Reja: Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari


Qonuniylikni bajarishda Konstitusiyani ahamiyati


Download 25.6 Kb.
bet5/8
Sana20.10.2023
Hajmi25.6 Kb.
#1712822
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qonuniylik tushunchasi, mohiyati va vazifalari

Qonuniylikni bajarishda Konstitusiyani ahamiyati.
Konstitusiyamiz-monumental asar, u barcha qonunlarning, huquqiy tizimning o`zagidir. U xalq manfaatini ifoda qiladi, xalq xokimyatchiligini ta`minlaydi. Unda xalqning asosiy, hal qiluvchi ahamiyati har tomonlama to`laqonli ifodasini topgan.
О`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining 15-16-moddalarida o`z aksini topgan.
О`zbekiston Respublikasida Konstitusiya va qonunlarning ustunligi so`zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitusiya va qonunlarga muoviq ish ko`radilar.
Mazkur Konstitusiyaning birorta qoidasi Њzbekiston Њzbekiston Respublikasi huquq manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.
Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy xujjatlar Konstitusiya normalariga va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
Haqiqiy demokratik huquqiy davlat qurish yo`lidan borayotgan mamlakatimizda qonun ustivorligiga, shu sharoitda jamiyat a`zolarining ahilligiga, tinch-totuvligiga, o`zaro madaniy fikr almashuviga xizmat qilishdek oliy janob maqsadni ko`zlagan.
Qonuniylikning belgilaridan biri bo`lgan hamma huquq subyektlari uchun qonuniylik talablarining istisnosiz majburiyligini jamiyatdagi demokratik teng huquqlilik prinsipidan ajratib bo`lmaydi. Qonun hamma uchun joriy qilinadi. Qonun oldida hamma teng. Qonunni bajarmaslik yoki buzish, uning kimligidan qat`iy nazar, javobgarlikka tortiladi.
Jamiyatda davlat organlari va jamiyat tashkilotlari, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun huquqiy talablarga rioya etish majburiyati tengdir.
Fuqarolarning umumiy madaniy saviyasi, davlat apparati xizmatchilarining huquqiy madaniyati qanchalik yuqori bo`lsa qonuniylikka rioya etish shunchalik mustahkamlanadi. Qonuniylik o`z navbatida madaniyatning rivojlanishiga ko`maklashadi. Madaniyatning rivojlanishi esa qonuniylikni mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi.
Bir vaqtning o`zida esa huquqiy madaniyat degan tushuncha yuzaga keladi.

Download 25.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling