Reja: Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari


Download 25.6 Kb.
bet7/8
Sana20.10.2023
Hajmi25.6 Kb.
#1712822
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari

Jamoat tartibi - huquqiy normalarning amalga oshirishini va jamiyat turmush qoidalarini va jamiyat trmush qoidalarini (shu jumladan, ahloq, odob va boshqa huquqiy bo`lmagan ijtimoiy yurish turish qoidalarini) xurmatlashni talab qiladi.
Jamoat tartibini buzish faqat huquqiy normalarni emas, balki turmush qoidalarini xurmat qilmaslik natijasida ham kelib qiqishi mumkin, bunda javobgarlik albatta qonun chiqaruvchi tomonidan ko`rsatilgan bo`lishi shart.
Jamoat tartibi tushunchasi huquq-tartibot tushunchasiga teng kelmaydi, u kengroq ma`noda ishlatiladi.
Ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solish ma`lum tartibini joriy qilish, kishilarning o`zaro munosabatlarida mustahkam intizomni qullab-quvvatlashni ko`zda tutadi.
Intizom - bu jamoatlarning va har bir kishining munosabatini belgilovchi hatti-harakatning qat`iy tartibidir.
Intizomning turlari:
1) Mehnat intizomi.
2) Xizmat intizomi.
3) Ijroiya intizomi.
4) Texnologik intizom.
5) Tadbirkorlik intizomi.
6) Tijorat intizomi va boshqalar.
Mazkur ulutuvor axloqiy va huquqiy qadriyat shaxs mutlaq huquqi ustuvorligining mustahkam negiziga qurilgan. Biroq mohiyat e`tiboriga kо`ra, bu holatlarda ham, basharti davlat va jamiyatga xavf tuђilgan taqdirda amalda boshqa huquq, ya`ni sharqona huquqning tarixiy tajribalarda ming martalab sinalgan qoidalariga murojaat qilinadi, ya`ni mazkur muammolarni yechish uchun jamiyat huquqi ustuvorligiga asoslangan an`anaviy qoidalar qо`llanadi.
Davlatda kishilarning о`z mustaqilligini ixtiyoriy belgilab olgan erkinligi va mas`uliyati aksariyat hollarda fuqarolarning huquq tartibot xodimlariga nisbatan bо`lgan yuksak ishonch bilan ham uzviy boђlangan.
aksariyat xorijiy mamlakatlarda huquq tartibot tizimlarining saflari nomunosib xodimlardan tozalanib turiladi. Chunonchi, Italiyada magistraturaning Oliy Kengashi mavjud bо`lib, u prokuratura va sudlarning qabul qiladigan huquqiy qarorlari qonuniyligini, boshqacha aytganda, ularning malakasi va xizmat burchiga sadoqatini aniqlab beradi. Mazkur idoralarning qaroriga muvofiq, prokuror va sudyalar о`z egallab turgan xizmat lavozimlaridan chetlashtirishlari ham mumkin.
Magistratura Oliy sudi sobiq adliya xodimlariga nisbatan jinoiy jazo qо`llamaydi, balki u xodimning bugungi kunda о`z ishiga muvofiqligi va uning bundan keyin huquqiy faoliyatga jalb qilinishi mumkinligi masalasiga oid tegishli qaror chiqaradi. Mazkur qarorni hech kim bekor qilolmaydi.
Xalq ma`naviyligi, keng jamoatchilik fikri – qonunchilikning mavjud huquqiy an`analaridan foydalanish borasida muayyan fikrlar uyђotadi. Gap mahallalarda qadimdan mavjud bо`lgan oila, turmush tamoyili kelishmovchiliklarini oqilona yechish masalasi bilan an`anaviy shuђullanib kelgan vijdon sudlari haqida bormoqda. Biror sababga kо`ra, о`zaro janjallashib qolgan qarindosh-uruђlarni, qо`ni-qо`shnilarni davlat xodimlariga nisbatan katta hayot tajribasiga ega bо`lgan mahallaning obrо`li oqsoqollari tezroq va qulayroq murosaga keltirishlari mumkin.
Davlatdagi qonunchilik – jonli va rivojlanadigan hodisadir. Qonunchilik davlatning buyukligini chashmaday suђorib turadi. Shu bois О`zbekistonning buyuk kelajagini xalqimiz chinakam qonunchilik asosida qurmoqda.
Konstitusiya va qonunlar davlatchilikning muhim belgilari sirasiga kiradi. Shu boisdan ham О`zbekistonda demokratik huquqiy davlatni barpo etish uning negiziga, xalq oldida davlatning mas`uliyatiga, inson va fuqaro huquqining ustuvorligiga rioya qilishdek huquqiy va qonunchilik tamoyillari qо`yiladi. Qonunchilikning bosh mezoni – Konstitusiya qoidalariga asosan qabul qilingan qonunlarning, farmonlarning, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, mahkamalar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar, shuningdek, yuridik shaxslarning qabul qiladigan qonun hujjatlari va harakatlariga muvofiq kelishidir. Qonunchilik bunday huquqni amalda ta`minlashdan о`zga narsa, ya`ni u davlat, jamiyat, fuqaroning hayotiga chinakamiga kirib borgan qonundir.

Adabiyotlar:





  1. Download 25.6 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling