Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi va uning elementlari.
Reja:
Pul tizimi va uning mazmuni.
Pul tizimining shakllari va ularning evolyutsiyasi: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi.
Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish
prinsiplari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Pul tizimining mazmun mohiyati va elementlari
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining
rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi,
shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul
muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan
pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy
holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb
etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli
bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga
solinadi.
Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
pul tizimini tashkil etish tamoyillari;
pul birligi;
baho masshtabi;
pulning turlari;
pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
ta’minlanganlik asoslari;
pul muomalasini tartibga solishning usullari;
mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |