Reja: pisa dasturi va vazifalari
hayotiy vaziyatlarda qay darajada ishlata olishi tekshiriladi
Download 124.11 Kb. Pdf ko'rish
|
M ISH PISA tadqiqotda
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonning PISA dasturidagi ishtiroki uchun budjet va xalqaro tashkilotlardan mablag‘ ajratilmoqda
- PISA dasturi
hayotiy vaziyatlarda qay darajada ishlata olishi tekshiriladi. Bundan
tashqari, 2021 yilgi dasturda kreativ fikrlash ko‘nikmasi ham alohida yo‘nalish sifatida baholanadi. PISA unga qatnashayotgan davlatlarga nimani isbotladi? – PISA dasturida ilk marta qatnashguncha Germaniya o‘z ta'lim tizimini ilg‘or va kamchiligi yo‘q, deya baholab kelgan. Biroq bu davlat uchun natija kutilganday bo‘lmagandan so‘ng xatolar tahlil qilina boshlangan. O‘shanda Germaniya ta'lim tizimining nisbatan yopiqligi, tajriba almashish dasturlariga yetarli e'tibor qaratilmayotgani ma'lum bo‘lgan. Shundan so‘ng Germaniyada ta'lim bilan bog‘liq butun tizim qaytadan ko‘rib chiqilgan va alohida «PISA-shock» nomli dastur ishlab chiqilgan. Oradan 9 yil o‘tgandan so‘nggina Germaniya PISA reytingida yuqorilay boshlaydi. Bugun ta'lim tizimi dunyo bo‘yicha eng oldingi ko‘rsatkichlarni band qiladigan Finlandiyaning ham dastavval PISA`da natijalari juda yaxshi chiqmagan. Shundan so‘ng Finlandiya faqat ko‘rsatkichi yuqori maktablarga va o‘quvchilariga emas, balki markazdan uzoqda joylashgan ta'lim muassasalariga ham alohida e'tibor berishni boshlagan. Yaponiya esa 2006 yilda PISA dasturida birinchi marta qatnashganida ta'lim tizimida O‘zbekistonnikiga o‘xshash tarzda Tilovova Baxtigul 100-22-guruh bolalardan, asosan, o‘quv dasturida berilgan ma'lumotni yaxshi o‘zlashtirishga ko‘p e'tibor qaratayotgani ma'lum bo‘lgan. O‘shanda Yaponiya o‘quvchilari fikrlashga va o‘ylashga majbur qiladigan savollarga javob topishda qiynalayotgani kuzatilgan. Va mana shu kamchilikni to‘g‘rilashga harakat qilingan. O‘zbekistonning PISA dasturidagi ishtiroki uchun budjet va xalqaro tashkilotlardan mablag‘ ajratilmoqda – O‘zbekiston PISAda birinchi marta ishtirok etayotgani uchun ham davlat budjetidan, ham xalqaro moliyalashtirish institutlaridan mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Masalan, davlat budjetidan alohida markaz tashkil etilgan bo‘lib, unda ishlayotgan xodimlar va boshqa xarajatlar davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bu yiliga taxminan 3 milliard so‘mni tashkil qiladi. Aslida ham, PISA sinovida ishtirok etish – yirik moliyaviy xarajat talab qiladigan narsa. Uning bitta davriyligida qatnashish uchun 654 ming yevro to‘lash talab etiladi. Bundan tashqari, tajriba o‘rganish, treninglarda ishtirok etish va ularni tashkil qilish, o‘quv qo‘llanmalar yaratish kabi tayyorgarlik ishlari ham talab etiladi. Bu taraflama yordam berish uchun Jahon banki tomonidan «Erta bolalikdagi rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash» nomli yangi loyiha qabul qilindi. Asosiy koordinatori Maktabgacha ta'lim vazirligi bo‘lgan mazkur loyihada PISA dasturida ishtirok etish uchun ham mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. PISA dasturi biz uchun butunlay yangilik bo‘lgani uchun, targ‘ibot va tayyorgarlik ishlari ham oson bo‘lmayapti. Ayni paytda respublika bo‘yicha 15 yoshli o‘quvchilar soni Tilovova Baxtigul 100-22-guruh taxminan 600 ming nafarni tashkil etadi. Dastur bo‘yicha o‘qituvchilarda ham savollar ko‘p: nega biz unda ishtirok etishimiz kerak, bizga dastur nima beradi, ta'lim tizimimizda o‘zgarish bo‘lishiga sabab bo‘ladimi va hokazo. Ularga turli seminarlar va turli maxsus to‘plamlar orqali javob berishga harakat qilib kelyapmiz. Eng ko‘p duch kelayotgan savollarimizdan biri PISA dasturi Download 124.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling