Reja: Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari


Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari


Download 25.6 Kb.
bet2/8
Sana20.10.2023
Hajmi25.6 Kb.
#1712822
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari

Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, ijtimoiy va davlat tuzumini mustahkamlash va rivojlantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qo`riqlash qonuniylikning eng muhim vazifasidir.
Qonuniylik - bu huquqning mavjudligi, jamiyatda chinakam demokratik muhit va huquqiy rejimning o`rnatilganligidan dalolat beradi.
Buyuk bobomiz Amir Temur shunday deganlar: “Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo`ladi”.
Huquqiy adabiyotlarda qonuniylik deganda mavjud qonun va huquqiy aktlar talablarning barcha davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan aniq va oђishmay bajarilishi tushuniladi.
Biroq, bu yerda qonuniylik tushunchasi torroq, bir taraflama faqat qrnunlarning amalga oshirilishi ma`nosida talqin qilinmoqda.
Qonuniylikning kengroq ma`noda olib qaralganda, unga davlatning qonuniylik faoliyatining mavjud qonunlar va huquqiy aktlar tizimini ham qo`shish lozim. Qonunlar va huquqiy normalarning yuqori saviyada ijod etish ishini tashkil etmasdan, qonunlar jamiyat taraqqiyoti darajasiga moslashtirib borishga qaratilgan faoliyatini qo`ymasdan va so`ngra ularning holatiga ko`p jixatdan boђliqdir. Shuning uchun hayot talablariga javob beradigan yangi qonunlarni qabul qilish, yangi shart-sharoitga va talablarga javob berolmaydigan eski qonunlarning bekor qilish zaruryati ham tuђiladi. Qonun chiqarishni takomillashtirish qonuniyliikni mustaxkamlashdagi eng muhim shartlardandir.
Bundan tashqari, xamma normativ aktlar qonunlarga muvofiq bo`lishi va ularga zid bo`lmasligi, xuquqiy normalar qonunga muvofiq qabul qilinishi, huquqiy normalar kimga qaratilgan bo`lsa, ularning hammasi bu normalarga oђishmay to`la rioya qilishlari va amalga oshirishlari lozim. Qonunlar qanchalik takomilashsa, ijtimoiy hayot talablariga, qanchalik to`la aks ettirilsa, ular kishilar ongiga shunchalik chuqur ta`sir etadi, kishilar bu huquqiy normalarni o`z ixtiyorlari bilan amalga oshiradilar.
Qonuniylik demokratiyaning muhim elementlaridan biridir. Qonuniylik demokratiya bo`lishi mumkin emas.
Qonuniylik demokratik tartiblarga rioya etishni ta`minlaydi, demokratik tartiblar esa o`z navbatida, qonuniylikni mustahkamlash va rivojlantirishning zarur shartlaridan biri bo`lib xizmat qiladi.
Њzbekiston Respublikasi qonunlari bilan o`rnatilgan demokratik tartiblarning har qanday turda buzilishi qonuniylikning buzilishidir. Davlatning fuqoralar bilan munosabati qonuniylik asosida amalga oshadi, fuqarolarning huquqiga qilingan har qanday tajovuz qonuniylikning buzilishidir.
Mamlakatda huquqiy normalarga qat`iy rioya etish hokimiyatining to`la halqchiligini, jamiyat ishlarini boshqarishga keng fuqarolar ommasining jalb etilishini, davlat ishlarini xaqiqiy demokratik hal qilinishini ta`minlab beradi.

Download 25.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling