Reja: Reja: Extimoliy qarshilikni mikrozondlar bilan ólchash. Mikrozond turlari. ólchash printsipi. Yechadigan vazifalari


Rasm.6.2 Rasm 6.2 da mikropotentsial va mikrogradient zondlar bilan Эқ


Download 152.23 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi152.23 Kb.
#1325990
1   2
Bog'liq
5-ma'ruza

Rasm.6.2
Rasm 6.2 da mikropotentsial va mikrogradient zondlar bilan Эқ ni bir paytning ózida yozib olishning printsipial sxemasi kórsatilgan. Bunda quyidagi belgilar kiritilgan:
A va V - tok elektrodlari; M va N -qabul qiluvchi elektrodlar; R- tok kuchini ózgartiruvchi qarshilik; мА -tok kuchini ólchovchi milliampermetr; G - ózgaruvchi tok generatori (tok manba'si); РП1-mikrogradient zond bilan Эқ yozib oluvchi gal'vanometr;
RP2-mikropotentsial zond bilan Эқ yozib oluvchi gal'vanometr; ФЧВ - Faza sezgir tóg'irlagich.
Quduqdan kelayotgan МГЗ va МПЗ signallarini ФЧВ bir-biridan ajratib, sóngra ularni ózgarmas tokka tóg'irlab beradi.
Diagrammalarni bir paytda yozishning avzalligi ikkala zond xam quduq devoriga bir sharoitda yotadi, elektrodlar va quduq devori orasidagi oraliq muxitning qalinligi ikkala zond uchun xam birxil bóladi. Bir paytda yozilgan diagrammalarda gil qoplamachasining zondlarga ta'siri yaqqol nomoyon bóladi va shuning uchun, МПЗ da yozilgan Эқ МГЗ da yozilgan Эқ dan kattalagi terregen (qumtosh) kollektorlarni ajratishda qiyinchilik tug'dirmaydi.
3. Mikrogradient va mikropotentsial zondlar bilan extimoliy qarshilikni bir paytda yozish.
Mikrozondlar tóla yuvilgan zonaning solishtirma qarshiligi пп ni aniqlash imkonini bermaydi, chunki oraliq muxit (mikrozond boshmog'i va quduq devorlari orasidagi muxit) tok elektrodlaridan chiqayotgan tok chiziqlarini, ótkazuvchanligi katta bólganligi sababli, qatlam ichiga emas, balki quduq bóyicha oqib ketishiga sabachi bóladi. Bunday xolda tóla yuvilgan zona va uning solishtirma qarshiligi пп ni ólchanayotgan Эқ ga ta'siri kam bóladi va shuning uchun mikrozond diagrammalaridan пп aniqlash imkoni bólmaydi. Bu kórsatkich juda muxim kórsatkichlardan biri bólib, kollektorlarning g'ovakligini aniqlash imkonini beradi. Mikrozondlarning bu kamchiliklarini yóqotish maqsadida ekranlashtirilgan mikrozondlar qóllaniladi.
Rasm 6.3 da mikrozond va ekranlashtirilgan mikrozond (МБК) ning turlari kórsatilgan. Rasmda: a-oddiy mikrozond; b-ikki elektrodli МБК; v-uch elektrodli МБК; g- tórt elektrodli MBK lar va ushbu zondlar uchun tok chiziqlarining tarqalishi kórsatilgan. Rasmdagi belgilar: 1-zond boshmog'i; 2-órganilayotgan muxit (qatlam, singish zonasi, gil qoplamachasi, burg'i qorishmasi); M, N, M1 , M2 - qabul qiluvchi (ólchovchi) elektrodla; A, -tok elektrodi, Аэ -markaziy tok elektrodi, Ae -ekran elektrodi. MBK zondlarida Ae -ekran elektrodlari qóllashning asosiy maqsadi markaziy А0 -elektroddan chiqayotgan tok chiziqlarini rasm 6.3 b, 6.3 v, 6.3 g da kórsatilgandek qatlamlarga perpedikulyar ravishda yónaltirishdir.
Buning uchun ekran elektrodlari markaziy elektrod A0 - ulangan qutbga ulanadi va undan chiqayotgan tok kuchi avtomatik ravishda shunday ózgaradiki: rasm 6.3 b da A0 va Ae , rasm 6.3 v da A0 va M, rasm 6.3 g da M1 va M2 elektrodlari oralaridagi potentsiallar ayirmasini nolga tenglab turadi. Ushbu shart bajarilsa, ya'ni yuqorida kórsatilgan elektrodlar juftliklarining potentsiallari teng bólsa A0 dan ótayotgan tok chiziqlari bu juftliklarni kesib ótolmaydi va majburan qatlam ichiga perpendikulyar ravishda yónaladi. Tok chiziqlarining shu kórinishda tarqalishi ólchanayotgan Эқ ka burg'i qorishmasi va quduq devori va mikrozond boshmog'i orasidagi oraliq muxitning ta'sirini kamaytiradi. Asosiy ta'sir qiluvchi omil, agarda qatlamda singish zonasi kuzatilsa, bu tóla yuvilgan zona va uning solishtirma qarshiligi пп bóladi. Shuning uchun МБК diagrammalaridan ushbu kórsatkich пп ni aniqlash imkoniyatiga ega bólamiz.

E’tiboringiz uchun raxmat!!!


Download 152.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling