Bu nazariyaning asosiy mohiyati quyidagicha: Bu nazariyaning asosiy mohiyati quyidagicha: - 1. Mutatsiyalar to‘satdan paydo bo‘ladi.
- 2. Yangi mutatsiyalar turg‘un irsiylanadigan o‘zgaruvchanlik hisoblanadi.
- 3. Irsiy bo‘lmagan o‘zgarishlardan farqli o‘laroq, mutatsiyalar uzluksiz qatorlar hosil qilmaydi. Ular sifat o‘zgarishlar hisoblanadi.
- 4. Mutatsiyalar har xil yo‘nalishlarda ketadi.
- 5. Mutatsiyalar ham foydali, ham zararli bo‘lishi mumkin.
- 6. Mutatsiyalarni aniqlash ehtimolligi tadqiq qilinayotgan individlar soniga bog‘liq bo‘ladi.
- 7. O‘xshash mutatsiyalar bir necha marta paydo bo‘lishi mumkin.
Mutatsiya
Xromosoma sonining o’zgarishi
Aneuploidiya
(monosomiya)
Poliploidiya
(polisomiya)
Xromosomala Tuzilishining O’zgarishi
Gen mutatsiyasi
- Gen (nuqtaviy) mutatsiyalar barcha organik formalarga xos bo‘lib, ular ayrim hujayralarda hosil bo‘lib, ayrim olingan individlarda (mutant-larda) sakrash tarzida namoyon bo‘ladi. Yovvoyi turlarga xos genlar odatda yovvoyi tipdagi genlar, agar u o‘zgargan bo‘lsa, unda mutant gen deb ataladi. Aslida ular o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Chunki yovvoyi tipdagi genlar ham bir vaqtida mutant bo‘lgan va ular turning evolyutsiyasi davrida tabiiy tanlanishga uchragan va turlarning yashab qolishi uchun xizmat qilgan. Foydali mutant genlarni tabiatda ma'lum turlarning har bir individ-larida uchratish mumkin bo‘ladi, boshqacha aytganda, ularning har biri shu genning tashuvchisi hisoblanadi.
Xromosomalarning genetik xaritasi deb muayyan xromosomada birikish guruhidagi birikkan genlarning ma'lum tartibda va bir-biridan muayyan masofada joylashganligini hamda genlarning nomlarini ifodalovchi simvollar aks etdirgan sxemaga aytiladi. Xromosomalarning genetik xaritasi genetik yaxshi tadqiq qilingan quyidagi organizm turlarigagina tuzilgan: drozofila, makkajo‘xori, pomidor, laboratoriya sichqonlari, neyrosporalar, ichak tayoqchasi bakteriyasi va boshqalar. Genlar xromosomada ma'lum tartibda chiziq bo‘ylab joylashganligi sababli krossingover chastotasi bu genlar orasidagi masofani ko‘rsatadi. - Xromosomalarning genetik xaritasi deb muayyan xromosomada birikish guruhidagi birikkan genlarning ma'lum tartibda va bir-biridan muayyan masofada joylashganligini hamda genlarning nomlarini ifodalovchi simvollar aks etdirgan sxemaga aytiladi. Xromosomalarning genetik xaritasi genetik yaxshi tadqiq qilingan quyidagi organizm turlarigagina tuzilgan: drozofila, makkajo‘xori, pomidor, laboratoriya sichqonlari, neyrosporalar, ichak tayoqchasi bakteriyasi va boshqalar. Genlar xromosomada ma'lum tartibda chiziq bo‘ylab joylashganligi sababli krossingover chastotasi bu genlar orasidagi masofani ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |