Reja: Qurilqan matematik modellarning sonli yechish usullari


Ayirmali sxemalar qurishning integro-interpolyatsion


Download 291.85 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi291.85 Kb.
#1516058
1   2   3   4   5
Bog'liq
9- maruza . Ayirmali sxemalar misollari

Ayirmali sxemalar qurishning integro-interpolyatsion
metodi.



  1. Ayirmali sxemalarni qurish.

Matematik fizika masalalari differentsial tenglama va bu differentsial tenglama yechimining mavjudligi va yagonaligini ta'minlovchi qo`shimcha (boshlang`ich va chegaraviy) shartlar yordamida tavsiflanadilar.


Bunday masalalarga misol sifatida Laplas tenglamasiga qo`yiladigan Dirixle masalasini qarash mumkin.
Parabolik va giperbolik tenglamalar uchun Koshi va aralash masalalarni misol qilib olish mumkin.
Ayirmali sxema deyilganda , tenglama va qo`shimcha shartlarni approksimatsiya qiladigan ayirmali tenglamalar sistemasi (majmuasi) tushuniladi.
Ayirmali sxemalarni qurishning turli usullari mavjud. Bu erda biz integro-interpolyatsion (yoki balans)deb aytiladigan metod bilan tanishamiz.
Bu metodni quyidagi differentsial tenglama uchun ayirmali sxemani kurish jaraenida namoyish etamiz:

bu yerda - etarlicha silliq bo`lgan oldindan ma'lum bo`lgan funksiyalar, va - ma'lum sonlar. Bunday shartlar bajarilganda (1) va (2) masalaning yechimi yagona va mavjuddir.
Bu tenglama yechimini etarlicha silliq deb faraz qilamiz. (1) tenglamani uzunligi l ga teng sterjendagi haroratning taqsimlanish tenglamasi sifatida qarash mumkin.
- sterjenning x=l nuqtasidagi issiqlik miqdori (harorat darajasi), - issiqlik almashish (x=0) miqdori.Bunda k(x) issiqlik almashish koeffisienti, - issiqlik oqimi, q(x) va f(x) manba'larning zichligini xarakterlovchi funksiyalar.
Ayirmali sxema qurish uchun, eng avval [0,l] kesmada h- qadamli tekis



turni aniqlaymiz.

belgilashlarni qabul qilib (1)-ni kesma bo`yicha integrallaymiz.
Unda
(3)
tenglamani hosil qilamiz. Bu kesmada issiqlik balansi tenglamasidir.
So'ngra ni uning takribiy qiymati bilan almashtiramiz va
(4)
belgilashlarni qabul qilamiz.
Natijada (3) tenglama o`rniga
(5)

tenglamaga ega bo`lamiz.


Endi qiymatlarni u(x) - ning tur nuqtalaridagi qiymatlari orqali ifodalaymiz. Buning uchun
munosabatni kesma bo`yicha integrallaymiz. Unda

munosabatga ega bo`lamiz.
(6)
belgilash kiritsak
,munosabatlarga ega bo`lamiz.
Bularni (5)-tenglamaga qo`yib qidirilayotgan funksiyaning xi,xi-1,xi+1 nuqtalardagi qiymatlari qatnashgan.

yoki qisqa yozuvda
(7)
ayirmali tenglamani hosil qilamiz.
Bu ayirmali tenglama (7) differentsial tenglamaning ayirmali o`xshatmasidir.
(7) tenglamani barcha u aniqlangan I=1,2,...,N-1 , nuqtalar uchun yozib N-1 - ta chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini hosil qilamiz. Unda N+1 – ta -noma'lum bor. Bu noma'lumlarni aniqlashning birdan-bir yo`li yana ikkita tenglama tuzish.
Ikkita etishmaydigan tenglamalarni (2)-chegaraviy shartlarni approksimatsiya qilish bilan hosil qilamiz.
Bu shartlarning biri , ikkinchisi esa integro-interpolyatsion metod yordamida hosil qilinishi mumkin.
Buning uchun (1)-ni kesmada integrallaymiz,
(8)
Oldingidek deb учун uchun chegaraviy shartdan kelib chiqadi:
, nihoyat

deb olib (8)-ayniyatdan
(9)
ayirmali tenglamani hosil qilamiz.

belgilash kiritib (9)-ni

ko`rinishda yozamiz.
Bu yozuvdan xosil qilingan ayirmali tenglama - chegaraviy shartning uxshatmasi ekanligi ko`rinib turibdi.
Kelgusida ayirmali masala echimini differentsial masala echimidan farq qilish uchun ayirmali masala echimini y bilan belgilaymiz, ya'ni (7),(9) tenglamalarni birlashtirib (1), (2) masala uchun
(10)
ayirmali sxemaga ega bo`lamiz.
(10) ayirmali sxemani , yoki boshqa ayirmali sxema tahlil qilinganda :
a) (10) tenglamalar sistemasi echimi mavjud va yagonami;
b) bu sistemani qanday usul bilan echish kerak;
v) (10) ayirmali sxema (1) , (2) dastlabki tenglamaga utadimi?
degan savollar paydo bo`ladi. Bu differentsial masalaning ayirmali sxema bilan approksimatsiya qilish masalasidir;

g) ayirmali sxema echimi y(x), differentsial masala echimi u(x) -ga intiladimi?


Dastlabki ikkita savolga bevosita javob berish mumkin. (10) ayirmali masala progonka metodi bilan echiladi. (10) - tenglamalar sistemasini

bunda

shartlardan ekanligi kelib chiqadi.
Bundan progonka metodining turgunligi kelib chiqadi. Shu sababli (10) ayirmali masala echiladigan bulib, uni progonka metodi yordamida echish mumkin.




    1. Download 291.85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling