Reja: O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi
Avogadro qonuni. Atom va molekula, ularning o’lchamlari
Download 202.82 Kb.
|
Avogadro qonuni. Atom va molekula, ularning o’lchamlari. Italyan fizigi Avogadro (1776-1856) moddaning eng kichik zarrachalari molekulalar, elementlarning eng kichik zarrachalari esa atomlar degan fikrni aytdi. Uning ta’limotiga ko’ra oddiy moddalarning molekulalari bir element atomlaridan, murakkab moddalarning molekulalari turli elementlarning atomlaridan tuziladi. Bu bilan Avogadro Lomonosovning moddalarning tuzilishi haqidagi ta’limotni quvvatladi va 1811 yilda quyidagi qonunini kashf etdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi.
Bir hil harorat va bir hil bosimda olingan teng hajmdagi har qanday gazlarning molekulalari soni teng bo’ladi. Berselius va uning tarafdorlari Avogadro topgan qonuniyatni e’tirof etmadilar. 1840 yildagi kimyogarlar xalqaro s’ezdidan keyin bu gipoteza Avogadro qonuni deb tan olindi, molekula va atomga quyidagi ta’rifni berdilar. Molekula moddaning mustaqil mavjud bo’la oladigan va moddaning kimyoviy xossalariga ega bo’lgan eng kichik zarrachasidir. Atom elementning kimyoviy xossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarrachasidir. Har bir elementning barcha atomlari bir hil xossalarga egadir. Bir elementning atomlari o’zaro birikkanda oddiy modda hosil bo’ladi. Masalan: H2, N2, O2, Cl2. Demak, oddiy modda bo’lgan vodorod ikkita vodorod atomlaridan tuzilgan. Turli element atomlarining birikishidan murakkab modda hosil bo’ladi, masalan suv H2O modda vodorod bilan kislorod atomlaridan iborat, shakar C12H22O11 esa uglerod, vodorod va kislorod atomlaridan iboratdir. Atom va molekulalar nihoyatda mayda zarrachalardir. Atom va molekulalarni kichik doira shaklidagi zarrachalar deb hisoblasak, ularning radiusi santimetrning yuz milliondan bir ulushlari bilan, ya’ni Ǻ (angstremlar) bilan ifodalanadi. (1Ǻ = 10-8 sm = 10-10 m). Alyuminiy atomining radiusi 1,43Ǻ ga, oltin atomining radiusi 1,44 Ǻ ga, temir atomining radiusi esa 1,27Ǻ ga tengdir. Download 202.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling