Reja: Qadimgi Grek-Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi, uning Misr-Bobil, Hind falsafasi ildizlari bilan bog’liqligi 2
Rene Dekart ratsionalizmi parchalar
Download 170 Kb.
|
1.3-mavzu uchun ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jyulen Ofre de Lametri
- Pol Genrix Ditrix Golbax
Rene Dekart ratsionalizmi parchalar:
R.Dekart haqu haqiqatni kitoblardan emas, hayotdan, aqlu idrokdan qidirgan. Lekin bu faylasuf kitoblar o‘qimagan, falsafiy ta’limotni bilmagan degan fikrga olib kelmaydi. Har kim o‘z aqlicha etuk aql egasidir, undan yuksagini uning aqli qabul qilolmaydi. “Shunchaki aql egasi bo‘lish etarli emas, eng muhimi aqlni ishlata bilishdadir”. Ishlaydigan aql izlanishga, o‘zini o‘zi boyitishga moyildir. Bilishning asosiy metodini R.Dekart: 1. Shubha uyg‘otadigan hech nimani haqiqat deb qabul qilmaslik; 2. O‘rganilayotgan narsani to‘g‘ri anglash uchun qancha zarur bo‘lsa, shuncha bo‘laklarga ajratish; 3. Oddiydan murakkabga borish; 4. Ob’ektning barcha tomonlarini, hech nima e’tibordan xoli qolmaydigan tarzda qamrab olishda ko‘radi. Bu F.Bekonning induksiyasi va empirizmidan farq qiladi; unda shubha, klassifikatsiyalash, deduksiya, sintez ko‘zga tashlanadi. Ming afsuski, faylasuf tajriba, eksperimentni nazarda tutmaydi, natijada bilish intellektual voqelik sifatida qolib ketadi. Illatlarni men tana xastaligini aniqlashdan qiyin bo‘lgan ruh xastaligidir deb atayman. Biz tanamiz sihat-salomatligini yaxshi bilamiz, lekin aqlimiz sog‘ligini hech qachon bilmaymiz. Jyulen Ofre de Lametri (1709-1751) o‘z davrida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Inson – mashina» asarining muallifi. Moddiy dunyo «o‘z holicha mavjud» ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yo‘qligiga ishonchi komil bo‘lgan. Lametri materializmi Epikurning atomistik materializmi, Spinozaning materialistik ta’limoti va Lokk sensualizmi ta’sirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql faoliyati funksiyasi va ko‘rinishi deb hisoblagan hamda Dekartning umrboqiy nomoddiy jon haqidagi g‘oyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan. Pol Genrix Ditrix Golbax (1723-1789) ning «Tabiat tizimi» asari «XVIII asr materializmi va ateizmi kodeksi» degan nom olgan. 1770 yilda nashr etilgan bu asarda muhim ontologik muammolar, chunonchi: materiya, tabiat, harakat, makon, vaqt, sababiyat, tasodif, zaruriyat muammolari bayon etilgan. Golbax uchun tabiat barcha narsalar va hodisalar sababidir, zero u Xudo tufayli emas, o‘zi tufayli mavjud. Tabiat – harakat sababi. Golbax harakatni tabiat mavjudligining zaruriy natijasi sifatida tavsiflaydi. Tabiat deganda u o‘z energiyasi ta’sirida harakat qiluvchi moddalar yig‘indisini tushunadi. Golbax fikriga ko‘ra, barcha jismlar bo‘linmas va o‘zgarmas elementlar – atomlardan tashkil topadi. Materiya tushunchasini u modda tushunchasi bilan ayniylashtiradi. Ayni vaqtda Golbax tabiatda barcha aloqalar va harakatlar zaruriyat bilan belgilanadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, olam bir-biridan uzluksiz kelib chiqadigan sabablar va oqibatlarning uzilmas zanjiridir. Shu sababli Golbax tasodifni tabiatdan ham, ijtimoiy hayotdan ham chiqaradi. U insonni ham zaruriyat quli deb hisoblaydi: u o‘z hayotida bir daqiqa ham erkin emas, uning xatti-harakatlari amalda qanday namoyon bo‘lsa, shunday bo‘lishi mumkin. Bu oldindan belgilanganlik Golbax determinizmining fatalistik xususiyatini belgilaydi. Download 170 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling