2. Qonuniylik prinsiplari va kafolatlari.
Birinchi prinsip .Davlatning butun xududida qonuniylikning yagonaligi. U qonunlarni mamlakatning hamma qisimlarida bir hil qo`llanishni, hammaning qonun oldida tengligini, aholining biron-bir guruhlari uchun imtiyoz va cheklashlar yo`qligini bildiradi.
Ikkinchi prinsip. Konunning ustivorligi prinsipi. Jamiyatda qonunlar yuqori yuridik kuchga ega, boshqa huquqiy normalarning hammasi ega qonun asosida chiqarilishi bildiradi. Biron bir huquqiy norma qonunga zid bo`la olmaydi, maboda qonun bilan boshqa huquqiy norma o`rtasida shunday nomuvofiqlik paydo bo`lgundek bo`lsa, bunday holda qonun amal qiladi.
Uchinchi prinsip. Qonuniylik xalq idorasini o`ziga mujasamlantiradi va fuqarolarning huquq va burchlarini amalga oshirish uchun eng qulay sharoit yaratadi.
To`rtinchi prinsip. Qonuniylik o`z axloqiy asosiga ega, u doimo maqsadga qaratilgan va adolatli bo`lib, uning negizida iqtisodiy ehtiyoj va xalq manfaati ko`zda tutiladi.
Beshinchi prinsip. Qonuniylik aholining madaniyatliligi bilan mahkam boђliqdir. Qonuniylik madaniyatni oshirishga, madaniyatning rivojlanishi esa qonuniylikni mustahkamlashga yordam beradi.
Qonuniylik kafolatlari - bu huquqlardan foydalanish va yuridik burchlarni amalga oshirishga imkon beradigan ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv shart-sharoitlari va davlat hamda jamoat tashkilotlari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan turli-tuman usul va vositalar tushuniladi.
Qonuniylikni qo`riqlash va mustahkamlashni ta`minlovchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillar qonuniylik kafolatlari tizimini tashkil etadi.
Qonuniylik kafolatlari - bu obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari orqali yuridik vositalar va usullar yordamida qonuniylikni ta`minlashdir.
Qonuniylikni kafolatlash quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
1) Iqtisodiy kafoltlar.
2) Siyosiy kafolatlar.
3) Jamoat kafolatlari.
4) Yuridik kafolatlar.
5) Ma`naviy kafolatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |