Reja: Qishloq xo'jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va uziga xos xususiyatlari


Download 65.49 Kb.
bet2/3
Sana02.12.2020
Hajmi65.49 Kb.
#156934
1   2   3
Bog'liq
asm 6


SFK=; yoki x100;

Bunda: SFK-suvdan foydalanish koeffisienti yoki foizi;

SM-haqiqatda sug’orilgan maydon, ga;

SMM-sug’orilishi mumkin bo’lgan maydoni,ga.

 

Yer fondlaridan foydalanishni ifodalovchi ko’rsatkichlar ikki guruhdan iborat



 

  1. gurux – yerdan foydalanishning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar

2.       gurux – yerdan foydalanish iqtisodiy samaradorligi

1. Guruxga quyidagilar kiradi:

a) yerlarning tarkibi. Jami yer maydonida qishloq xo’jaligi yerlarining salmog’i. Bu ko’rsatkich mavjud yerlarning qayta qismi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga yaroqli ekanligini bildiradi.

b) qishloq xo’jaligi yerlarining tarkibi. Bu ko’rsatkich qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning tarkibini ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligi yaroqli yerlarining tarkibiga haydaladigan yerlar, ayniqsa sug’oriladigan yerlarning salmog’i muhimdir. Chunki sug’oriladigan yerlarning hosildorligi lalmikor yerlarga nisbatan yuqori bo’ladi.

v) yerdan necha marta foydalanilganligi. Masalan, ayrim xo’jaliklarda maydonlardan bir yilda ikki marta foydalanadilar, hatto uch marta foydalanganlar ham bo’ladi.

2 gurux – yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi.

Bundagi ko’rsatkich har bir gektar yerdan olinadigan yalpi mahsulot bilan va har bir gektar yrdan olinadigan foyda bilan aniqlanadi.

Ekinlarning hosildorligi ham yerdan qanchalik samarali foydalanganligini bildiradi.

O’z-o’zidan ma’lumki yerdan ajratmagan holda suv resurslardan foydalanish ayniqsa tejamkorlik bilan foydalanish qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlarning xarajatlarini kamaytirishga va rentabellik yuqori bo’lishiga olib keluvchi omildir. Shu sababli bir metr kub suv hisobga olingan mahsulot miqdori suvdan foydalanishning samaradorligini bildiradi. bu ko’rsatkich natura va qiymat holida hisoblanadi.

 


  1. 3.     Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari

Yerdan va suvdan samarali foydalanish nafaqat Hozirgi kunning hatto kelajakda xam talab qilinadigan dolzarb va zarurat masaladir.

Yer va suvdan foydalanish darajasini va samaradorligini oshirish yo’llari quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi.

a) qishloq xo’jaligi  ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining tatibidan va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish zarur.

Albatta, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan yaxshi foydalanilgan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va aholiningi ehtiyojini inobatga olish kyerak. Lekin shunday bo’lganda, yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho’r bosgan yerlarga kuzgi don ekinlarini joylashtirsak samaradorlikni pasaytiradi. Hozirda O’zbekistondagi jami sug’oriladigan yerlarning 47.8% sho’rlanmagan, 30.8% kam sho’rlangan, 17.2 % o’rtacha sho’rlangan va 4.2% kuchli sho’rlangan yerlardir.

Respublikamizdagi qishloq xo’jalik yerlarinig meliorativ holati bo’yicha ularning 38% yaxshi, 53.4% qoniqarli va 8.2% qoniqarsiz ya’ni meliorativ holati yomon yerlardir.

Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o’tishi umumiy holda yer tranformastiyasi deyiladi.

 Yer transformasiyasi ijobiy va salbiy bo’ladi.

Ijobiy transformasiya – yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga O’tishga imkoni borichayo’l qO’ymaslik lozim. Yer islohotlarini to’g’ri O’tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo’jaliklarga byerilishi kyerak. Shu bilan birga, yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to’g’ri hal etish talab qilinadi.

Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir.

Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ilg’or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq. Masalan, suvdan foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg’ir usulida sug’orishda oddiy bostirib sug’orishdan ancha afzaldir.

O’zbekiston Respublikasida suv resurslari juda cheklangan bo’lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari hududidan keladi. O’zbekistonda 50 daryo bo’lib, shulardan faqat 10 tasigina 150 km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigasiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan omillardan biridir.

Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Masalan, paxta va bug’doyning tezpishar va suvga chidamli navlarini joriy etish shular jumlasidandir. Ekologik muhitni hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi. Qishloq xo’jaligida yaroqli yerlarni suv va shamol yerroziyasidan asrash ham juda muhim tadbirlardan biridir.

Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln gektari suv yerroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv yerroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir etadi.

Yer va suv nafaqat iqtisodiy omil u bir paytning o’zida tabiiy
resurs ham hisolanadi. O’zbekiston Respublikasida yer va suv resurslari
umummilliy boylik hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi
konstitustiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv o’simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir,
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”∗ deb
belgilab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasi uchun yer va suv resurslaridan samarali


foydalanish juda katta siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Tabiiy resurslarning, jumladan yer va suvdan foydalanishning
muhimligi to’g’risida to’xtalib O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.Karimov “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”
asarida “... tabiiy resurslarni qayta tiklash yil sayin tabora
qiyinlashib borayotgan paytda biz bu resurslarga ko’proq ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo’lishimiz zarur. Buning uchun iqtisodiy omillardan
kengroq foydalanishimiz, soliqlar orqali hammani tabiiy va xomashyo
resurslaridan eng ko’p naf tegadigan tarzda foydalanishga o’rgatmog’imiz
kyerak”∗,- deb ta’kidlagan. Yer va suvdan samarali, oqilona foydalanish
kelajak talab qilayotgan zaruratdir. O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi “Yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Farmonida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini barqaror
rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash orqali uning
unumdorligi va hosildorligini oshirish, meliorastiya ishlarini tashkil
qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish vazifalari
aniq-ravshan belgilab byerildi. Ushbu hujjat asosida yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha maxsus davlat dasturi ishlab
chiqildi va amalga oshirilmoqda. Yer va suv resurslaridan foydalanish
darajasi va samarasini oshirish quyidagi yo’nalishlarda amalga
oshiriladi:

-  Eng avvalo, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yer va suv


resurslarining talabi va imkoniyatidan kelib chiqqan holda
joylashtirish lozim. Masalan, suv resurslari cheklangan regionlarda
sholi ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Katta
miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni sho’rlangan yerlarga
joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab bo’ladi. Albatta,
mamlakat oziq – ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan
oqilona foydalangan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab
chiqarish va bunda aholining ehtiyojini unitmaslik talab qilinadi.
Shunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan
ishlab chiqarishni tashkil etish ma’lum salbiy oqibatlaga olib kelishi
mumkin. Masalan, kuchli sho’rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini
joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho’rlanishni yanada
kuchayishiga olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu
holatning uzoq davom etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo’jaligi
maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz holga kelib qolishiga sababchi bo’lishi
mumkin. Chunki kuzgi donli ekinlar ekilgan maydonlarda sho’r yuvish
ishlarini amalga oshirib bo’lmaydi. Ma’lumotlarga qaraganda 2004
yilda Respublikada mavjud qishloq xo’jaligi yerlarining 47,2 foizi
sho’rlanmagan, 17,2 foizi o’rtacha sho’rlangan va 4,2 foizi kuchli sho’rlangan.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi yerlari meliorativ holatiga ko’ra, 38 foizi
 yaxshi, 53,4 foizi qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati
yomon yerlardir. Bu holat yomonlashib ketishining oldini olish kyerak.
Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o’tishi umumiy holda
yer tranformastiyasi deyiladi. Yer transformastiyasi ijobiy (yomon
yerlarning yaxshi yerlar safiga o’tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon
yerlar safiga o’tishi) bo’ladi. Imkon boricha salbiy yer transformastiyasiga
yo’l qo’ymaslik lozim. Yer islohotlarini to’g’ri o’tkazish ham yer va suvdan
foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki
yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo’jaliklarga byerilishi
kyerak. Bu borada yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini
to’g’ri hal etish talab qilinadi. Aks holda yer va suvdan samarali
foydalanib bo’lmaydi.

-  Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning


samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir.

-  Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyalarini buzmasdan


bajarish, meliorastiya va irrigastiya tadbirlarini o’z vaqtida samarali
o’tkazish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish
samaradorligini oshiradigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
• Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko’p jihatdan
ilg’or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq. Masalan,
suvdan foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg’ir usulida
sug’orishda oddiy bostirib sug’orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv
resurslari cheklangan holda bu texnologiyalarning ahamiyati keskin
oshadi. O’zbekiston Respublikasi suv resurslari juda cheklangan bo’lib,
hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida
vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari
hududidan keladi. O’zbekistonda 50 daryo bo’lib, shulardan faqat 10
tasigina 150 km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar
tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana
shu irrigastiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer
resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan
omillardan biridir.

-  Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv


resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga
paxta va bug’doyning tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish
bunga misol bo’la oladi.

-  Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni


rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga
ijobiy ta’sir etadi.

-  Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol yerroziyasidan asrash


ham juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining
2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln. gektari suv yerroziyasiga, shuningdek,
mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari
suv yerroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga
156
sezilarli salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash asosiy
vazifalardan biridir.

-  Yer va suvdan foydalanganlik uchun to’lovlar tizimini


takomillashtirib borish maqsadga muvofiq. Hozirda yer banitetiga qarab
o’rnatilgan soliq yuklamalarini ta’sirini kuchaytirish choralarini
ko’rish, uni doimiy ravishda takomillashtirib borish talab qilinadi.
Yerdan foydalanuvchi uning unumdorligini, banitetini oshirganligi uchun
rag’batlantirilishini yanada ta’sirini kuchaytirish undan foydalanishga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

-  Qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishning ilg’or usullarini


(tomchilatib, yomg’irlatib, qator oralab va x.x.) ishlab chiqarishga joriy etish.

-  Yerdan samarali foydalanish uchun doimiy monitoring tashkil etish


kyerak. Yer monitoringi yerning holatini nazorat qilib turish tizimidir.
Monitoring orqali qimmatli ma’lumotlar olish va tegishli choratadbirlar ko’rish mumkin.

 

Reja:



  1. Qishloq xo`jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi.

  2. Yer fondi va undan oqilona foydalanish.

  3. Yer kadastri va yerning sifatini iqtisodiy baholash.

  4. Qishloq xo`jaligida mehnat resurslari.

Yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi, yer fondi, yer fondidan okilona foydalanish, yer kadastri, yer sifatini iqtisodiy baholash, mehnat resurslari.

Qishloq xo`jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi

Qishloqda agrar siyosatning bosh masalasi, negizi – yerga egalik – mulkchilik masalasidir. Shu boisdan ham qishloqqa doir qabul qilingan farmonlar, “Yer to`g`risida”gi qonunda bu masalalar hisobga olinib, qishloq xo`jaligidagi munosabatlar, yerga egalik munosabatlari aniq belgilab berildi. Bu masala O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham qat`iy qilib yozib qo`yildi. Jumladan, Konstitutsiyada yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi qayd etilgan.

Qishloq xo`jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Yer bo`lmasa dehqonchilik mahsulotlarini ham, chorvachilik mahsulotlarini ham yetishtirib bo`lmaydi. Odam ishlab chiqarish jarayonida tuproqqa, yerga, o`tloqqa, yaylovga va hokazolarga ta`sir qilar ekan, tuproqning unumdorligini oshirish uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi, yer mehnat predmeti sifatida maydonga chiqadi. Shu bilan birga yerning tabiiy xossalari – fizik, mexanik, kimyoviy va biologik xossalaridan foydalaniladi. Shuning uchun yer mehnat quroli sifatida ham, mehnat vositasi sifatida ham maydonga chiqadi. U holda ham, bu harda ham u qishloq xo`jaligidagi ishlab chiqarishning asosiy va hech narsa bilan almashtirib bo`lmaydigan vositasi, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish negizi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositasidan to`g`ri foydalanish tufayli yerning hosildorligi ortadi, bu esa qishloq xo`jaligini yanada yuksaltirishni ta`minlaydi.

Ishlab chiqaruvchi kuch tez rivojlanib borganda barcha eski mashinalar yanada foydaliroq mashinalar bilan almashtirilishi, ya`ni eski mashinalar ishlab chiqarishdan butunlay chiqarib tashlanishi kerak. Yer esa, aksincha, agar unga to`g`ri munosabatda bo`linsa, xamisha yaxshilanib boradi. Yerning unumdorligi kapital, mehnat va fanni qo`llanishi bilan cheksiz darajada ortadi.

Yer fondi va undan oqilona foydalanish

Yerdan ratsional foydalanish butun xalqning va avvalo qishloq xo`jaligidagi barcha xodimlarning eng muhim vazifasidir. Bu vazifa eng kam mehnat va ishlab chiqarish vositalarini sarflagan holda har gektar yerdan ko`proq yuqori sifatli mahsulot olishdan iborat. Mamlakatimizda yer moddiy farovonlikni oshirishning eng muhim manbai, shuning uchun ham hukumatimiz tabiatni asrashni kuchaytirish hamda yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash tadbirlarini qonun yo`li bilan mustahkamlab kuygan. Respublika 44797,7 ming gektar yer fondiga ega, shundan barcha qishloq xo`jalik yerlari 27987 ming gektar, shu jumladan, sug`orishga yaroqli yerlar 5 mln. gektar, sug`oriladigan yerlar maydoni 4238,6 ming gektar, qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 32 mln. gektar, ekiladigan yerlar 4090,2 ming gektar, xaydaladigan yerlar 4474,5 ming gektar.

Respublika yer fondining asosiy qismi 62 foizga yaqini qishloq xo`jalik yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar yerlari – tomorqa 1 foiz, o`rmon va tukayzorlar 3.2 foiz va qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan yerlar 34.2 foiz. Sug`oriladigan yerlar jami yer resurslarining 9.2 foizini tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo`jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 98.5 foizi shu yerlarda yetishtiriladi. Qishloq xo`jalik yerlari strukturasida ekin ekiladigan yerlar salmog`ining ortishi, bog` va uzumzorlarning kengayishi, yalpi mahsulot ishlab chiqarish va qishloq xo`jalik yerlarining maydoni birligiga hisoblaganda yalpi mahsulot va ozuqa ishlab chiqarishni ko`payishi yerdan intensiv foydalanishning iqtisodiy ko`rsatkichlaridir. Qishloq xo`jalik yerlariga ekinzorlar, qo`riq yer uchastkalari, pichanzorlar, yaylovlar, bog` va uzumzorlar, ixota daraxtzorlari, baliq urchitiladigan xovuzlar kiradi. Qishloq xo`jalik ekinlari ekish uchun ishlatiladigan uchastkalar haydov yerlari hisoblanadi. Tabiiy pichanzorlar suv bostiriladigan maysazorga, suvsiz vodiy va botqoq yerlarga; yaylovlar, suvsiz vodiy, suv chiqariladigan dasht, tog`lik, o`rmonzor yerlariga, shuningdek, sun`iy ko`p yillik madaniy yaylovlarga bo`linadi.

Yer davlat mulkidir. Davlat yer fondini to`g`ri taqsimlash va undan reja asosida foydalanishni tashkil qiladi. O`zbekiston Respublikasida yagona davlat yer fondi sostaviga quyidagilar kiradi:

qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yerlar;

sanoat, transport, kon sanoati va qishloq xo`jaligi korxonalariga mansub bo`lmagan muassasa va tashkilotlar foydalanayotgan yerlar;

shahar va shahar tipidagi posyolkalar joylashgan yerlar;

davlatning zapas yerlari.

Yer fondining ancha qismi foydalanish uchun qishloq xo`jalik korxonasi va turli jamoat muassasalariga berilgan. Qolgan qismida o`rmon xo`jaligi va boshqa davlat xo`jaliklari ish yuritadilar. Bulardan bevosita davlatning o`zi foydalanadi.

O`zbekiston Respublikasida yer fondining 62 foizi qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi korxonalariga foydalanish uchun ajratilgan. Qishloq xo`jaligida yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi tuproqning tabiiy sharoitiga qarab bo`lingan zonalarda har gektar yerga kam mehnat va mablag` sarflab ko`p mahsulot yetishtirish bilan belgilanadi. Uning umumlashtiruvchi ko`rsatkichi 100 gektar yer maydonida yetishtirilgan mahsulot birligidir. Ayni vaqtda, ayrim yer maydonlaridan yetishtirilgan mahsulot turlariga qarab 100 gektar qishloq xo`jaligida foydalanadigan yer yoki 100 gektar haydaladigan yerga qarab hisoblanadi. Masalan, o`simlikchilik mahsulotlari haydaladigan yerlarda yetishtiriladi. Shuning uchun ham o`simlikchilik mahsulotlari yetishtirish har 100 gektar haydaladigan yerga hisoblanadi. Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish yem – xashak bazasidan mol turlariga qarab foydalanishga bog`liq. Qoramol, qo`ychilik va echkichilik mahsulotlari 100 gektar qishloq xo`jaligida foydalanadigan yer maydoniga; cho`chqachilik mahsulotlari 100 gektar haydaladigan yerga; parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish 100 gektar don ekinlari ekiladigan maydon birligiga hisoblanadi.

Qishloq xo`jaligi korxonalarida yerdan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo`li qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini izchillik bilan intensivlashtirish, qishloq xo`jaligi oborotidagi yerlarni yaxshilashdan iboratdir.

Qishloq xo`jaligi yerlaridan foydalanish darajasini yanada ko`tarishda irrigatsiya g`oyat katta rol o`ynaydi. Yer maydonlarini doimo yaxshi holatda saqlash va uning mahsuldorligini oshirishda shamol va suv erroziyasiga qarshi kurash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Tuproq erroziyasiga qarshi kurashda yagona va ilmiy jihatdan asoslangan tadbiriy choralardan foydalanish ma`qul. Bu tadbiriy choralar sistemasiga almashlab ekishni joriy qilish, ixota daraxtzorlarini barpo etish kabi asosiy omillar kiradi. Eng oddiy va samarali agrotexnika tadbirlaridan yer haydash, ekin va qishloq xo`jalik ekinlarini qiyalik joylarda ko`ndalangiga ekish suv erroziyasi keltirayotgan zararni bir necha bor kamaytiradi. Respublika qishloq xo`jaligi korxonalari qishloq xo`jaligida foydalanadigan yer maydonlari umumiy struktura sostavida yaylovlar 50 foizdan ziyodroq salmoqni egallaydi. Yaylovlar, deyarli, cho`l va yarim sahro zonalarida joylashgan bo`lib, ulardan qo`ychilikni, ayniqsa, qorako`lchilikni hamda echkichilikni rivojlantirish uchun foydalaniladi. Cho`l yaylovlarining talaygina qismi sug`orishning asosiy rezervidir, shundan 6 mln. gektar maydonda sug`orish imkoniyatlari mavjud. Yaylovlarni yaxshi parvarish qilish, ularni yaylov oborotiga kiritish va qo`shimcha ravishda o`t urug`larini ekish hisobiga yuqori sifatli va arzon yem – xashak olishga erishish mumkin.

Ilmiy jihatdan asoslangan dehqonchilik sistemasini yuritish yerdan ratsional foydalanishning asosiy negizidir. Tuproq unumdorligini og`ishmay oshira borish va kam mehnat, mablag` harajat qilib yuqori hosil olish dehqonchilik sistemasining asosiy shartidir.

Yer kadastri va yerning sifatini iqtisodiy baholash

Yerning sifati bilan bog`liq ishlab chiqarish vositasi sifatidagi qiyosiy bahosini, tabiiy - iqtisodiy sharoitini, joylashish o`rnini yer kadastri orqali aniqlash mumkin.

Yer kadastri yerning tabiiy, xo`jalik va huquqiy ahvoli haqidagi haqiqiy ma`lumotlar yig`indisidir.

Yer kadastri quyidagilarni:

yerdan foydalanishni davlat ro`yxatidan o`tkazish;

yerlar sifatining tuproqning turi va xili – relyefi, shamol va suv eroziyasiga uchrashi, ozuqa moddalari bilan ta`minlanganligi, sho`rhokligi va har bir yerdan foydalanish hamda yerga mulkchilik belgilariga ko`ra hisobga olinishini;

tuproq bonitrovkasi, ya`ni o`simlikshunoslik uchun eng muhim hisoblanuvchi tuproqni tabiiy hususiyatlariga ko`ra klassifikatsiya qilishni;

yer sifatini ishlab chiqarish vositasi sifatida iqtisodiy baholashni o`z ichiga oladi.

Yer sifatini iqtisodiy baholash deganda sifati turlicha bo`lgan yerlarning turli tabiiy – iqtisodiy sharoitlardagi nisbiy foydaliligini aniqlash tushuniladi.

Yerni iqtisodiy baholash, ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini optimal joylashtirish va zona, viloyat ayrim korxonalarni ixtisoslashtirish, narxlarni va soliq solishni differensiatsiya qilish, korxonalar, xo`jalik hisobidagi bo`limlarning xo`jalik faoliyatlari natijalarini baholash va jamoalarni rag`batlantirish uchun zarurdir.

Yerning sifatini iqtisodiy baholash yalpi mahsulotning qiymati, sof foyda, asosiy ekinlarning hosildorligi, ozuqa birliklarining chiqishi, har bir gektar yerning tannarxi va xarajatlari bo`yicha o`tkaziladi.

Yerning nisbiy qiymatini mehnat va ishlab chiqarish vositalari teng sarflangan asosiy ekinlar hosildorligiga ko`ra aniqlash eng asoslangan hisoblanadi.

Eng yaxshi yerlar 100 ball baholanadi. Xo`jalikning gektaridan eng ko`p miqdorda mahsulot bergan yerlari mazkur xudud uchun etalon sifatida qabul qilinadi.

Yerni iqtisodiy baholash uchun quyidagi formula qo`llanadi:

B q YA x 100 : E

bunda:

B – baholanayotgan yer bali;



YA – yalpi mahsulotning bir gektar yer hisobidan olingan qiymati, so`m;

E – yalpi mahsulotning xo`jalikdagi etalon gektar hisobidan olingan qiymati, so`m.

Yerni baholashda asosiy o`lchov birligi qilib ekilayotgan ekinlarning hosildorligi qiymat ifodasida qabul qilindi.

9.4.Qishloq xo`jaligida mehnat resurslari

Qishloq xo`jaligining mehnat resurslari qishloq xo`jalik korxonalarining mavjud mehnatga qobiliyatli aholisidir.

Mehnat resurslariga 16 dan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar va 16 dan 55 yoshgacha bo`lgan xotin - qizlar, shuningdek pensiya yoshidagi xodimlar hamda o`smirlar kiradi.

Mehnat resurslaridan foydalanish ko`p sabablarga: yer bilan ta`minlanganlikka, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining mavsumiyligiga, tabiiy sharoitga, xo`jalikning ixtisoslashuviga, tarmoqlarning strukturasiga, qishloq tumanlarida sanoatning rivojlanish darajasi va hokazolarga bog`liq. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida asosan ishga qobiliyatli 16 yoshdan 60 yoshgacha kishilar mehnat qiladi.

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish rejasini muvaffaqiyatli bajarilishi ish kuchlarining tarmoqlarga to`g`ri biriktirilishiga bog`liq. Qishloq xo`jaligi korxonalari tajribasi ish kuchlari yetarli bo`lishiga qaramay, ular tarmoqlarga o`z vaqtida to`g`ri biriktirib qo`yilmasligi natijasida ba`zan ish kuchlari yetishmaslik hollari sodir bo`lishini, chetdan ishchi yollashaga ham to`g`ri kelganligini ko`rsatdi. Agar qishloq xo`jaligi korxonalarida o`z ish kuchlaridan to`g`ri foydalanilsa chetdan ish kuchi yollash u yoqda tursin, aksincha, ish kuchlari ortib, ularni boshqa, yangi tarmoqlarni rivojlantirishga, qurilishlarga safarbar qilish mumkin. Shuning uchun qishloq xo`jalik korxonalari yilning boshida o`z ishlab chiqarish tarmoqlarini puxta o`rganib, ular ishini to`g`ri rejalashtirib, talab qilinadigan ish kuchlarini aniqlashlari va dehqonchilik, chorvachilik, yordamchi korxonalar, ma`muriy ishlar uchun ish kuchlarini to`g`ri biriktirishlari, ya`ni mehnat balansi tuzishlari kerak.

Xo`jalik tarmoqlariga ishchi kuchlarini biriktirishda quyidagilarga amal qilinadi:

Qishloq xo`jalik korxonalarida ma`muriy – xo`jalik apparatida ishlovchi xodimlar soni xo`jalikning katta kichikligiga qarab, xo`jalik a`zolarining umumiy majlisida tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan belgilanadi;

Qishloq xo`jalik korxonalarida chorvachilik uchun zarur bo`lgan ishchilar soni molboqarlarga mollarni birkitish bo`yicha qabul qilingan ishlab chiqarish normativiga asosan ishning hajmiga qarab belgilanadi. Chorvachilik fermer xo`jaliklarining turlari bo`yicha tuzilgan texnologik kartalardan ish kuchiga bo`lgan talab yaqqol ko`rsatiladi;

Qishloq xo`jaligi korxonasining yordamchi korxonalariga ish kuchlari shu korxonalarda bajariladigan ishlarning muhimligiga va hajmiga qarab tuzilgan texnologik kartaga asosan ajratiladi;

Mexanizatorlarga bo`lgan talab traktor markalariga qarab aniqlanadi;

Dehqonchilik tarmog`iga zarur bo`lgan ish kuchlarini ajratishdan oldin xo`jalikdagi ekinlarning xillari, ish turlari, ishlarning hajmi, bajarilishiga oid agrotexnika muddatlari va ish normalari puxta o`rganib chiqiladi. Shu bilan birga kishi kunlariga bo`lgan talab aniqlanadi va kishi kunlarini ish kunlari soniga taqsimlash yo`li bilan talab qilinadigan ish kuchlari soni aniqlanadi, bu sohada ham texnologik karta ma`lumotlari asos bo`ladi.



1.

Qishloq xo`jaligi yer fondining tarkibi, ahamiyati va o`ziga xos

xususiyatlari

2.

Qishloq xo`jaligida yerdan foydalanishning darajasi va samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar

3.

Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari

Download 65.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling