Reja: pisa dasturi va vazifalari


«Faqat xotirani sinash usulidan voz kechishimiz kerak»


Download 124.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana18.06.2023
Hajmi124.11 Kb.
#1590108
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
M ISH PISA tadqiqotda

«Faqat xotirani sinash usulidan voz kechishimiz kerak» 
– O‘zbekiston ta'lim tizimi ko‘p yillar davomida bolalar xotirasini 
sinashga urg‘u berib kelgan, PISA esa buning butunlay teskarisi: olingan 
bilimning amaliyotda qay darajada qo‘llay olinishini tekshiradi. Bu – 
muammo bo‘lishi mumkin. Biroq biz ko‘p yillar davomida yodlashga 
o‘rganib kelgan bolalarga: «Bugundan yodlashdan to‘xtanglar, endi ijodiy 
fikrlashingiz kerak yoki bilimingizni hayotiy vaziyatda sinashingiz 
kerak», 
deb 
birdaniga 
ayta 
olmaymiz. 
Biroq 
bu 
kabi 
o‘zgarishlarga bosqichma-bosqich o‘tib borishimiz zarur.Masalan, xuddi 
shu masalada Singapur davlatida «Agar biz bolalarimizga yodlashni 
o‘rgatsak, ular xuddi biz o‘rgangan narsani o‘rganadi, agar fikrlashni 
o‘rgatsak, ko‘proq narsa o‘rganishadi», degan qarash bor. Ayni paytda 
O‘zbekistonda o‘quvchining kompetensiyasini baholaydigan tizim 
shakllanib bo‘lgani yo‘q. Real vaziyatda testlar ham o‘quv dasturidagi 
mavjud ma'lumotdan foydalanib tuzishga asoslangan. 


Tilovova Baxtigul 100-22-guruh 
Lekin endi bundan asta-sekinlik bilan voz kechishimiz kerak. Xotirani 
emas, ularning haqiqiy bilimini sinovdan o‘tkazish usulini topishimiz 
kerak. 
 
«Milliy baza yaratadigan mutaxassislar yo‘q» 
– PISA dasturining ochiq ma'lumotlar bazasida foydalanish mumkin 
bo‘lgan savollar mavjud. Ularni tayyorgarlik jarayonida o‘zbek tiliga 
chop etib foydalanib kelyapmiz.Biroq bu bazadagi savollar ham 
cheklanmagan emas. O‘quvchining mantiqiy va ijodiy ko‘nikmasini 
baholaydigan milliy testlar bazasini tuzish ham foydadan xoli bo‘lmaydi
Biroq ayni paytda O‘zbekistonda bu vazifani bajaradigan 
mutaxassislar – testologlar yo‘q. Testologiya bo‘yicha mutaxassis ham 
tayyorlanmaydi. Biroq turli seminar va davra suhbatlari o‘tkazish 
jarayonida savollar tuzishga qiziqadigan va PISA dasturi savollarini 
tuzishda bazaviy ma'lumotlarni biladigan o‘qituvchilar mavjud. Ular bilan 
birgalikda ishlab kelmoqdamiz. Biroq agar biz PISA dasturida doimiy 
ishtirok etishni va yaxshi natijaga erishishni xohlasak, keng qamrovli 
islohot qilishimiz zarur. Testologlar tayyorlaydigan alohida tizim ishlab 
chiqish zarur bo‘ladi. 

Download 124.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling