun’iy hosil qilingan.
Elementlarning tartib raqami va atom massasi aniq bo’lsa uning ayni izotopidagi neytronlar soni quyidagicha hisoblab chiqiladi.
N=A-Z - neytronlar soni
Z - protonlar soni (tartib raqami)
A- atomning nisbiy massasi (atomning massa soni)
Masalan: xlor 37 izotopdagi neytronlar soni
N =37-17=20 ga teng bo’ladi. Keyingi paytda chiqqan adabiyotlarda izotop o’rnida nuklid so’zi ishlatilmoqda.
Nuklidlar – bu yadrosida ma’lum sonda Z va N saqlaydigan atomlar.
Masalan, kislorod-18 izotopida protonlar soni 8 ta, neytronlar soni
N=18-8=10 ta
Ko’pchilik elementlarning bunday izotoplari (nuklidlarni) nechta bo’lishidan qat’iy nazar bir hil kimyoviy xossaga ega bo’ladi. Shunday atomlar borki, qaysiki ularning yadro zaryadi har hil, lekin atom massasi bir hil bo’ladi. Bunday atomlar izobarlar deb ataladi. Masalan: K-40, Ca-40, Ar-40. Ular har hil element atomlari bo’lgani uchun kimyoviy xossalari bilan tamoman bir-biridan farq qiladi.

Download 202.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling